15-mavzu: Olmosh va fe'l so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari reja
Download 52.17 Kb.
|
15-16-mavzular (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
15-mavzu: Olmosh va fe'l so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari REJA: 1. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlari 2. Fe'llarning uslubiy xususiyatlari 3. Shaxs-son qo‘shimchalari sinonimiyasi 4. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi Tayanch so‘z va iboralar: lingvoepik tahlil, ekspressiv, mayl, nisbat, shaxs-son qo‘shimchalari, funksional shakllar. Darsning maqsadi: Talabalarga olmosh va fe'lning uslubiy xususiyatlari haqida ma'lumot berish, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik. Badiiy matnning ekspressivligini ta'minlashda olmoshlarning ham alohida o‘rni bor. Olmoshlar bir so‘zning takrorlanishi bilan yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan g‘alizlikning oldini oladi. Olmoshlarning takrorlanishi esa nutqqa o‘ziga xos ohangdorlik bag‘ishlash bilan birga matnni shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida fe'l turkumiga kiruvchi so‘zlarga alohida e'tibor qaratish lozim. Chunki bu turkumdagi so‘zlarning ekspressiv imkoniyatlari benihoya kengdir. Fe'lning mayl, shaxs-son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, zamon hamda funksional shakllari asosida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xosliklarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi. 2. Men olmoshi o‘rnida kamina, faqir, banda so‘zlari, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va'da bergan edingiz - O‘zlari va'da bergan edilar. 3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. 4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi:Senlar buni tushunmaysanlar. 5. Ko‘rsatish olmoshlari ta'kidlash, ajratish ma'nolarini ifodalaydi: Kitob - bu dono maslahatchi. Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling