15-ma’ruza poyezdlar harakatini tashkil etishda signalizatsiya inshoat va qurilmalari


Download 0.94 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1020524
Bog'liq
15-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

15-MA’RUZA

POYEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISHDA SIGNALIZATSIYA INSHOAT VA QURILMALARI


Ма’ruzachi: PhD, dotsent Butunov Dilmurod Baxodirovich

REJA

  • Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar.
  • Strelka va signallarning o‘zaro kalitli bog‘liqligi.
  • Stansiya blokirovkasi.
  • Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari.
  • Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar.

1. AVTOMATIK LOKOMOTIV SIGNALIZATSIYA VA AVTOSTOPLAR


ALSda lokomotiv svetoforlari poyezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetoforlari ko‘rsatkichlariga mos keladigan ko‘rsatkichlarni uzatishi kerak.
ALS qurilmasi ishlashining sxematik ko‘rinishi
Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poyezd)larning boshqaruv kabinasida o‘rnatilib, signal ko‘rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga yetkazadilar.
Lokomotivlar, motorvagon poyezdlari va o‘ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poyezdning o‘z-o‘zidan ketib qolishi va mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik qurilmalari bilan to‘ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poyezdi, maxsus o‘ziyurar harakat tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo‘qotgan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan qurilmalar poyezdni taqiqlovchi ko‘rsatmali svetofor qarshisida avtomat tarzda to‘xtashini ta’minlashlari kerak.
Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo‘llaniladigan avtomatik yoki yarim avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda asosiy yo‘llar, yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish-jo‘natish yo‘llari, shuningdek, poyezdlarning to‘xtovsiz o‘tib ketishi uchun qabul qilish-jo‘natish yo‘llari avtomatik signalizatsiyaning yo‘l qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ayrim stansiyalarda ALS qurilmalarining mavjud emasligiga faqat “O‘TY” AJ boshgaruvi raisi ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yarim avtomatik blokirovkada ALS qurilmalari bilan stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo‘llari jihozlanadi.
Avtostoplar poyezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to‘xtatishi kerak.
2. STRELKA VA SIGNALLARNING O‘ZARO KALITLI BOG‘LIQLIGI
Kalitli bog‘liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o‘zaro tutashuvini ta’minlashi kerak.
Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak:
  • kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo‘l qo‘yish;
  • ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan kalitda ko‘rsatilgan holatda qulflash;
  • bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta bo‘lganda strelkani qulflash imkoniga yo‘l qo‘ymaslik.

  • Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo‘shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo‘llash taqiqlanandi.

3. STANSIYA BLOKIROVKASI
Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
  • postlarning poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish hamda stansiyalar ichidagi marshrutlarning to‘g‘ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish;
  • har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o‘zaro tutashuvi.

4. SARALASH TEPALIKLARINING MEXANIZATSIYA VA AVTOMATIZATSIYA QURILMALARI
Tepalik markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
  • strelkalarni individual boshqarishni;
  • tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo‘nalishidagi strelkalarning, shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza strelkalarining elektr tutashuvini;
  • boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni.

  • Tepalik markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Strelkalarning tepalik avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni ta’minlashi kerak:
  • dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepalikdan tushirish jarayonida saralash tepalikning tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish;
  • ostryak va romli rels orasida o‘tkazish vaqtida to‘siq paydo bo‘lib qolsa, ajratilgan vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda qaytarish;
  • tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o‘tkazish imkoniyati.

Avtomatlashtirilgan saralash tepalik qurilmalari tepalik avtomat markazlashuviga ega bo‘lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepaliklarga qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
  • tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish;
  • ajratilgan vagonlarni tepalikdan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish;
  • tarkibni tarqatish natijalarining nazorati;
  • saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish.

5. PEREEZD AVTOMATIK SIGNALIZATSIYASI VA AVTOMATIK SHLAGBAUMLAR
Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poyezdning pereezdga yetib kelguniga qadar o‘tish joyini transport vositalaridan bo‘shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo‘li tomon to‘xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o‘tishi kerak.
Poyezd pereezdni butunlay bo‘shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo‘lishi kerak.
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling