15-Maruza: Melioratsiya mashinalari, vazifasi va turlari. Yerni o‘zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari. Yer kavlash va tekislash mashinalari. ATT.
Dalalarning gidrologik, tuproq va agroiqlim sharoitini qulay holatga keltirmasdan turib dehqonchilikda ekinlardan yuqori hosil olish mumkin emas. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun maxsus melioratsiya mashinalari, ularga qo‘shimcha ravishda oddiy qurilish, yo‘l qurilishi va qishloq xo‘jaligi mashinalari ham ishlatiladi.
Maxsus melioratsiya mashinalariga daraxtzor va butazor yerlarni tozalab, birlamchi shudgorlashga tayyorlaydigan, sug’orish va zax qochirish uchun turli o‘lchamdagi ariq va kanallarni kovlaydigan, keyinchalik esa ularni tozalaydigan, zovur va yopiq drenaj o‘tkazadigan, sug’orish shoxobchalarini tayyorlaydigan, sug’oradigan va boshqa ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mashinalar kiradi.
1 - §. Yerlarni o‘zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari
Changalzor - botqoqbop plug bilan yerga dastlabki ishlov berganda, mayda butasimon o‘simliklar tuproq palaxsasi tagiga ko‘milib tashlanadi. Balandligi 1,0 m gacha bo‘lgan butalar 25 sm chuqurlikkacha, 1-2 m bo‘lganlarini 30-35 sm gacha va 2,0 m dan balandroqlarini – 45-50 sm chuqurlikkacha tuproq bilan ko‘mib tashlanadi. Plugdan so‘ng shudgorlangan yerdagi kesaklar og’ir disksimon qurollar bilan maydalanib, g’ildiraksimon g’altaklar bilan zichlanadi. Frezali mashinalar bilan birlamchi ishlov berilsa, kesaklarni maydalab zichlash talab qilinmaydi. Butalar qalin o‘sgan joylarda avvaliga ularni o‘rib, yig’ishtirib olgan ma’quldir. Butalarni o‘rish uchun turli frezasimon, buldozer pichog’iga o‘xshash yoki rotatsion (aylanuvchan) pichoqli qurollar ishlatiladi. Katta xaskash bilan ularni to‘plab, maxsus to‘plagichlar bilan ixcham uyumlar hosil qilinadi. Yirik daraxt qoldiqlarini maxsus kundakov mashinalar yordamida yig’ishtiriladi (171- rasm). Maxsus tosh yig’ishtirgichlar yordamida yer yirik toshlardan tozalanadi.
187- rasm.Butazor yerlarni dastlabki shudgorlash mashinalari:
a - butalarni surish; b - butalarni kesish; d - kundakov to‘plagich; 1 - ponasimon yorgich; 2 - korpus; 3 - tutqich; 4 - gidrosilindr, 5 - rama; 6- surgich; 7 - pichoq; 8 - tutqich; 9- freza; 10 - elektromotor; 11 - kunda surgich; 12 - qoziq tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |