15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja


II.Shayboniy o‘zbek yoki “j” lovchi dialekti


Download 68.64 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi68.64 Kb.
#1819768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja-hozir.org

II.Shayboniy o‘zbek yoki “j” lovchi dialekti .
Bunga Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangoron vodiysi,Shimoliy Xorazm vaFarg’ona vodiysidagi “j” lovchi shevalarni kiritadi .
3.Janubiy Xorazm dialekti .Bunga Xonqa, Hazorasp,Shovot, Yangiariq, G’azovot,Sho‘raxon kabi shevalarni kiritadi .
4.Alohida gruppa shevalarga ; 1.Qorabuloq , Iqon , Mankent; 2.umlautli shevalarga
(Namangan )ni kiritadi.


Professor V.V.Reshetov tasnifi .Uning tasnifida professor Y.D.Polivanov g’oyalariasos bo‘lgan va u hozirgi shevalarning shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo‘lganqabila-urug’larning tarixiy taraqqiyotini hisobga olgan holda tasnif qiladi. Uningcha ,o‘zbek shevalarini uch lahjaga birlashtirish mumkin:Qarluq – chigil – uyg’ur lahjasi .Bu lahja uyg’ur tiliga yaqin va oz yoki ko‘pdarajadatojik tili bilan aloqada bo‘lgan. Bu lahjaga O‘zbekiston Respublikasidagi yirikshahar (Urganchdan tashqari) vaShahar tipidagi qishloq shevalari kirgan.
Qipchoq lahjasi. Bu lahja esa qozoq va qoraqalpoq tillariga yaqin turadi va ungaO‘zbekiston Respublikasidagi Qurama, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo,Farg’ona vodiysidagi “j” lovchi va singarmonizmli shevalar kiritiladi.O‘g’uz lahjasi. Bu lahjaga til jihatidan turkman , ozarbayjon, turk tillariga yaqinturadi va O‘zbekiston Respublikasidagi Xorazm, Qoraqalpog’iston, Turkmanistondagi o‘zbek shevalari hamda Qorako‘l, Forish shevalari ham shu lahjaga kiritiladi.Bushevalarning o‘ziga xos fonetik,leksi va grammatik xususiyatlari yoritib beriladi.


O‘zbek dialektologlari. O‘zbek shevalarining o‘rganilishi va tasnif qilinishida jahon
ahamiyatiga molik bo‘lgan professor ye D.Polivanov, mashhur professorlar K K Yudaxin,G’ozi Olim, A.K.Borovkov , V.V.Reshetov kabi olimlarning buyuk xizmatlari bor. Buolimlar rahbarligida mahalliy o‘zbek olimlarii yetishib chiqdi. O‘zbek shevalari akademikSh Shoabdurahmonov, professor vafan doktorlari M Mirzayev, F Abdullayev, SIbrohimov, H Ibrohimov, H G’ulomov, Y G’ulomov, A Aliyev, A Shermatov, OMadrahimov, T Yo‘ldoshev, N Rajabov, X Doniyorov, Q Muhammadjonov, T Nafasov, AJo‘rayev kabi olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan. Bu proyessor va fan doktorlari bilanbirga 50 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar o‘zbek shevalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotishlarini olib borganlar va olib bormoqdalar.Bu olimlar ishlari tufayli o‘zbekdialektologiyasi fan sifatida shakllandi va deyarli barcha lahja va shevalar sinxronik tarzdao‘rganib chiqildi, lug’atlar tuzildi.O‘zbek dialektlari hamon taqqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin,ya’ni endilikda o‘zbekshevalarining barcha masalalari bo‘yicha nazariy muammolar : o‘zbek shevalarifonologiyasi, turkiy dialektologiya, etimologiya, turkiy tillar bilan qiyosiy jihatlardano‘rganilishi o‘zbek tilshunosligini yanada boyitishga xizmat qiladi


Adabiyotlar:
  1. Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi.T., 1978.


  2. To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, T., 2004.


  3. O‘zbek dialektologiyasidan materiallar.1-qism.T.,1957.


  4. Jo‘rayev B. O‘zbek adabiy tili va dialektlari.T.,1963.


  5. Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi.T., 1962.


  6. O‘zbek shevalari morfologiyasi. T.,1984.


  7. O‘zbek shevalari leksikasi.T.,1966.


  8. Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi.T.,O‘qituvchi,1996.


  9. Shoabdurahmonov Sh. Sh. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. T., 1962.





Download 68.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling