15-mavzu. Moliyaviy innovatsiyalar va moliyaviy bozorlar Reja: Moliyaviy innovatsiyalar


Download 38.38 Kb.
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi38.38 Kb.
#1131117
1   2   3
Bog'liq
15 мавзу Moliyaviy innovatsiyalar va moliyaviy bozorlar

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsi-onlar va forvard kontrakt2lari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki «koll» opsion (call option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki «put»opsion (put option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi.
Forvard kontraktlar (forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.



1-nazorat uchun savol

Qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning asosiy xarakteristikalari qanday?



1 «Integratsiya» lotincha «integratio» - tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Yaqinlashish va o‘zaro bog‘lanish jarayoni. 3. Ikki yoki undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.216.

2 «Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403.

Download 38.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling