2-topshiriq. Keltirilgan fe'llar qaysi uslubga xosligini yozing.
Ming‘irlamoq, ozod etilmoq, qaror qabul qilmoq, g‘azablanmoq, xursand bo‘lmoq, valdiramoq, sayr ayladi, izhor qildi, g‘imirlamoq, e'tiroz bildirmoq, gap otmoq, nutq so‘zlamoq, tashrif buyurmoq, xitlamoq, so‘ppaymoq, ovoz bermoq, jilvalanmoq, mahliyo etmoq.
3-topshiriq. Shaxs-son qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llab o‘qing va izohlang.
1.Jalol aka, yanga, qani bu yerga turing, Abadiyat uchun bitta kadr qilamiz.(E.Vohidov) 2.Xo‘p, mayli, o‘ylab ko‘ramiz, -dedi chavandoz. (O.YOqubov) 3.Bir o‘g‘lingiz Ijroqo‘mda muovin, biri −Erta bir kun fan doktori bo‘lib turibdi. (E.Vohidov) 4.Domla ketdilar. Boshlig‘imizning qizlari keldilar.(Gazetadan) 5.Iltimos, suyanmangiz. (Metrodagi yozuv) 6.O‘z uyingda ikkita mehmonni tuzuk kutib ololmasang qanday yomon! (So‘zlashuvdan)
4-topshiriq Fe'l so‘z turkumiga konseptual jadval chizing.
zamon
|
shaxs-son
|
mayl
|
nisbat
|
o‘timli, o‘timsiz
|
bo‘lishli-bo‘lishsiz
|
ma'no turlari
|
vazifadosh shakllari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |