Reja: Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar
Download 0.96 Mb.
|
signalizatsiya va inshoot qurilmalari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari.
SIGNALIZATSIYA INSHOAT VA QURILMALARIBajardi: Abduraufov K. Tekshirdi: Musayev M. REJA:1. Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar.2. Strelka va signallarning o‘zaro kalitli bog‘liqligi.Stansiya blokirovkasi.3. Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari.4. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar.1. AVTOMATIK LOKOMOTIV SIGNALIZATSIYA VA AVTOSTOPLARALSda lokomotiv svetoforlari poyezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetoforlari ko‘rsatkichlariga mos keladigan ko‘rsatkichlarni uzatishi kerak. ALS qurilmasi ishlashining sxematik ko‘rinishi Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poyezd)larning boshqaruv kabinasida o‘rnatilib, signal ko‘rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga yetkazadilar. Lokomotivlar, motorvagon poyezdlari va o‘ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poyezdning o‘z-o‘zidan ketib qolishi va mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik qurilmalari bilan to‘ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poyezdi, maxsus o‘ziyurar harakat tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo‘qotgan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan qurilmalar poyezdni taqiqlovchi ko‘rsatmali svetofor qarshisida avtomat tarzda to‘xtashini ta’minlashlari kerak. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo‘llaniladigan avtomatik yoki yarim avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda asosiy yo‘llar, yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish-jo‘natish yo‘llari, shuningdek, poyezdlarning to‘xtovsiz o‘tib ketishi uchun qabul qilish-jo‘natish yo‘llari avtomatik signalizatsiyaning yo‘l qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ayrim stansiyalarda ALS qurilmalarining mavjud emasligiga faqat “O‘TY” AJ boshgaruvi raisi ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Yarim avtomatik blokirovkada ALS qurilmalari bilan stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo‘llari jihozlanadi. Avtostoplar poyezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to‘xtatishi kerak. 2. STRELKA VA SIGNALLARNING O‘ZARO KALITLI BOG‘LIQLIGI Kalitli bog‘liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o‘zaro tutashuvini ta’minlashi kerak. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak:
Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo‘shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo‘llash taqiqlanandi. 3. STANSIYA BLOKIROVKASI Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
4. SARALASH TEPALIKLARINING MEXANIZATSIYA VA AVTOMATIZATSIYA QURILMALARI Tepalik markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
Tepalik markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Strelkalarning tepalik avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni ta’minlashi kerak:
Avtomatlashtirilgan saralash tepalik qurilmalari tepalik avtomat markazlashuviga ega bo‘lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepaliklarga qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
5. PEREEZD AVTOMATIK SIGNALIZATSIYASI VA AVTOMATIK SHLAGBAUMLAR Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poyezdning pereezdga yetib kelguniga qadar o‘tish joyini transport vositalaridan bo‘shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo‘li tomon to‘xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o‘tishi kerak. Poyezd pereezdni butunlay bo‘shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo‘lishi kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling