15-mavzu: Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs kаmolotining poydevori. Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik


Haykaltarosh R. Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon)


Download 257.03 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi257.03 Kb.
#1603328
1   2   3   4
Bog'liq
15-мавзу

Haykaltarosh R. Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon),
«Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho‘lpon (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua kompozitsiyasi (A. Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.
Buxoro va Xiva shaharlaridagi me'morchilik yodgorliklarini ta'mirlash borasida faol ishlar olib borilib, yodgorliklar shu davrda jahon ahamiyatidagi maqomiga ega bo‘ldi. Bu shaharlarning 2500 yilligi, Toshkentning 2000 yilligi kabi sanalar katta tantana bilan nishonland. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramasdan milliy madaniyatni asrovchi yangi muzeylar barpo etildi. Temuriylar davri tarixi muzeyi, Olimpiya shon-sharafi muzeyi, O‘zbekiston tarixi muzeyi yangi mazmunda boyitildi.
Milliy va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarmizning xizmatlari haqida yubiley tantanalari o‘tkazish o‘tgan yillarda A. Navoiy, Z. M. Bobur, A. Qodiriy, K. Behzod, A. Farg‘oniy yubileylari nishonlandi. Alohida tantanalar bilan xalqaro miqiyosda M. Ulug‘bekning 600 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi, Imom Buxoriyning 1225 yilligi o‘tkazildi.
«Alpomish»ning 1000 yilligi keng nishonlandi.
2010 yil 7-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori qabul qilingan.
2010 – 2020 yillardа nоmоddiy mаdaniy meros оb’ektlarini muhofaza qilish, аsrash, tаrg‘ib qilish vа ulardan fоydаlanish Davlat dasturi qabul qilingan. Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan.
2019 yil 4-oktabrda Vazirlar Mahkamasining “Моddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorda yurtimizdagi mavjud 354 tа ko‘chmas mulk ob’ektlaridan iborat moddiy madaniy meroslarning shakllantirilgan milliy ro‘yxati kiritildi. Маzkur me’yoriy hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy meros, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni xalqimizga yetkazishdir.
Download 257.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling