15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi
Download 336 Kb.
|
MAJMUA aort
Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi:
Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida “Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir. Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq boʻlmasligi kerak. Annotatsiya bitta abzas koʻrinishida yoziladi va quydagilarni oʻz ichiga oladi: 1. Tadqiqot maqsadi 2. Tadqiqot metodlari 3. Natijalar 4. Asosiy xulosalar Agar ruhsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi. Kalit soʻzlar (Keywords) Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar bosh kelishikdagi so'zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi. Kirish qismida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi: 1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context) 2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature) 3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap) 4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini aniqlash (stating a purpose) Ilmiy kontekstni yaratish: Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak. Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish oʻygʻonmasligi mumkin. Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak. Download 336 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling