15-mavzu. Friksion uzatmalar va variatorlar. Umumiy ma’lumotlar. Uzatmada ishlatiladigan materiallar va dumalash jism­lari ishchi yuzalarining shikastlanish turlari. Friksion uzatmalarni hisoblash. KONUSSIMON Friksion uzatmalarni hisoblash


V. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tеkshirish uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr


Download 93.9 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi93.9 Kb.
#1800224
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-MAVZU. FRIKSION UZATMALAR VA VARIATORLAR. UMUMIY MA’LUMOTLAR. (1)

V. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tеkshirish uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr


1. Qanday uzatmalarga friksion uzatmalar deyiladi?
2. Friksion uzatmalarning asosiy guruhlarini.
3. Variatorning boshqarish darajasiga tushuncha bering.
4. Diskli variatorlar to’g’risida ma’lumot keltiring.
5. Friksion uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash tartibini keltiring.

VI. Mаtn




Umumiy hоlаtlаr.
Ishqalanish kuchlari orqali harakatni yetaklovchi valga uzatish uchun qo‘llaniladigan mexanizmlar friksion uzatmalar deyiladi va eng oddiy mana shunday uzatmalar bir-biriga ma’lum kuch vositasida siqilgan ikkita g‘ildirak va tayanchlardan iborat bo‘ladi (16.1-rasm). G‘ildiraklar silindrsimon va konussimon shakllarda tayyorlanishi mumkun.



a) b)
16.1-rasm. Silindrsimon (a) va konussimon (b) g‘ildirakli friksion uzatmalar


Valning o‘qlari o‘zaro kesishadigan hollarda konussimon tishsiz g‘ildiraklardan foydalaniladi. Dumalash elementlarining (jismlarning) birining radiusini o‘zgaruvchan qilib tayyorlab, uzatmaning uzatishlar nisbatini keng oraliqlarda pog‘onasiz o‘zgartirish imkoniyatini hosil qilish mumkin. Bu holda friksion uzatma – variator deyiladi (16.2-rasm).

16.2-rasm. Friksion tishli uzatma (variator)
G‘ildirak 2 val bo‘ylab ko‘chganda yoki surilganda yetaklanuvchi g‘ildirak 1 dagi dumalash radiusi gacha (aksincha ham bo‘jishi mumkin) o‘zgarib, uzatishlar nisbatining mos holdagi o‘zga­rishiga, ya`ni pog‘onasiz boshqarilishiga olib keladi.
Yetaklanuvchi g‘ildirakdagi aylana kuch :


(16.1)

shartidan aniqlanadi. Bu yerda



S - ilashish zahirasi koeffitsienti bo‘lib, kuch uzatmalahrida S=1,2….2,0; ba’zi hollarda esa S=3 deb olinadi. Nobarqaror va o‘ta yuklanganlik holatlarida depsinish bo‘lmasligini kafolatlash uchun bu zahira koeffitsienti kiritiladi.
Ishqalanish koeffitsientining qiymatlari quyidagi jadvalda keltiril­gan (16.1- jadval) .


16.1-jadval
Ishqalanish koeffitsientining qiymatlari

Juflik materiallari



Po‘lat-po‘lat (moyda)

0,04...0,05

Po‘lat-po‘lat (cho‘yan), moysiz

0,15...0,18

Tekstolit- po‘lat yoki cho‘yan, moysiz

0,20...0,25

Febra- po‘lat yoki cho‘yan, moysiz

0.20...0,25

Po‘lat-bronza (davriy moylash)

0,08...0,10

Yog‘och – yog‘och

0,20...0,22

Jun tasma –po‘lat yoki cho‘yan

0,35

Rezinalashgan tasma - po‘lat yoki cho‘yan

0,30

Charm –cho‘yan

0,30

Ochiq friksion uzatmalarda ishqalanish koeffitsienti kattaroq bo‘lgani uchun g‘ildiraklarni siquvchi kichikroq bo‘ladi.


(16.1)-munosabatdan anglashiladi-ki, ishchi g‘ildiraklarni siquvchi kuch ishqalanish kuchlaridan 1/f qadar katta bo‘ladi. 10.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida , ilashish zahirasi koeffitsienti esa ekanligi nazarda tutilsa, g‘ildiraklarni siquvchi kuch berilayotgan aylana kuchdan 4,8….50 marta ortiq bo‘lishi talab etiladi. Bu holat val tayanchlariga tushadigan kuchlarning nihoyatda kattaligiga sabab bo‘ladi. Friksion uzatmalarning asosiy kamchiliklaridan biri mana shudir.
Friksion uzatmalarda ham albatta elastik sirpanish hodisasi mavjud bo‘ladi va nisbiy sirpanish g‘ildiraklar materialining elastiklik moduliga bog‘liqdir. Ikkala g‘ildirak po‘latdan tayyorlanganda uning qiymati 0,05…0,01%, tekstolit - po‘lat juftligida 1% atrofida bo‘ladi. Elastik sirpanishdan tashqari friksion uzatmalarda kontakt yuzalarda g‘ildirak­lar tezliklarining turlichaligi tufayli geometrik sirpanish ham hosil bo‘ladi.
Agarda yetaklanuvchi g‘ildirakdagi qarshilik momenti uzatmadagi qarshilik kuchlaridan paydo bo‘lgan momentdan ortiq bo‘lsa, uzatmada depsinish (shataksirash) kuzatiladi. Bunda g‘ildiraklarning ishchi yuzalariga shikast yetadi. Shuning uchun friksion uzatmalardan saqlagich sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.

Download 93.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling