15-mavzu. Moliyaviy innovatsiyalar va moliyaviy bozorlar Reja: Moliyaviy innovatsiyalar
Download 38.38 Kb.
|
15 мавзу Moliyaviy innovatsiyalar va moliyaviy bozorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
2. Moliyaviy bozorlar
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-rasm). Moliyaviy bozorlar Valyuta bozori Fond bozori Kapital bozori Pul bozori 6.1-rasm. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar (equity) va hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz instrumentlarini yana qayd qilingan daromad instrumenti (fixed-income instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb atash ham mumkin. Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati (maturity) asosida ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market) nomiga ega. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori (capital market) deb nomlanadi. Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar kabi instrumentlar aylanadi. Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya1 va likvidlik (liquidity) o‘ziga xos xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Aksiya – bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. Korporatsiya kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda oddiy aksiyalar (common stocks), Buyuk Britaniyada aksiyalar (shares) deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish fond bozorida (stock market) amalga oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi qismda (yoki ulushda) baravarligini bildiradi. Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va korporatsiyani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz berish huquqi to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim korporatsiyalar muomalaga oddiy aksiyalarning ikki toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi. Oddiy aksiyalar korporatsiya aktivlariga qoldiq talablarni (residual claim) ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning, u tomonidan barcha qolgan moliyaviy majburiyatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga huquqi bor. Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiya-larga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan keyin nima qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar. Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining cheklangan mas’uliyati (limited liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa, unda kreditorlar aksionerlardan qarz majbu-riyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu yerda kreditorlarning korpo-ratsiyaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan talablari bilan cheklanib qoladi. Download 38.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling