15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari
Download 148.68 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MAVZU MA\'RUZA
15 - MAVZU. EMPIRIK SOTSIOLOGIK TADQIQOT VA UNING METODLARI 1. Sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy asoslari 2. Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish usullari 3. Empirik ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash usullari 4. Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. Sotsiologik tadqiqotlar bo‘lajak izlanishlarining ilmiy asoslangan reja va dasturini tayyorlashdan boshlanadi. Dastur hayot haqiqatidan kelib chiqqan va ilmiy-nazariy jihatidan puxta ishlangan bo‘lishi lozim. Zero, tadqiqot natijalari qanday bo‘lishi ana shu omillarga bevosita bog‘liqdir.Dastur bo‘lajak tadqiqot materiallarini to‘plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘z o‘ziga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarni xarakterlab berish, ishning, ilmiy tahlinini belgilash, usullarini aniqlash, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhimdir. Birinchidan ishlab chiqilgan nazariy umumlashmalardan real tadqiqot jarayonlariga o‘ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yig‘ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish ana shu talablar mazmunidir. Dastur asosan ikki katta bilim, ya’ni nazariy-metodologik va amaliy uslubiy bo‘limlardan iborat. Nazariy-metodologik bo‘lim mavzu tanlash, tadqiqot ob’ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o‘z o‘ziga olsa, amaliy uslubiy bo‘lim ma’lumotlarni to‘plash usullarini bayon etish yig‘ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi. Dastur mazmunida turli tavsirlar oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy muammo vaziyatlari aniq va yorqin ifoda etilmog‘i lozim. Ilmiy muammoning qo‘yilishi muayyan soha amal qilayotgan bilimlar hamda amaliy andozalar doirasidan qoniqmaslik, bu bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir.Zero, muayyan tadqiqotlar boshlangunga qadar ma’qul bo‘lgan bilimlar doirasida hamisha ham ijtimoiy muammoli vaziyat hal etilavermaydi.Odatda ijtimoiy muammo amaliy vositalar bilan hal etilmagan holatda ilmga, tadqiqot o‘tkazishga murojaat qilinadi. Bu murojaat ilmda ijtimoiy buyurtma deb ataladi.Shu tariqa sotsiologning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo sotsiologning shaxsiy tashabbusi ham real hayot muammolari asosida paydo bo‘lmog‘i lozim. Empirik sotsiologik tadqiqot nima? Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Empirik so‘zi qadimiy yunoncha bo‘lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to‘g‘risida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to‘plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladi. Hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida jamiyatda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlarni, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o‘rganib bo‘lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog‘i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma’lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta’minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e’tibor qaratilmog‘i lozim. Ushbu bo‘limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to‘xtalib o‘tamiz. Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo‘lib qo‘rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat: Download 148.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling