15-Mavzu. Davolash-profilaktik ovqatlanish
Kishilarning sutkalik energiya sarflashi
Download 71.5 Kb.
|
15 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruxga
- Uchinchi guruxga
- Turtinchi guruxga
Kishilarning sutkalik energiya sarflashi.
Moddalar almashinuvida oksillar,yog`lar va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya xosil buladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning tuxtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Odam organizmida sutka davomida sarflanadigan energiya uch kismdan iborat: 1.Аsosiy moddalar almashinuvini taʼminlash uchun sarflanadigan energiya. Bu energiya nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshka aʼzolarining ishlashini taʼminlash uchun sarflanadi. Bu energiya mikdori odamning 1 kg tana og`irligiga 1 soatda 1 kkal ga teng. Tana og`irligi 70 kg bulgan odam uchun bir sutkada moddalar almashinuvini taʼminlashga sarflanadigan energiya mikdori 1680 kkal ga teng. (70 kg tana og`irligi x 24 soat=1680 kkal.) 2.Ovkatning xazm kilishga sarflanadigan energiya. Isteʼmol kilingan ovkatni xazm kilish uchun oshkozon, ichaklar, jigar, oshkozon osti bezi kabi aʼzolarning ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi. Bu energiyaning mikdori ovkat tarkibiga boFlik. Аralash ovkatni xazm kilishga sarflangan energiya asosiy moddalar almashinuviga safrlangan energiyaning 10% ini tashkil etadi. Demak bu energiya mikdori katta odamda bir sutkada 168 kkal ga teng. 3.Odam sutkada bajaradigan ishgia sarflanadigan energiya. Bu energiyaning mikdori xar bir odamning kasbiga, kup yoki oz xarakatlanishga bog`lik. Аkliy mexnat bilan shug`ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mexnat bilan shug`ullanuvchilar kup energiya sarflaydi. Masalan odam urtacha tezlikda yurgan vaktda uning organizmi sarflaydigan energiya mikdori asosiy moddalar almashinuvi uchun sarflanadigan energiya mikdoriga nisbatan ikk marta kupayadi (168x2=3360 kkal). Odam urtacha tezlikda chopgan vaktda esa energiya sarfi 4 marta kupayadi. (1680x4=6720 kkal). Umuman bajariladigan ishning turiga kura bir sutkada sarflanadigan energiya mikdori xar xil buladi. Bajaradigan ishining turiga va sarflanadigan energiya mikdoriga kura, kishilar turt guruxga bulinadi. Birinchi guruxga akliy mexnat bilan shug`ullanuvchilar kiradi yaʼni korxona, tashkilotlarning raxbarlari, tibbiyot xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, ilmiy xodimlar va xokazo.Ular bir sutkada 2300-2800 kkal energiya sarflaydilar. Ikkinchi guruxga mexanizatsiyalashgan jismoniy mexnat bilan shug`ullanuvchilar yaʼni injener-texnik xodimlar, maishiy xizmat xodimlari, aloka va telegraf ishchilari, tikuvchilar va xokazolar kiradi. Ular bir sutkada 2500-3000 kkal energiya sarflaydilar. Uchinchi guruxga mexanizatsiyalashmagan jismoniy mexnat bilan shug`ullanuvchilar, yaʼni temirchilar, slesarlar, ximiklar, tukimachilik korxonasi ishchilari,poyafzalchilar, xaydovchilar, sotuvchilar, agranomlar, temiryul ishchilari va xokazolar kiradi. Ular bir sutkada 2700-3200 kkal energiya sarflaydilar. Turtinchi guruxga mexanizatsiyalashmagan og`ir jismoniy mexnat bilan shug`ullanuvchilar yaʼni kuruvchilar, kishlok xujaligi ishchilari, mexanizatorlar, metallurglar, urmon ishchilari va xokazolar kiradi. Ular bir sutkada 2900-3700 kkal energiya sarflaydilar. Beshinchi guruxga uta og`ir jismoniy mexnat bilan shug`ullanuvchilar yaʼni tog` ishchilari, yer kozuvchilar, beton-tosh ishchilari, yuk tashuvchilar, kurilish mollari ishlab chikaruvchi ishchilar kiradi. Ular bir sutkada 3900¬4300 kkal energiya sarflaydilar. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling