15-Mavzu. Davolash-profilaktik ovqatlanish


Download 71.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1581129
  1   2   3
Bog'liq
15 Ma\'ruza


15-Mavzu. Davolash-profilaktik ovqatlanish.
Reja
1.Ratsional ovqatlanish qonunlari.
2. Davolash-profilaktik qonunlari..
3.Noan`anaviy ovqatlanish.
Odam tashki muxitdan ovkat va suv kabul kilishi,organizmda uning uzgarishi, xazm kilishi, xosil bulgan koldik moddalarning tashki muxitga chikarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi.Ovkat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy,mexanik,termik,uzgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiklik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Xosil bulgan enegriya xisobiga tukimalar va organlar ish bajaradi, xujayralar kupayadi, yosh organizm usadi va rivojlanadi, odam tana xaroratining doimiyligi taʼminlanadi.
Termik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etib turadi va bu jarayon tirik organizmning yashash belgisi xisoblanadi.
Modda almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`lik bulgan ikki jarayon yaʼni assimlyatsiya va dissimilyatsiya orkali utadi.
Ovkat tarkibidagi ozik moddalarning xujayralarga utishi assimilyatsiya deb ataladi. Bu jarayon natijasida xujayralar yangilanadi, kupayadi. Organizm kancha yosh bulsa unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol utadi.
Ozik moddalarning maʼlum kismi assimilyatsiya jarayoni natijasida tukimalarda zaxira xamda saklanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, АTF) sintez kilish uchun sarflanadi.
Xujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi dissimilyatsiya deb ataladi.
Buning natijasida energiya xosil buladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi.
Dissimilyatsiya jarayoni natijasida xosil bulgan koldik moddalar ayirish organlari orkali tashkariga chikariladi. (karbonat angdrid, suv, azot koldiklari).
Sog`lom bulgan katta yoshli odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda buladi.
Yosh organizmda assimilyatsiya jarayoni ustinrok bulsa, keksa odamlarda dissimilyatsiya jarayoni ustunrok buladi. Shuning uchun keksalarning terisi salki bulib, yuzlarida ajin paydo buladi, tana muskullari bushanib, ularni xajmi kichrayadi.
Demak assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Odam tanasidagi xar xil tukima va xujayralar tarkibiy kimlarining yangilanishi muddati turlicha buladi.
Masalan jigar tukimasi va kon zardobining oksillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskullarining oksillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi xamma tukimalar tarkibidagi oksillarning yarmi xar 80 kun davomida yangilanib turadi.Shuni aloxida taʼkidlash kerakki,kaysi bir tukima va organ kanchalik faol ish bajarsa, xarakat kilsa, uning tarkibiy kismlari yangilanishi unchalik tez surʼatlarda buladi.Binobarin jismoniy mexnat,jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari odam tanasidagi tukimalarining tez yangilanishi, organizmning yosh, sog`lom va tetik saklashnishiga olib keladi.
Maʼlumki 1 gr oksil organizmda kislorod Bilan oksidlanib parchalanganda 4,1 kkal, 1 gr yog`-9,3 kkal, 1 gr uglevod-4,1 kkal energiya xosil kiladi. Demak bir sutkalik ovkat tarkibidagi isteʼmol kilingan oksil, yog`, uglevodlarning mikdoriga karab, xosil bulgan energiyaning umumiy mikdorini aniklash mumkin. Bu energiya mikdorini bajarilgan ish turiga karab sarflangan energmya mikdoriga takkoslash mumkin.Sog`lom, katta yoshli odamda bir sutkalik ovkatdan xosil buladigan energiya mikdori sarflanadigan energiya mikdoriga teng bulishi kerak. Organizmda xosil buladigan energiya mikdori sarflanadigan energiya mikdoriga nisbatan kup bulsa, odam semiradi.Аksincha, isteʼmol kilingan ovkatdan xosil buladigan energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bulsa, odam tanasidagi yog` parchalanib, energiya xosil kiladi. Bunday jarayon bir necha kun, xafta davom etsa odam ozadi.
Shuni taʼkidlash lozimki, yoshlarda isteʼmol kilingan ovkatdan xosil buladigan energiya mikdori sarflanadigan energiyaga nisbatan kuprok bulishi lozim.chunki maʼlum mikdordagi energiya yosh organizmning usishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.



Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling