Uzatish funktsiyasi va mexanizm zvenolarini tezliklarini


Download 407.26 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2020
Hajmi407.26 Kb.
#104527
  1   2
Bog'liq
uzatish funktsiyasi va mexanizm zven


Aim.uz

Uzatish funktsiyasi va mexanizm zvenolarini tezliklarini nisbatlari, chiziqli va burchak tezlik, tezlanishlar. Mexanizmlarning kinematik tekshirish, zvenolarning holatlarini topish, analitik kinematika.
O’quv modul  birliklari

1.Mexanizmlar kinematikasi haqida tushuncha

2.Mexanizm zvenolarining harakati va holatlarini topish

3.Analitik kinematika

 

Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari (talabaning vazifalari)

Talaba ushbu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng:

1.Kinematikani o’rganishning usullarini biladi

2.Mexanizm zvenolarining harakatini, ularning harakatlanishiga qarab farqlay oladi

3. Mexanizm zvenolarini holatini aniqlay oladi

4.Mexanizm zvenolarini harakatlanishiga qarab, harakatni nisbiy yoki absolyut ekanligini ajrata oladi

5.Analitik kinematikani afzalligini biladi


Mexanizmlar kinematikasida, asosan, mexanizmlar holatlari tuziladi, mexanizm zvenolaridagi nuqtalarning traektoriyalari va shu zvenolardagi nuqtalarning chiziqli siljishi tezligi va tezlanishlari topiladi.

Harakat asosan uch xil bo’ladi.

1.O’q atrofida aylanma harakat (krivoship, koromislo, tishli va friktsion g’ildiraklar).

2.Ilgarilanma-qaytarma harakat (polzun, kulisa va boshqalar).

3.Murakkab harakat (shatun, tosh va boshqalar).

Harakatni o’rganar ekanmiz, uning absolyut va nisbiy ekanligiga ehtibor berishimiz kerak.

Tabiatda absolyut harakat mavjud emas, lekin mexanizmlarning qo’zg’almas nuqtasiga nisbatan olingan harakatni absolyut, qo’zg’aluvchi zvenoga nisbatan olingan harakatni nisbiy deb qabul qilamiz. Masalan: 4 zvenoli sharnirli mexanizmdagi absolyut va nisbiy oniy markazlarini tekshirib chiqamiz.

Krivoshipning oniy aylanish markazi 01 nuqtada yotadi. Uni R21 bilan belgilab absolyut harakatdagi oniy markaz deb ataymiz. R41 ham absolyut harakatdagi oniy markaz deyiladi. CHunki (2) va (4) zvenolar qo’zg’almas nuqtaga nisbatan O1 va O2 nuqtalarda harakat qilayapti (3.1 rasm).



 

3.1-rasm.

SHatun (3) 2,4 zvenolarga nisbatan oniy aylanish A va V nuqtalarda bo’ladi. Bu markaz nisbiy harakatdagi oniy aylanish markazi deb ataladi. AV zvenolarning R31 oniy aylanish markazi qo’zg’almas zvenoga nisbatan oniy aylanish markazidir.



 Mexanizmlarning har-xil vaziyatlari uchun nisbiy oniy aylanish markazi har-xil nuqtada bo’ladi. Agar shu nuqtalarni tutashtirsak, oniy markaz traektoriyasi kelib chiqadi. Bu traektoriya tsentroida deb ataladi.

Mexanizmlarning kinematikasini o’rganishda, yetaklovchi zvenoning bir aylanish davri ichidagi zvenolar harakatini o’rganish kifoya, chunki navbatdagi aylanishlar birinchi aylanishga o’xshash bo’ladi.

Mexanizmlarning turli vaziyatdagi rejalarini tuzish.

Ko’pincha, mexanizm sxemasini chizishda ma’lum masshtab qabul qilinadi. Mexanizmni metrdagi o’lchovi, chizmadagi millimetr o’lchoviga mos bo’lishi kerak. Masalan: Krivoship-shatunli mexanizm berilgan bo’lsin. Agarda AV ni shatunning xaqiqiy uzunligi bo’lsa, chizmada 68 mm olsak, unda masshtab quyidagicha bo’ladi:



 Qolgan zvenolarning chizmadagi uzunligi quyidagicha topiladi:



 CHizmadagi hisobni mexanizmning nolg’ (0,A0,V0) vaziyatidan boshlaymiz.



L=OA+AB=0.087m=87mm



3.2-rasm.

Krivoshipni aylanish markazi (0) dan o’ng tomonga L=87 uzunlikdagi radius bilan yoyini chizamiz, bu yoyning polzunni yo’naltiruvchisi X-X bilan kesishuv nuqtasi Vo orqali belgilaymiz va OAo, Vo aksial krivoship-shatunli mexanizmning boshlang’ich vaziyati topiladi. Biz mexanizmning yangi vaziyatlarni topishda uning zvenolardan hech qanday deformatsiya sodir bo’lmaydi deb faraz qilamiz OA-radius bilan aylana chizib, uni teng bo’laklarga bo’lamiz. Agar krivoship OA2 vaziyatga o’tsa, A nuqta A2 dan A3 ga o’tsa, polzun B2 dan B3 ga o’tadi va nihoyat, A3 nuqtaga A4 ga o’tsa polzun B3 dan B4 ga o’tadi (3.2-rasm).



Download 407.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling