15-mavzu: Hozirgi zаmon vа din Mavzu o’quv maqsadi


Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati


Download 41.35 Kb.
bet4/7
Sana18.12.2022
Hajmi41.35 Kb.
#1027368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu

2.Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati.
Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bulib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. SHunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.
Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bulgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid goyalarni aldov va zurlik bilan targib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr uyrituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bulishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning uziga xos kurinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki kurinishini anglatadi.
Diniy fundamentalizm– «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yul bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohdaaqidaning uzgarmasligini himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlangich davrida belgilangan barcha yul-yuriqlarni qat’iy va ogishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qullaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bogliqdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni suzma-suz sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu suz islomga nisbatan qullanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni suzma-suz talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi yunalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash ham odat tusiga kirdi.
SHunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din bilan boglash mutlaqo asossiz. Xususan, islom dini, u bilan bogliq turmush tarzi va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzilmalarning guyo din va musulmon jamoasi ravnaqi yulida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi uyqoridagi kabi guyoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini kursatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni uyzaga keltirish uchun mablag yigish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini kuzlaydi.
Hozirgi davrda kuplab ekstremistik uuyshmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlarini niqob qilib olgan holda faoliyat uyritayotganlarini kurish mumkin.
Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga boglash») muayyan sharoitda, biron-bir goyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, kur-kurona qullash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon buladi.
Mutaassiblik (arab. – «guluv ketish», «chuqur ketish») uz fikr-mulohaza va dunyoqarashi tugriligiga uta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bulishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yunalishlar orasida keskin nizo va tuqnashuvlar kelib chiqishiga sabab bulgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik goyalarning tarqalishiga sabab bulishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, quporuvchilik ishlarini amalga oshirish va garazli manfaatlarni ruyobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bulmoqda.
Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bulishidir.Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. SHu urin qayd etish joizki, kup manbalarda «aqidaparastlik» suzi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» suzi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.
Mutaassiblik va guluv Qur’oni karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday kurinishi qat’iy rad etilgan. Jumladan, «Moida» surasida shunday deyiladi:
«Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib quygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi»(Moida, 87).
Paygambarimiz (alayhis-salom) ham uzlarining qator hadislarida diniy masalalarda haddan oshganlar notugri yulda ekanini kup bor ta’kidlab, ularning aksariyati Allohning gazabiga uchrab, halok bulganini aytib utganlar. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Albatta, din osonlikdir. Kim dinda chuqur ketsa, u engiladi», deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom) «Dinda chuqur ketadiganlar halok buldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok buldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok buldi», (Imom Muslim rivoyati) deb uch bora takror aytganlarining uzidan ham mutaassiblik va guluvning naqadar yomon illat ekanini kurishimiz mumkin.

Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling