15-mavzu: Olmosh va fe'l so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari reja


Fe'llarga xos uslubiy xususiyatlar


Download 52.17 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1316679
1   2   3   4
Bog'liq
15-16-mavzular (1)

Fe'llarga xos uslubiy xususiyatlar
1. Shaxs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1) fe'lning 2-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi?
2) fe'lning 1-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi;
3) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz;
4) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 3-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bo‘ladimi?
2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1) hozirgi zamon davom fe'li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘llanadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).
2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz.
3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi.
3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe'l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi - Ular keldilar.
2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, -il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
5. Fe'l yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi:
1) ba'zi yasama fe'llar iboralarga sinonim bo‘ladi: gulladi - gulga kirdi.
2) qo‘shimcha yordamida yasalgan fe'llar qo‘shma fe'llarga sinonim bo‘ladi: himoyaladi - himoya qildi.
3) fe'l yasovchilar o‘zaro sinonim bo‘ladi: sizlamoq - sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq.
1-topshiriq. Yonma-yon va takrorlanib ishlatilgan kishilik va o‘zlik olmoshlarining semantik uslubiy xususiyatlarini izohlang. Bunday qo‘llanishning sabablarini tushuntiring.
1. Men o‘z og‘zingdan o‘z qulog‘im bilan eshitmoqchiman. (Gazetadan) 2. Meni afv etasizu, o‘zimni o‘zim targ‘ib qilmoqchi emasman. (So‘zlashuvdan) 3. Shavkat Zokirga “ketaymi?” deganday qaradi. -Ha, mayli... Men... Ha, o‘zim telefon qilaman -dedi Zokir. (P.Qodirov) 4. Ishni bildirmasdan xufiya bitirsa bo‘lardi, man bo‘laman, man bo‘laman, deb kerildi. (Oybek) 5. Ha, men! Men o‘lgur sizning pahlavon gaplaringizga uchgan. (Shuhrat) 6. Sizlar meni qo‘rqoq va ablah gumon qilmang, ifloslar! Men xo‘jayin, men amaldor, men jandarm, men politsiya, men pop, men eshak va mullo ham bo‘laman!.. Men pullikman, ahmoqlar, pul! Men hammalaringni badarg‘a qila bilaman... (R.Jalil) 7. Siz o‘zingiz ishbilarmon qizsiz, sizga bizning yordamimiz kerak emas. (A.Qahhor)



Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling