15-mavzu: Olmosh va fe'l so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari reja


Download 52.17 Kb.
bet4/4
Sana01.04.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1316679
1   2   3   4
Bog'liq
15-16-mavzular (1)

Mustaqil ta’lim mashgulotlari





1-topshiriq. Sotmoq fe'li yordamida ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasi hosil qiling va ularning turli xil qo‘shimcha ma'nolarini izohlang.









Sotib


2-topshiriq. Olmoshlarga ko‘chgan so‘zlarni topib izohlang.
Namuna: kishi - ot, olmosh o‘rnida kelgan.
1.Kaminalari xususiy xonalarida o‘tirib, endigina pochtalon tomonidan topshirilgan do‘st-dushman maktublarini o‘qib, goh kular, goh yig‘lar edilar. (Gazetadan) 2.Tor hovlida o‘tiraverib diqqinafas bo‘lib ketarkansan kishi. (O.) 3.To‘g‘ri, kaminaning ishlarida kamchilik ko‘p. (O.Yo.) 4.Lekin... kishi mansabni qo‘ldan bermasligini, hech kim uni o‘z ishidan ololmasligini bilib turib, ketaman, deb gerdayishi bir boshqa ekan-ku, undan so‘rab o‘tirmasdan olib tashlashlari bir boshqa ekan. (O.Yo.) 5.Men ham (maqtanmay) birdan oldin, birdan keyin darsimni olib borayotirman (G‘.G‘.) 6.O‘sha narsa yuragining to‘rida nish urib ulg‘aymoqda edi. (J.Abd.)
Nazorat savollari:
1. Olmoshlarning ma'no turlarini ayting.
2. Ot, sifat, son, ravish, fe'l, yordamchi so‘z va gap o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlarga misollar keltiring.
3. “Ichi bo‘sh so‘zlar” deb atalish sababini tushuntiring.
4. Zamon qo‘shimchalarining o‘zaro almashinuvi va buning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
5. Majhul nisbat qo‘shimchalari qanday ma'nolarni beradi?
6. Shaxs-son qo‘shimchalarining o‘rin almashinishi orqali qanday ma'nolar ifodalanadi. Misollar asosida tushuntiring.
7. Buyruq-istak mayli 2-shaxs birlik qo‘shimchasi she'riyatda qanday holatda uchraydi? Misollar keltiring.
8. Fe'lga xos so‘zlar gradatsiyasini hosil qiling.


Testlar:
1. Quyidagi javoblarning qaysi birida ko‘rsatish olmoshi gapga ishora qilgan?
a) Chaqaloq tug‘ildi.Uning tug‘ilishi olamga baxt olib keldi.
v) Bu qon eng qutlug‘, eng muborak eng sof qon. Bunga gumonim yo‘q.
s) Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga yoqadi.
d) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi.
2. Qaysi gapda kishilik olmoshiga ta'kid ma'nosi yuklangan?
a) Bu masala bilan men o‘zim jiddiy shug‘ullanaman.
v) Meni kutayotir ajib kelajak
s) “Sening qancha puling bor?” deb so‘radi kosib.
d) Siz bunchalar loqayd bo‘lib bormoqdasiz.
3. Qaysi gap tarkibidagi o‘zlik olmoshi o‘rnida kishilik olmoshini qo‘llab bo‘lmaydi?
a) “O‘zimga aytsin, o‘zimga”-dedi Salimov.
v) Rostini aytsam, o‘zim ham yomon qiz emasman.
s) Bu ishlarning boshida turgan o‘zingsan.
d) Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga ketdi.
4. Qanday so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi?
a) so‘roq olmoshlari
v) kishilik olmoshlari
s) kesim vazifasida kelgan so‘z
d) ega vazifasida kelgan so‘z
5. Otasini hovlining chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Ushbu gapdagi fe'l nisbatini aniqlang.
a) aniq nisbat
v) o‘zlik nisbati
s) majhul nisbat
d) orttirma nisbat
6. Qaysi qatorda bo‘lishlilik ma'nosi ifodalangan?
a) yozmay tur
v) yoza ko‘rma
s) yozmay qo‘yma
d) yozgani yo‘q
7. Birdan ortiq bir xil nisbat qo‘shimchasi qo‘llanganda qanday ma'no ifodalanadi?
a) grammatik ma'no
v) leksik ma'no
s) uslubiy ma'no
d) ma'no ifodalamaydi
8. Tuzattir so‘zida orttirma nisbat qo‘shimchasi qanday ma'no ifodalagan?
a) grammatik ma'no
v) leksik ma'no
s) uslubiy ma'no
d) ma'no ifodalamaydi
9. Bugun hasharga boryapmiz. Gapda qaysi zamon ma'nosi ifodalangan?
a) hozirgi zamon
v) o‘tgan zamon
s) kelasi zamon
d) zamon ma'nosi yo‘q
10. “Shunaqa vaqtda hayajonlanadi odam” gapidagi fe'l qaysi shaxsni ifodalagan?
a) 1-shaxs
v) 2-shaxs
s) 3-shaxs
d) shaxs ifodalanmagan
Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling