15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Download 141.19 Kb.
|
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-topshiriq.
- 8-topshiriq.
1-topshiriq. O’quvchilar xatolarini tekshiring va nutqiy xatoning har biriga misol tanlang. Xatoning kelib chiqish sababini va uni bartaraf qilish yo’llarini tushuntiring.
2-topshiriq. Boshlang’ich sinf o’quvchilari nutqiga qo’yiladigan talablarni izohlang. 3-topshiriq. Boshlang’ich sinf o’quvchilar nutqini o’stirishga qo’yilgan talablar nimalardan iborat? 4-topshiriq.Ichki va og’zaki nutq deganda nimani tushunasiz, ular qanday hosil qilinadi? 5-topshiriq.Nutqiy xatolarga qanday xatolar kiradi? 6-topshiriq.Lug’aviy, uslubiy xatolarni tushuntiring. 7-topshiriq.Bir so’zni qayta-qayta ishlatish, sinonimlardan, olmoshlardan foydalanmaslik, so’zning ma’nosini tushunmaslik, shevaga xos so’zlarga yo’l qo’yganda ulardan qutulish uchun qanday ishlar bajarilishi kerak? 8-topshiriq.Morfologik-uslubiy xato deganda nimalarni tushunasiz? Sintantik-uslubiy xatolarni izohlang, to’g’irlash yo’llarini tushuntiring. 9-topshiriq.Insho va bayon tahlili qanday o’tkaziladi? 10-topshiriq.Insho va bayonning ahamiyati nimalardan iborat? 4-MODUL. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH. 19-MAVZU: Badiiy matn haqida nazariy ma’lumot Reja: Badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy matnning estetik vazifalari Badiiy matnda ma’no va mazmun. Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga etkazishga qaratilgan bo‘ladi. SHu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.1 Download 141.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling