15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja


Muhammad Koshg‘ariy tasnifi


Download 68.64 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi68.64 Kb.
#1819768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja-hozir.org

Muhammad Koshg‘ariy tasnifi. Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy yashagan XI asrda turkiy qabilalar va qabilalar ittifoqi o‘zaro birlashib, xalqni shakllantira boshlagan davr edi. Olimning to‘liq ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. U til, madaniyat, tarix va adabiyot kabi turli sohalarga oid ko‘plab qimmatli ilmiy asarlar yaratgan buyuk olim edi. Uning («Turkiy tillarning nahv qoidalari») va «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy tillarning lug‘atlari qomusi») asarlari mavjud. Afsuski, mazkur ilmiy asarlarning birinchisi avlodlarimizga yetib kelmagan. 1960 yilning boshiga kelib Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari arab alifbosi va arab tilining bilimdoni Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Tajriba jarayonida olimning «XI asr yozma yodgorliklarida fe’l kategoriyasi» (1955), «Leksika va morfologiya tarixidan qisqacha ocherk» (1959) kabi bir qancha ilmiy asarlari yuzaga keldi.
«Devonu lug‘otit turk» ning ilmiy qimmati beqiyosdir. Chunki, «Devon» ni yaratish uchun muallif uzoq yillar davomida turkiy xalqlar yashaydigan shaharlar va qishloqlarni kezib chiqdi, materiallar to‘pladi va ularni chuqur qiyosiy tahlil qildi. «Men bu ishlarni, - deb yozadi Mahmud Koshg‘ariy, - til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim…» (44-bet)
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar va lahjalarini yigirmata qabilaga mansub deb ko‘rsatib, ulardan har birining son-sanoqsiz urug‘lari borligini qayd etadi. Demak, yigirmata qabila va ko‘plab urug‘larning tillari ham saqlanib qolgan. «Devon» da ana shu yigirmata til birma-bir sanab o‘tiladi: bәjәnәk, qipchoq, o‘g‘uz, yәmek, bashg‘irt, basmiil, qay, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘ma igraq, yaruq, yumul (ba’zan chumul va jumul shakllarida ham uchraydi), uyg‘ur, tungut, xitoy, tabgach (64 bet).
Yana kitobning turli sahifalarida yuqoridagi yigirmata turkiy tillar va lahjalar hisobiga kiritilmagan boshqa qabilalar tillari ham tilga olinadi: pramut (157-bet), bulg‘or (68-91-betlar), bulak (360-bet), kanjak (66-bet), suvorlar (67-68-betlar), qarluq (86-43-betlar), argu (488-bet), turk (484-bet) kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ayrim hollarda turkiy qabilalarning yashaydigan joylarini ham aniq ko‘rsatadi. Masalan, chigillarning Barsag‘an quyisidagi Quyas shaharchasida, Tiroz yaqinidagi shaharchada va Koshg‘ardagi bir qancha qishloqlarda yashashlarini ko‘rsatib o‘tgan. (374-bet).
«Devon»da o‘g‘uz qabilasi turklarning bir qabilasi deb ta’kidlanadi. So‘ngra, shu o‘g‘uz qabilasining tarkibida 22 ta urug‘ borligi aytiladi, ularning nomlari va mollariga qo‘yilgan tamg‘alar birma-bir sanab o‘tiladi (89-91-betlar).
Birinchi turkolog, xususan lug‘atshunos, etnograf va xalq og‘zaki ijodchisi, tarixchi va jug‘rofiya bilimdoni Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asari bilan turkologiyaga asos soldi. U birinchi bo‘lib turkiy tillarning qoidalarini yaratadi. Bu asar turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini o‘rganishda yagona manba bo‘lishi bilan diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» nomli ko‘p qirrali asarida turkiy tillarning dastlabki tasnifini bergan. U turkiy tillar va lahjalarini tasnif qilganda, ikki ilm-fan qoidalariga asoslanib ish ko‘rgan: 1) qabilalar va qabila ittifoqlari tillarining sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra: 2) qabilalar va qabila ittifoqlari tillaridagi fonetik va morfologik farqlarga ko‘ra.
Mahmud Koshg‘ariy tillarning sofligi tushunchasi deganda, turkiy bo‘lmagan tillarning ta’sir darajasini tushunadi, shunga ko‘ra, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi: a) sof turkiy til: b) aralash turkiy qabila tillari.
Sof turkiy tilda fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan yag‘mo, tuxsi va itl (Volga), yamar (Irtish) daryolari bo‘ylaridan boshlab, uyg‘ur shaharlarigacha bo‘lgan zaminlarda yashovchi qabilalar va «Xoqoniy turkchasi» tilini kiritadi. Bundan tashqari, qirg‘iz, o‘g‘uz, chigil, iroq, jaruq, bulg‘or, suvor, pecheneg qabilarining tilida ham turkiy bo‘lmagan tillarning ta’siri sezilmaydi (DLT, 1,66-bet).
Aralashgan turkiy qabila tillarini Mahmud Koshg‘ariy o‘z navbatida ikki guruhga bo‘ladi:
Bu guruhga so‘g‘d tili ta’sirida sugdak, kanjak, argu qabilalarining tilini kiritadi. Bundan tashqari, Bolosog‘un, Tiroz, Madinatulbayzo shaharlari aholisi tili kiritiladi.
Ikki tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari: xo‘tanliklar, tibetliklar (tubut) va tangutlar tillari bu guruhga kiritiladi (DLT, 1,165-bet). Ular turkiy tilni yaxshi tushunadilar. Lekin erkin gaplasha olmaydilar. Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillarning boshqa tillar ta’siri darajasiga ko‘ra tasnifi asoslari hozir ham shevalar tasniflarida qo‘llaniladi.
U turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning jug‘rofiy tarqalish asoslarini ham ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik asoslarni hisobga olib, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘ladi:
Chigil, yag‘mo, tuxsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab, yuqori Chingacha (Mochin-Chingacha) bo‘lgan qabilalar tillari.
O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, yamaq, suvor va rusdan Vizantiyagacha (Rimgacha) joylashgan qabilalar tillari.
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy tillar deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turkiy qabilalar tillari orasida bir qator fonetik hamda morfologik farqlar mavjud. Bu shaklda tasnif qilish 1969 yilda tilshunos olim Hamid Ne’matov tomonidan tavsiya etilgan edi. Shundan so‘nggi nashrlarda uning mulohazalari asos qilib olindi.
Fonetik jihatdan sharqiy turklar tilida so‘z boshida jarangsiz t tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida d tovushi keladi; tag-dag, tuya-duya kabi. Sharqiy turklar tilida i tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida j tovushi bilan i tovushi juft qo‘llaniladi: yinju-jinju, yyelkin-jelkin kabi.
Sharqiy turklar tilida lab-tish v tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida lab-lab v (w) tovushi keladi: tovar-towar kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar (bardim, sen, tevay), g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xosdir (bardim, san, tavay). Maxmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha, ayrim sharqiy turklar tilida so‘z oxirida y tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tarkibiga kiruvchi arg‘ular tilida n keladi: qoy-qon, yig‘ay-yig‘an (DLT, 1, 67).
Morfologik jihatdan sharqiy va g‘arbiy turklar tilidagi quyidagi farqlar ko‘rsatiladi:
Zamon, makon va qurol nomi sharqiy guruh tillarida – g‘u,-gu,-qu,-ku qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruh tillarida –asi, - әsi qo‘shimchasi bilan yasaladi: bargu-barasi, kelgu-kelәsi (DLT, 1,69:11,71).
Shaxs oti sharqiy turklar tillarida, -g‘uchi, -guchi, -kuchi, -kuchi qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruhlarda –dachi, -dәgi, -tachi, -tәchi, qo‘shimchasi bilan yasaladi: barg‘uchi –bardachi, turguchi-turdәchi kabi (DLT,II, 56-58).
Sharqiy tillardagi –gan, -gәn, -kan, -kәn sifatdosh shakliga g‘arbiy guruhlarda –(y) an, -(y) әn shakli muvofiq keladi: bargan-baran kabi (DLT,II, 57-58).
Sharqiy guruh tillarida o‘tgan zamon –di va shaxs –son ko‘rsatkichlari bilan yasalsa, g‘arbiy guruhdagi turli shaxslarda sifatdoshning –dYk, -duk shakli bilan aralash tarzda keladi: mәn yay qurdum – bәn yay qurduq.
Shunday qilib, axmud Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy tillar va lahjalar tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bu esa mashhur turkologning turkiy tillarning asosiy xususiyat larini, ular orasidagi o‘xshashlik va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarining uchala kitobida ham lug‘atshunoslik asosiy o‘rinni egallaydi.
«Devon» da tillar va lahjalarga oid so‘zlar aniq aytilib, ba’zan ularning qaysi manbaga taalluqliligi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Demak, ona tilimizning hozirgi holati uchun uni takror-takror o‘rganish foydalidir. Ayniqsa, til tarixi, shevashunoslik, etimologik va umuman filologik lug‘at tarzi uchun mazkur asarning qimmati g‘oyat kattadir.
Asarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati ham bundan kam emas. Hatto, olimning birgina f, x undoshlariga doir mulohazalari, fe’lning o‘zagi to‘g‘risidagi aniq fikri, XI asrda tilda faol ishlatiladigan lug‘at qatlami haqida aytganlari, umuman, tilni uning xususiyatlariga qarab, uchga bo‘lib o‘rganishga doir tavsiyalarining o‘zi ham buni ochiq-oydin isbotlab turibdi. Biz o‘z navbatida bu durdonani o‘rganish, mutolaa qilish orqali quyidagicha guruhlarga bo‘lib, tasnif etib ko‘rishga harakat qildik: qarluq-chigil-uyg‘ur guruhi, qipchoq guruhi, o‘g‘uz guruhi.
1. Qarluq –chigil-uyg‘ur guruhiga kiruvchi tillar va lahjalar: chigil (chigil/jigil), yag‘mo, ig‘roq, jaruq/yaruq, to‘xsi(turklarning bir toifasi), tungut, uyg‘ur, qarluq, arg‘u, aramut, tavg‘ach, barxan, tubut, qashg‘ar, barsag‘on, turk, ko‘chat, tat, sug‘dak, uch ayg‘ir.
Namunalar: ezgish/ekzish, xalach, urzulanib, yuksәk tag‘in og‘laq, chatar, uyg‘ur tanin yufg‘a alib yumg‘in satar. – Tog‘ tepasiga joylashib, har vaqt echki bolasini ko‘ziga birlashtiradi, ya’ni u cho‘pon bo‘lgani holda uyg‘urlarga bosqinchilik qiladi. Ulardan bir narsalar olib sotadi (II,340-341).
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida Chin, ya’ni Xitoy uch qismdan iborat ekanligi qayd etilgan: Yuqori Chin, O‘rta Chin va Quyi chin. Barxan Quyi Chin ma’nosida kelib, o‘sha yerda yashayotgan kishilar ma’nosini ham bildiradi.
O‘zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.O‘zbek asosan 20-30 yillardan boshlabilmiy asosda o‘rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo‘laboshladi.Inqilobgacha bo‘lgan davrda V Nalivkin, M Nalivkina, A Starchevskiy, AVishnegorskiy, Z Alekseyev, N Ostroumov, T G’iyosbekovlar jonli til faktlari asosida o‘zbek tili lug’ati,qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritgan ishlarni amalgaoshirganlar.Ularni sof dialektologik ishlar deb ham , adabiy til faktlari deb ham qarashqiyin, inqilobdan keyingi yillarda o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘ladigan sheva vadialektlarni aniqlash , milliy tilning imkoniyatlarini belgilash shiori bilan o‘zbek shevalarikeng miqyosda o‘rganila boshlandi.Shu jarayonda o‘zbek shevalari tasnif qilindi.

Download 68.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling