15-mavzu: akt so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv


Download 29.25 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1585133
  1   2   3
Bog'liq
15-mavzu


15-mavzu: AKT so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv
Reja:
1. Maxsus atamalar bilan ishlash
2. AKT sohasidagi yangiliklar;
3. Soha lug’atlari bilan ishlash;
4. Ta’limda AKT;

1 Maxsus atamalar bilan ishlash
Kundalik hayot bizga nafaqat so‘nggi yangiliklar, bilim va taassurotlarni, balki yangi tushuncha va so‘zlarni ham taqdim etadi. Deyarli har yili AKT sohasida ko‘plab, yangi tushuncha va so‘zlar paydo bo‘ladi.Bugungi kunda, AKT sohasida yoshlarning eng faol qismi o‘rtasida – xakaton va startap-akseleratorlari atamalari eng ommaviy atama hisoblanadi. Xakaton (ingliz tilidagi hackathon, ya’ni hack (xaker) va marathon — marafon so‘zlaridan yasalgan bo‘lib) — tadbir ma’nosini anglatadi.Xakatonlar vazifasi to‘laqonli dasturiy ta’minotlar yaratish bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda.Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid kengayib borayotgan so‘z boyligining o‘zbek tilidagi izohiga katta ehtiyoj mavjuddir. Ushbu munosabat bilan o‘zbek tilida lotin alifbosida AKT sohasidagi tushunchalarni ta’riflab beruvchi izohli lug‘at tayyorlashga qaror qilindi. Ko‘pgina atamalar birnecha izohga ega.Ko‘proq foydalaniladigan izohlar birinchi o‘rinda keltirilgan.Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qo‘llanishida qaytarish uslublarini qo‘llashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarningpaydo bo ‘lishiga katta hissa qo‘shdi.Yangi kommunikatsion texnologiyaning qo ‘llanilishi keng ko‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy bo ‘lib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va ko ‘pgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari ko‘plab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish,nazorat, yo ‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir.


Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling