15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar


RDB va MIM tokarlik stanoklarini rivojlantirish yo‘llari


Download 1.34 Mb.
bet7/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1419559
1   2   3   4   5   6   7   8

13.4.RDB va MIM tokarlik stanoklarini rivojlantirish yo‘llari


Etakchi xorijiy firmalar va mamlakatimizdagi stanoksozlik zavodlarining tokarlik stanoklarini yaratish soxasidagi tajribalari asosida stanoklarni rivojlantirishning quyidagi yoʻllarini koʻrsatish mumkin.
1.RDB va MIM tokarlik stanoklarida ishlov berish aniqligini yanada oshirish. Xozir deyarli barcha firmalar diametrli oʻlchamlarni ± 0,01 mm, ayrim firmalar esa ± (0,003- 0,005) mm chegarada aniqlik bilanishlov berish kafolatini oladi. Bunday aniqlikka quyidagicha erishiladi:
- stanina va supportning sirpanish yunaltirgichlarini yuqori darajada sifatli tayyorlash, shuningdek sirpanish juftida poʻlat (yoki yuqori sifatli chuyan) - plastik qoplama (ftoroplast torsayt)dan foydalanish ;
-supportni katta momentli dvigatellar va terkari bogʻlanish chiziqlidatchiklari qoʻllanilgan yuritma yordamida zarur pozitsiyalarga doim juda aniq oʻrnatish;
-shpindelli qismning tayanchlarida shpindel uchining koʻpi bilan 1-2 mkm radial tepishini ta’minlaydigan juda aniq yasalgan (ultrapretsizion) podshipniklarni qoʻllanish ;
-juda aniq yasalgan va sifatli boʻlish qurilmalaridan foydalanib, revolver kallakni doim barqaror xolatda maxkamlash;
-detal va asbobni diagnozlash va nazorat qilish sistemasi bilan bir qatorda asbobning xolatini va siljishini, shuningdek kesish rejimlarini avtomatik sozlash sistemalaridan foydalanish ;
-siljish qadamini 0,001 mm va bundan xam kamga keltirish .
2.RDB va MIM tokarlik stanoklariningish unumini quyidagilar xisobiga oshirish :
-stanoklarni qayta sozlash vaqtini kamaytirish, boshqaruvchi dasturlarni ishlab chiqish va kiritish (bu oʻz navbatida yanada takomillashgan RDB sistemasini qoʻllanish bilan bogʻlik);
-katta sigʻimli asboblar magazinidan foydalanish, bu esa asbobning chidamliligini kamaytirib, kesish tezligini jiddiy oshirishga imkon beradi;
-detallarga toʻliq ishlov berishni ta’minlaydigan koʻp asbobli revolver kallaklarni qoʻllanish (shunda detalni qayta oʻrnatishga va uni bir operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga joʻnatishga sarflanadigan yordamchi vaqt qisqaradi);
-stanokdagi ayrim qismlarning va umuman stanokning puxtaligini oshirish .
3.Markazlar oʻqi ortida joylashgan qiya yoki vertikal staninali stanoklarning ish qismlarini eng maqbul joylashtirish. Shunda stanoklarni zagotovkalarni uzatib turadigan xar qanday qurilmalar bilan jixozlashga, asbob va qisish moslamasiga bemalol yaqinlashishga, qirindilarni ish zonasidan oson ketkazishga imkoniyat yaratiladi.
4.Pogʻonasiz rostlanadigan oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok elektrodvigatellari bilan jixozlangan asosiy xarakat yuritmalarida shpindelning aylanish chastotalarini pogʻonasiz rostlash chegarasini kengaytiruvchi avtomatik almashlab qoʻshiladigan tezliklar qutisini ishlatish. Surishlar yuritmasida katta momentli elektr dvigatellarni va terkari bogʻlanish doiraviy yoki chiziqli (asosan foto impulsli) datchiklarni qoʻllanish . Bunday yuritmalar ishchi surishlar diapazoni keng boʻlgani xolda asboblarni pozitsiyalarga aniq qoʻyishga va tez (salt) siljishlar tezligini 15000 mm/mindan oshirishga imkon beradi.
5.Almashma magazinli sistemalar, magazindagi asboblarni kassetali almashtirish qurilmalaridan, stanokdan tashqarida asboblar qoʻyiladigan qoʻshimcha tokcha-javonlardan foydalanish xisobiga asboblar sonini koʻpaytirish . Bunday tadbirlar bilan bir qatorda zagotovkalar magazinining sigʻimi xam oshirilsa tokarlik stanogi «odamsiz texnologiya» rejimida uzoq ishlay oladigan boʻladi.
6.Sexda dastur tuzishni tezlashtirish maqsadida RDB sistemasini takomillashtirish, ya’ni dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha oraliq zvenoni yoʻqotish va operatorni RDB sistemasiga yaqinlashtirish. Bu soxada stanoklarni takomillashtir ishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini qayd etish zarur.
Birinchidan, dasturlarni tuzishda «menyu usulini» qoʻllanish. Bu usulning moxiyati shundaki, operator displeyning videoekranidan foydalanib, oʻzidagi turli variantlarni koʻrib chiqib, keragini tanlab oladigan boʻladi.
Masalan, avval liniyaning nomeriga mos keladigan maqbul variant tanlanadi. Keyin ekranda maqbul siklni va zarur boʻlgan barcha adreslarning qiymatlarini tushintiradigan shakl paydo boʻladi.
Ikkinchidan, «grafik tasvirlash usulini» qoʻllanish. Bu usul detalga ishlov berish jarayoni modelini tuzishda displeyning video ekranida turli televizion oʻyin oʻtkazishdan iborat. Grafik tasvir modelini tuzishda operator detallarga ishlov berish dasturini tekshirish va tuzilgan bu dasturni amaliy qoʻllanish oldidan undagi geometrik va boshqa xatolarni bartaraf etish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu xolda zagotovka ekranda yorugʻ zona koʻrinishida boʻladi. Yoʻnish jarayoni asboblarning berilgan shakllari yordamida modellanadi; bu asboblar dasturda koʻrsatilgan yo‘l boʻylab xarakatlanib, yorugʻlik (zagotovka tasviri)ni «kesib», ekranda detal konturini qoldiradi. Ishlov berishni bu xilda modellashda dastur tuzish vaqti qisqaradi va dasturning notoʻgʻri tuzilganligi sababli qimmatbaxo asboblarning sinish xollari yoʻqoladi.
Uchinchidan, boshqarish sistemasiga boʻylama va koʻndalang xomaki yoʻnish, rezba kesish, churuq teshiklar parmalash, charx toshning chiqishi uchun ariqcha oʻyish va xokazo namunaviy tsikllarnn kiritish. Bu xisoblanadigan koordinatalar sonini jiddiy kamaytirishga, binobarin dastur tuzish vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Toʻrtinchidan, turli ishchi organlarning tezliklarini ular oʻrtasidagi elektron aloqa vositasida juda aniq sinxronlash. Bu konussimon, shakldor va vintsimon sirtlarga ishlov berishda zarur.
7.RDB sistemalarida parallel dasturlash va tuzatish (taxrir etish ) qurilmasidan foydalanish. Bu qurilma mikroprotsessorda bajariladigan dasturdan boshqa dasturni kiritish yoki perforatsiyalash, yoki tuzatish, yoki tashlab yuborishga imkon beradi.
8. RDB va MIM tokarlik stanoklarini yaratishda birxillashtirilgan uzellar va detallarni qoʻllanish. Bu stanoklarni loyixalash va tayyorlash muddatlarini qisqartirishga imkon beradi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling