15-mavzu: Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs kаmolotining poydevori. Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik


Madaniy merosning mexanizmi va xususiyatlari


Download 257.03 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi257.03 Kb.
#1603328
1   2   3   4
Bog'liq
15-мавзу

Madaniy merosning mexanizmi va xususiyatlari
Mamlakatimizda 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya hamda ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yildi, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2000 yil 12-mayda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, 2002 yil 27-avgustda Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999 yil 9-mayda «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi.
Respublikada 16 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rstamoqda.
1999-yilda Toshkentda Islom universiteti ochildi.
O‘zbekiston hududida xalqning ulug‘vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi.
Tarixiy yodgorliklar - xalqlar hayotidagi muhim tarixiy voqealar, jamiyat va davlat taraqqiyoti hamda tarixiy shaxslar, shuningdek, fan, texnika, madaniyat va xalqlarning maishiy turmushi taraqqiyoti bilan bog‘liq binolar, inshootlar, tarixiy joylar va buyumlar
Tarixiy yodgorliklar
Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug‘ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug‘ allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko‘tardi.
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o‘sdi. Haykaltarosh I. Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg‘ona va Quvada al Farg‘oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi.

Download 257.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling