15-Maruza: Melioratsiya mashinalari, vazifasi va turlari. Yerni o‘zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari. Yer kavlash va tekislash mashinalari. Att


Download 1.64 Mb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1470787
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-maruza.

Greyder yer yuzasini tekislash maqsadida ishlatiladi. Uning oldingi va orqa g’ildiraklari oralig’i (bazasi) katta bo‘lib, ularning o‘rtasiga o‘rnatilgan surgich tuproqning do‘ng joyini kesib olib, chuqurroq joyga yoki yon tomonga sidirib, surib tashlaydi.

191- rasm.Tirkalma greyder va uning surgichlarini o‘rnatish sxemasi:
a - greyderning umumiy ko‘rinish; b - qamrov burchagini o‘zgartirish; d - surgichning engashish burchagini o‘zgartirish; e - kesib olinayotgan tuproq qirindisi qalinligini o‘zgartirish; 1 - surgich; 2 - rama;3 - orqa g’ildiraklar; 4 - o‘rindiq; 5 - boshqaruv richaglari; 6 - tirkagich; 7 - oldingi g’ildirak; 8 - surgich ramasi; 9 - burilish doirasi.

Greyderlar tirkalma, o‘ziyurar, mexanik yoki gidravlik boshqaruvli turlarga bo‘linadi. Greyderning qismlari (191- rasm): sur­gich 1, rama 2, surgich ramasi 8, oldingi 7 va orqa 8 g’ildiraklar, boshqaruv richaglari, tirkagich 6 lardir. Surgich burish doirasi bo‘ylab 180° gacha burilib (191- b rasm), qamrash burchagini o‘zgartirish ( ), surgich o‘ng tomonini ko‘tarib - tushirish, ya’ni qiyalik burchagi oralig’ida o‘zgartirish (191- d rasm) hamda surgichni o‘z-o‘ziga parallel ko‘tarib - tushirib, tuproq qirindisini qalinligini o‘zgartirish mumkin (191- e rasm). Oldingi hamda orqadagi g’ildiraklarni engashti­rib qo‘yib, qiyalikda ishlayotgan greyderni yetarli turg’unligi ta’minlanadi.


Surgich tig’ini kesish burchagi orasida o‘rnatilib, qirindini ajratib olishda qarshilikning minimal bo‘lishiga erishi­ladi.
Ekin ekiladigan yerlarni kapital tekislashda ham greyder yaxshi natijalar beradi. Bunday ishni bajarishda greyderni , rejimida ishlatgan ma’qul.
Ekskavatorlar bir va ko‘p cho‘michli, universal va maxsus,





192 - rasm.Universal ekskavatorning almashinuvchan qismlari:
a - to‘g’ri cho‘mich; b - teskari cho‘mich; d - draglayn; e - yonlama draglayn; f - greyfer; g - kran.

to‘liq yoki qisman buriluvchan va boshqa turlarga bo‘linadi. Qish­loq xo‘jaligida bir cho‘michli universal ekskavatorlar ishlatiladi. Universal ekskavator bir necha turdagi ishchi qismlar bilan jihozlanadi. Ular to‘g’ri cho‘mich (192– a rasm), teskari cho‘mich (192- b rasm), draglayn va yonlama draglayn (192- d, e rasmlar), greyfer (192- f rasm), kran (192- g rasm)dir.


Draglayn osilgan ekskavator quyidagi tuzilishga ega: cho‘mich 5, xartum 8, yo‘naltiruvchi moslama 10, tros 2 va ular ilingan polispast; ko‘taruvchi 1, tortuvchi 9 va to‘kdiruvchi 6 troslar. Draglayn cho‘michi 5 xokandoz shakliga ega bo‘lib, uning yon jag’lari ham o‘tkir yasaladi. Cho‘mich zanjir 4 orqali tros 1 ga ilingan (193- rasm) tortuvchi trosni cho‘michga har xil balandlikda ulab, uning tuproqqa botish burchagi o‘zgartiriladi. To‘kdiruvchi tros 6 ning uzunligi shunday tayinlanganki, tortuvchi tros 9 taranglashganida ko‘tarilgan cho‘mich to‘ntarilib ketmasdan, orqa tomoniga 15-20° ga engashib turishi kerak.
Polispast troslarining uzunligini o‘zgartirib, xartumni gorizontga 25-70° burchak ostida o‘rnatish mumkin. Yo‘naltiruvchi moslama 10 ning ikki g’altagi orasidan tros 9o‘tkazilgan bo‘lib, tortuvchi tros 9 ni o‘rovchi barabanga to‘g’rilab yo‘naltiradi.
Draglayn ma’lum ketma - ketlikda quyidagi jarayonlarni bajaradi: tuproqni kesib cho‘michni to‘ldirish, tuproqqa to‘lgan cho‘michni ko‘tarish, tuproqni kerakli joyga to‘kish uchun butun platformani burish, tuproqni to‘kish, platformani oldingi joyiga qaytarish, cho‘michni tuproq oladigan joyga tushirish.



193- rasm.Draglaynli ekskavatorning sxemasi:
I- cho‘ michning boshlang’ich holati; II va II a - cho‘michning
kovlanadigan joy boshidagi va oxiridagi holati; III - kovlash jarayoni; 1 - ko‘taruvchi tros; 2 - polispast troslari (xartumni ko‘taruvchi);3 - to‘kish bloki; 4 - ko‘taruvchi zanjir; 5 - cho‘mich; 6 - to‘kuvchi tros;7 - tortuvchi zanjir; 8 - xartum; 9 - tortuvchi tros;

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling