15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari


Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish


Download 148.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi148.68 Kb.
#1840045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-MAVZU MA\'RUZA

Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. 
Sotsiologik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil etish 
tadqiqotlar jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi natijalarning 
ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga 
keltirishdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini to‘g‘ri izohlab beruvchi qator 
ilmiy uslubiy yechimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkret holatda bu narsa bir butun 
kishilar jamoasi (sotsiologlar, respondentlar, ma’muriyat) ishtirokida amalga oshiriladi. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita 
sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu sababli gipotezani 
sinash jarayonida tadqiqotchi ko‘proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni 
birlashtirishi, empirik materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy jihat va xossalarini 
ajratib berishga intilishi kerak. Sotsiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga 
ajratilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo‘ladi. Hisobotning ilovasi sifatida 
jadvallar, grafiklar, so‘rovnomalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi. 
Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan 
masalalarning yechimidir. Shuning uchun bunday tadqiqot hisobotida gipotezalar, tadqiqot 
vazifalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar tizimi, axborotlar, boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish 
bo‘yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi. 
Hisobotga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar: 
- hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o‘zaro bog‘langan 
muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak; 
- bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi ta’minlangan bo‘lishi 
kerak; 
- hisobotning har bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi ikki qismining o‘zaro 
mutanosibligini ta’minlash zarur; 
- so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga 
binoan tahlil etilishi kerak; 
- hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi kerak. 

Download 148.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling