15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja


Download 336 Kb.
bet11/19
Sana12.02.2023
Hajmi336 Kb.
#1192008
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
MAJMUA aort

Mavzu buyicha savollar:


  1. Taqdimot marosimi – hamkorlikni yo‘lga qo‘yuvchi vosita sifatida.

  2. Taqdimotchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar.

  3. Taqdimot o‘tkazish qoidalari.

  4. Taqdimot turlarini sharxlang?

  5. Taqdimotda ma’lumot uzatish xususiyatlarini aniqlang?

  6. Taqdimotchi bilan auditoriya o‘rtasidagi hamkorlik nimalardan iborat?



17-MAVZU: “Akademik yozuv ” tushunchasi
Reja:

  1. Akademik yozuvning o‘ziga xosliklari

  2. Ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar.

  3. Akademik matnlarning turlari, bayon uslubi

Tayanch tushunchalar:

Akademik yozuvning tuzilishi. Akademik yozuvning tuzilishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Ta'lim instituti ilmiy xodimi N. G. Maloshonok, akademik yozuvni "oddiydan murakkabga" tamoyili asosida qurish kerak, deb hisoblaydi: kichik elementlardan (leksik va grammatik tuzilmalar) kattaroq (ilmiy ishlar va ularni taqdim etish usullari). Ushbu mantiqqa ko'ra, u to'rt darajani ajratib turadi: 1-daraja - akademik yozishning asosi. U quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:


a) paragrafning tarkibiy elementlari;
b) tezislar;
c) dalillar;
d) paragraflarda formatlash;
e) ishchi qoralama;
f) matnni yaxshi formatlash
2-daraja - Abstraktlashtirish, bu kichik yozma ishlarni yozishni o'z ichiga oladi, xususan:
a) yozishdan oldingi strategiya;
b) hisobotni ko'rib chiqish;
v) tezislar va kalit so'zlar;
d) asosiy formatlar;
e) uslubiy ish;
f) ro'yxatga olish qoidalari
3-bosqich - jurnallarda nashr etish
a) axborot manbalarini tanqidiy baholash;
b) tahrirlash;
v) ekspertlarning fikr-mulohazalari;
d) moddiy talablar;
e) baholash mezonlari, amaliyotdan misollar;
f) plagiat tushunchasi
4-bosqich - yozma ish taqdimoti
a) taqdimot tuzilishi;
b) tomoshabinlar e'tiborini jalb qilish usullari, mantiqiy aloqalar va o'tishlar;
v) ritorik vositalar;
d) slaydlarni loyihalash qoidalari;
e) tinglovchilar bilan o'zaro munosabat;
f) savollarga javoblar.
Xo'sh, akademik matn nima? Bu, birinchi navbatda, ilmiy uslubda yozilgan, mazmuni maxsus ilmiy atamalar va lingvistik vositalar yordamida yetkaziladigan umumlashgan bog`langan matndir. Akademik matnda eng mavhum semantik yukni ko'taruvchi so'z-tushunchalardan foydalaniladi, ular ko'pincha fanning ma'lum bir sohasidagi olimlar-mutaxassislar tomonidan qo'llaniladi. Masalan, tarixchilar odatda "kelib chiqishi" tushunchasi o'rniga ushbu atamani qo'llashadi
"etnogenez" yoki "kanal qurilishi" iborasi o'rniga -
"Sug'orish inshootlari"
Akademik matnni tahlil qilish tamoyillari:
Birinchidan. Ilmiy matn hajmiga, taqdim etish shakliga qarab (ko‘chirma, kitob bobi, referat, insho, ma’ruza, monografiya va boshqalar) bir butun sifatida quyidagi qismlardan iborat: kirish, asosiy qism, xulosa (xulosa).
Ikkinchi. Akademik matn mazmun-bilimni o'z ichiga oladi, unda asosiy atamalar va tushunchalar ta'kidlanadi.
Uchinchi. Muallifning g'oyasini (g'oyalarini) alohida ajratib ko'rsatish, ya'ni o'rganilayotgan ilmiy muammoga uning nuqtai nazarini aniqlash kerak.
To'rtinchi. Matn qismlardan tashkil topgan bir butun bo'lganligi sababli, qismlar mazmunni taqdim etishning mantiqiy ketma-ketligi bilan o'zaro bog'langan. Tarixiy asarda, ayniqsa, darslik va o‘quv adabiyotlarini yozishda voqealarning xronologik tartibiga rioya qilish kerak.
Beshinchi. Ilmiy matnda bayon etilgan hodisa va hodisalarning sabab-oqibat munosabatlarini tushunish katta ahamiyatga ega.
Oltinchi. Xulosa yoki natijalar ko'rinishidagi taqdimotning to'liqligi
ilmiy tadqiqot.
Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi, ya'ni oliygohga kirgan vaqtingiz yangi muhit bilan tanishasiz qisqa qilib aytganda yangi olamga tushib qolasiz va judayam ko'p erishish mumkin bo'lgan yutuqlar bilan tanishib, oldinga qo'ygan maqsadlaringizni yanada kengaytirib olasiz.
Misol uchun oliygoh davrida ilk bor davlat stipendiantlari bo'lish haqida ma'lumot olasiz va unga erishish uchun harakat qilasiz, bitta maqsad sizga qo'shiladi va shu tarzda davom etadi;
Davlat stipendiantlari sohibi bo'lishingiz uchun sizdan judayam ko'p maqola sertifikatlari talab qilinadi;
Zulfiyaxonim sohibasi bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz ham ushbu sertifikatlar sizga yordam beradi;
Keyinchalik o'qishingiz davomida bir qancha grand dasturlari, haqida ma'lumot topasiz, va ushbu grandlarni yutib olishingiz uchun sertifikatlaringizga alohida ahamiyat berishadi va ular orqali tanlovda qabul qilinish imkoniyati sizda yuqori bo'lishi mumkin;
Sizdagi keyingi maqsad albatta magistratura bo'ladi va magistratura bosqichi bakalavrga nisbatan kam talabalarni qabul qiladi,,, Maqola sertifikatlaringiz orqaligina sizda yana kirish imkoniyati yuqori bo'ladi.
Qisqa qilib aytganda ilmiy maqolaning o'rni talabalikdan boshlab PhD bo'lasizmi, o'qituvchi bo'lasizmi judayam muhim hisoblanadi.
Maqola yozish tartiblari? Maqola yozish jarayonlarida nimalarga e'tibor berish kerak?
Maqolaning asosiy qolipi:
Maqola sarlavhasi
Annotatsiya
Kalit so'zlar
Asosiy qism
Adabiyotlar
kabi qismlardan iborat bo'ladi.
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim.
Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi. Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakun topadi.
Ilmiy maqolaning hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi.

Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling