15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar


Sonlidastur bilan boshqariladigan tokarlik stanoklar


Download 1.34 Mb.
bet6/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1419559
1   2   3   4   5   6   7   8

Sonlidastur bilan boshqariladigan tokarlik stanoklar


Tokarlik-vintqirqish stanoklari avtomatlashtirishdarajasi boʻyicha mashinalarning birinchi guruxini tashqil etuvchidastakli boshqariladigan universal stanoklar qatoriga kiradi [25]. Bunday stanoklarning asosiy xususiyati Shundaki, zagotovka va asbobningish xarakatlarini (asosiy xarakatni va surish xarakatini) stanok bajaradi, yordamchi xarakatlarni va boshqarish xarakatlarini esa odamlar knopka (tugma),dasta, richag, chambarak va x. k. yordamida bajaradi. Universal stanoklar muntazam takomillashtirib borilsa (mexanizatsiyalash va kichik avtomatlashtirish vositalari bilan jixozlansa) xam ularning asosiy xususiyatlari oʻzgarmaydi, ya’ni detallarga ishlov berish jarayonida odam doim boʻlishi va qatnashishi lozim. Odam bunday ishini bajarganda bir yo yon va ichki koʻp stanoklarga xizmat koʻrsata olmaydi. Koʻp stanoklarga xizmat koʻrsatish mexnat unumdorligini oshirishning istiqbolli usullaridan biridir, bundan tashqari, odam detallarga ishlov berish jarayonida qatnashganda ish unumiga va ishlov berish aniqligiga sub’ektiv ta’sir koʻrsatadi.
Dastakli boshqariladigan universal stanoklarning afzalligi ularning yuqori darajada universal va tez oʻtuvchanligidan iborat. Universal deganda stanokning turli detallarga ishlov berishga moslanish qobiliyati tushiniladi. Tez oʻtuvchanlik bir detalni chiqarishdan boshqa detalni chiqarishga qayta moslash (oʻtish) vaqti bilan aniqlanadi.
Dastakli boshqariladigan universal stanoklar oʻziga xos xususiyatlari tufayli donalab, mayda va oʻrtacha seriyali ishlab chiqarish soxalarida qoʻllaniladi. Bu soxalar uchun stanoklarning kam unumli ishlashi xal etuvchi axamiyatga ega boʻlmaydi. Lekin bu soxalarda stanoklarning yuqori darajada universal va tez oʻtuvchan boʻlishi ularga qoʻyiladigan eng muxim talablardan xisoblanadi.
Keyingi yillarda stanoklarning ish unumini va aniqlikni, oshirish, mexnat sarfini kamaytirish talablari koʻyilganligi munosabati bilan ayniqsa mayda va oʻrtacha seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirish usullari va vositalarini izlash asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning koʻp qismi mayda va oʻrtacha seriyali ishlab chiqarish soxasiga toʻgri keladi. Bu soxadagi muammolar sonli dastur bilan boshqariladigan (RDB) stanoklarni qoʻllanish yoʻli bilan xal etiladi. RDB stanoklar maxsus avtomatlashtirilgan stanoklar uchun xos boʻlgan yuqori darajada aniqlik va unumdorlik dastakli boshqariladigan universal stanok­larga xos boʻlgan moslanuvchanlik va tez oʻtuvchanlik xususiyatlariga ega.
Navoiy mashinasozlik zavodida 16K20 modelli stanok asosida yaratilgan NT-250I modelli tokarlik-vintqirqish stanogining kinematik strukturasi pastdagi rasmda keltirilgan. Bu stanok interpolyator va raqamli indekatsiya (dastur bilan boshqarishning tsiklli tizimi) bilan jixozlangan.

13.5- rasm. NT -250I modelli RDB tokarlik-vintqirkish stanoginiig kinematik strukturasi
Stanok tashqi va ichki tsilindrik, konussimon va shakldor yuzalarga ishlov berish, chervyaklar tayyorlash, bir va koʻp kirimli rezbalar, shu jumladan oʻzgaruvchan qadamli rezbalar yasash uchun moʻljallangan.
Konussimon va sferasimon sirtlarga ishlov berishda zagotovka 1 shakl yasovchi oddiy xarakat Fs(V1)- asosiy xarakatni bajaradi. Bunday xarakat vositasida aylanasimon yoʻnaltiruvchilar xosil qilinadi. Burilma kerkich tutkich 3ga maxkamlangan keskich 2 shakl yasovchi murakkab xarakat Fs(P2P3)ni bajaradi: Bunday murakkab xarakatning P2 va P3 tashqil etuvchilari mos xolda boʻylama surish (Z koordinatasi) va koʻndalang surish (X koordinatasi) xarakatlari boʻladi. Rezbalarga ishlov berishda zagotovka va keskich shakl yasovchi murakkab xarakat Фv(B1P2)ni bajaradi. Stanokda shakl yasash xarakatlari bilan bir qatorda yordamchi xarakat BC(V4) – keskich tutkichning burilishi xam bor.
Qurilayotgan stanokning kinematik strukturasida, xam mexanikaviy, xam nomexanikaviy (elektron) bogʻlanishlar bor. Elektron bogʻlanishlar (aloqalar) rasmda koʻrsatilmagan. Konussimon va sferasimon yuzalarga ishlov berishda oddiy kine­matik gurux shakl yasash xarakati Фv(B1)ni bajaradi. Bu kinematik guruxda ichki aloqani shpindelning aylanuvchi jufti, tashqi aloqani esa sozlash kinematik zanjir a-b ta’minlaydi. Aralash, ya’ni, xam mexanikaviy, xam elektron aloqalar bilan jixozlangan kinematik gurux shakl yasovchi xarakat Fs(P2Pz)ni bajar adi. Bu guruxda ichki aloqa v-g va d-e kinematik zanjirlar, aylanish tezliklari rostlanadigan Mg va Mz asinxron elektr motorlar, bu motorlarni boshqarish qurilmasi, kerkari bogʻlanish BE-178datchiklari, interpolyator va «Razmer 2M- 51-21/11» tizimiga kiruvchi dastur kiritish qurilmasidani borat. Interpolyator signallar xosil qilib, M2 va M3 motorlarni boshqarish qurilmasiga beradi. Bu signallar asbobning zagotovkaga nisbatan dasturda koʻrsatilgan axborot boʻyicha xarakatlanish traektoriyasini ta’minlaydi. Buda turlicha aloqaning sozlash oʻrgani boʻladi. Tashqi aloqai jrochi oʻrganlarni (support va. koʻndalang salazkalarni) xarakat manbalariga, ya’ni M2 va Mz motorlarga birlashtiradigan v-g va d-a kinematik zanjirlardan tashkil topgan. Bu yerda aylanma xarakatni ilgarilanma xarakatga oʻzgartirish uchun vint-gaykali yumalanma uzatmadan foydalaniladi. Bu uzatma vint-gaykali sirpanma uzatmaga nisbatan tirqishlar (zazorlar)ning yuqligi va ishqalanishdagi ishqalanish koeffitsientining oʻzgarmasligi sababli tekis xarakatlanishi natijasida ijrochi organning juda aniq pozitsiyalanishini ta’minlaydi. Bu uzatmaning FIQ 90-0,95ga teng. Rezbalarga ishlov berishda shakl yasovchi xarakat Фv(V1P2]ni bajaruvchi murakkab kinematik guruxda ichki bogʻlanishni (shpindel bilan boʻylama support oʻrtasidagi aloqani) elektron aloqa ta’minlaydi. Ichki bogʻlanish «Razmer 2M-51- 21/11» qurilmasining elementlari va BE-178datchikdan iborat. Bu datchik shpindelga uzatish nisbatii = 1 boʻlgan lyuftsiz (ya’ni qimillamaydigan) tishli uzatma vositasida birlashtirilgan.

13.7- rasm. NT - 250I RDB tokarlik-vint qirqish stanogining kinematic sxemasi


Dasturli boshqarishning tsiklli tizimi bilan jixozlangan NT-250I tokarlik-vint qirqish stanogi sozlashni koʻrib chiqamiz (4.7- rasm).
Asosiy xarakatning kinematik zanjiri. Bu zanjirning oxirgi zvenolari Mi motorning vali (N = 14 kVt, == 34...4500 ayl/min) va zagotovka maxkamlanadigan shpindeldan iborat. Zagotovkaning aylanish chastotasi quyidagi formula boʻyicha topiladi.

Asosiy xarakat zanjirining sozlash organi (tezliklar qutisi) shpindelning uch xil pogʻanali chastota bilan aylanishini ta’minlaydi. Uzatmalardastakli usulda almashlab qoʻshiladi. Aylanish chastotasining har qaysi pogʻonasida vositasida shpindelni 85 xil chastota bilan aylantirish mumkin. Bu yuritma uchun kinematik balans tenglamasi quyidagicha yoziladi:

(34…4500)*





=nshp

Bu tenglamadan koʻrinib turibdiki, tezliklar qutisi va chastotasi rostlaiadigan asinxron motor shpindelni 255 xil chastota bilan aylantirishga imkon beradi.
Asosiy xarakat yuritmasini sozlash shpindelning talab etilgan aylanish chastotatalari pogʻonasini aniqlash va asinxron motorning kerakli aylanish chastotasini tanlashdan iborat. Shunda shpindelning xaqiqiy aylanish chastotasi pShn≤nii shartini ta’minlashi lozim.
Surishlar kinematik zanjiri. Boʻylama va koʻndalang surishlar kinematik zanjirlari mexanikaviy sistemasining oxirgi zvenolari M2 va M3 asinxron elektr motorlar va burilma keskich tutkichdan iborat. Dastur (programma)da berilgan axborot sozlash organi boʻladi. Surish tezligi 0...3Q0 mm/ayl chegarada pogʻonasiz ravon oʻzgartiriladi.
16K20FZS32 modelli RDB tokarlik vintqiqish stanogi. Bu stanok yuqorida koʻrib oʻtilgan stanokning yanada takomillashtirilgan turi boʻlib, undan ancha takomillashtirilgan 2R22 turdagi RDB qurilma bilan jixozlanganligi jixatdan farqlanadi. Bu qurilmada dastur klaviatura, magnit kasseta yoki perfolentaga kiritiladi. Dastur perfolentadan kiritilganda tashqi foto xisoblash qurilmasi ulanadi.
Asosiy xarakat yuritmasida aylanish chastotasi 280 ...4500 ayl/min chegarada pogʻonasiz ravon oʻzgaradigan (1500 ...4500 ayl/min chegarada aylanish chastotasi doimiy quvvatda oʻzgaradi) chastotasi rostlanadigan asinxron elektrodvigatel qoʻllaniladi. Bunday elektrodvigatel tufayli elektromagnit muftali ATK, ga zarurat qolmaydi (4.8- rasm). Bu yuritma 16K20FZS5 modelli stanokdagi kabi shpindelning aylanish chastotasini uch xil diapazon (chegara)da dastakli almashib qoʻyishga imkon beradi. Ammo xar qaysi diapazonda aylanish chastotasi pogʻonasiz ravon oʻzgaradi. Birinchi diapazon 20 ... 325 ayl/min; ikkinchi diapazon 63 ... 900 ayl/myn, uchinchi diapazon 2240 ayl/min. Bu yuritma uchun kinematik balans tenglamasi quyydagicha boʻladi.

16K20FZS32 modelli RDB tokarlik-vintkirqish stanogining kinematik sxemasi


(280-4500)



=(160-2240)ayl/min

=(63-90)ayl/min

=(20-325)ayl/min

Surishlar yuritmasida moment gidrokuchaytirgichli qadam dvigatellari oʻrniga oʻzgarmas tokda ishlaydigan katta momentli elektrodvigatellardan, shuningdek VTM-11 turidagi teskari bogʻlanish datchiklaridan foydalaniladi. Bunday yuritma xisoblash aniqligini oshiradi, shuningdek xarakat tezliklari unchalik katta boʻlmaganda support va koʻndalang kalaklarning ravon siljishini ta’minlaydi. Bundan tanqari, yuritma tez siljish (kuchish ) tezligini oshirish imkonini beradi (texnikaviy tafsilotiga qarang).


Modulli RDB tokarlik stanoklari. Bu stanoki Moskva «Krasny proletariy» stanoksozlik zavodi va Gepmaniyaning «EMAG» stanoksozlik firmasi birgalikda ishlab chiqan. Stanoklar moduli printsipida tuzilgan boʻlib, ular unifikatsiyalangan (birxillashtirilgan) uzellar va detallardan yegʻilgan.
USC11 modelli RDB bir shpindelli tokarlik avtomatning tuzilishi 4.9-rasmda koʻrsatilgan [103]. Birxillashtirilgan shpindelli babka 2 va servoyuritma 7 yordamida siljitiladigan yuqorigi xamda tsuyi supportlar 5, 6ning boʻylama yoʻnal- tirgichlari 8, 4 (Z koordinatasi) asos 1ga maxkamlangan.

13.9-rasm. USC 11 modelli RDB bir shpindelli tokarlik avtomati:
1 - asos; 2 - shpindelli babka; 3,4 - boʻylama yunaltirgichlar; 5 - yuqorigi support; 6 - pastki (quyi) support; 7 - servoyuritma; 8 – telerkopik ixota;9,/0 - revolver kallaklar; 11 - ketingi babka; 12- boshqarish pulti
Boʻylama yunaltirgichlar asosda 45° qiyalantirib joylashtirilgan, shu tufayli qirindilar va moylash-sovitish suyuqligi (MSS)ish zonasidan oson ketadi. Shunda yoʻnaltirgichlar qirindi va MSSda teleskopik ixotalar 8 bilan muxofazalangan supportlarda unifikatsiyalangan oʻn ikki xolatga qoʻyiladigan revolverli kallaklar 9 va 10 joylashgan. Bu kallaklar koʻndalang yoʻnalishda 250 mm gacha siljiy oladi (X koordinata). Quyi supportning boʻylama yoʻnaltirgichlariga ketingi babkai oʻrnatilgan. Stanok pult 12dan boshqariladi.
Stanokning asosi mineralit (mineral quyma) – epoksid smolali betonda tayyorlangan. Bu ashyoning titranishlarni soʻndirish qobiliyati choʻyannikidan 6-8 marta yuqori boʻlib, stanokning titranishga chidamiligini jiddiy oshiradi. Minera­lit yuqori xaroratga chidamli, binobarin, issiqlikdan kam deformatsiyalanib, ishlov berish aniqligi yuqori boʻladi.
Boʻylama yoʻnaltirgichlar ancha bikir, shpindel podshipniklarining diametri katta va asosiy xarakat yuritmasi kuchli boʻlganidan stanok tezkor tokarlik ishlovini berishga imkon yaratadi.
Stanokda zagotovkalarni berish va ishlov berilgan detallarni yechib olishda sanoat robotining ish zonasiga yakinlashish qulay. Stanok asbobni avtomatik almashtirish uchun asboblar magazini bilan jixozlangan. Stanokning oʻzi moslanuvchan ishlab chiqarish tizimiga oson joylashadi.
USC11 modelli stanokda CNC toifasidagi RDB qurilmasi qoʻllaniladi. Bu qurilma koʻpchilikga gʻarb mamlakatlarining stanoksozlik firmalarida ishlatiladi. Qurilma mitti EHM, boshqarish pulti, interpolyator, tezlik topshirish uzeli, surishlar yuritmasini boshqarish uzeli va SNSning imkoniyatlarini kengaytiradigan boshqa bloklardan tuzilgan.
Mazkur stanok koʻrib utilgan RDB tokarlik stanoklaridan farq qilib, «S» kutbli koordinata bilan jixozlangan. Bu koordinata stanokda ishlov beriladigan detalning burchak xolatini 0,001 gradusgacha aniqlikda oʻrnatishga imkon beradi. Servoyuritma chervyakli uzatma vositasida shpindelni detal bilan birgalikda buradi. Qutbli «S» koordinata koʻp kirimli rezbalarni kesishda, shuningdek revolver kallakning aylanuvchi frezalari yordamida frezalashishlarini bajarishda zarur boʻladi. Frezalar revolverli kallakni burish servoyuritmasidan planetar uzatma orqali aylantiriladi.
Kesuvchi plastinalarning koordinatalarini aniq belgilash va stanokni (uning yeyilishi sababli) qoʻshimcha sozlash uchun unda asbobning xolatini nazorat qilish qurilmasi bor. Nazorat aniqligi shundayki, ishlov berishdagi dopusk (joizlik) 0,03 mm dan kam boʻladi. Buyurtmachilarning talabiga koʻra USC11 modelli RDB tokarlik avtomati boshqacha jixozlanishi xam mumkin:

  • yuqorigi (yoki quyi) supportli va ketingi babkali stanok;

  • yuqorigi supportli, ketingi babkali va quyi yunaltirgichlarga lyunet oʻrnatilgan stanok;

  • karama-qarshi yunalishlarda xarakatlanadigan yuqorigi va quyi supportlar va ketingi babka bilan jixozlangan stanok;

  • yuqorigi va quyi supportlar bilan jixozlangan (patronli ishlarni bajaradigan) stanok.

LM70 - AT Modelli koʻp opyoratsiyali tokarlik stanogi, bu stanokda RDB tokarlik stanoklaridan farqli ravishda, tokarlik ishlaridan boshqa shpindelning aylanish oʻqiga parallel yoki tik teshiklarga ishlov berish, freza bilan rezba kesish, oʻyiqlarni, kemtiklarni frezalash va boshqa ishlarni xam bajarish mumkin [75].

Stanok quyidagicha tuzilgan- shpindelli babka / (4.10- rasm) asos 3ga oʻrnatilgan stoyka 2ning vertikal yoʻnaltirgichlari (U koordinata) boʻylab siljiy oladi, Bu zagotovkaning aylanayotgan asbobganisbatan xolatini oʻzgartirishga, ya’ni frezalashga imkon beradi, asosga oʻrnatilgan stol 4da (X, Z koordinatalar) revolver blok 5 joylashgan. Bu blok vertikal oʻq atrofida buraladi. Revolver blokda tokarlik ishlariga muljallangan aylanmaydigan sakkizta asbob oʻrnatilgan revolver kallak 6 va, payvandlash xamda frezalash ishlarida foydalaniladigan aylanadigan shpindel 8 li kallak 7 joylashgan. Revolver blokning yuqori qismida oʻnta asbobli magazin 9 oʻrnatilgan. Asboblar manipulyator 10 yordamida magazindan shpindelga va aksincha olib qoʻyiladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling