15-mavzu. Qishloq xo`jaligida investitsiyadan foydalanishni rejalashtirish


Real investitsiyalar samaradorligini baholashdagi asosiy tamoyillar


Download 10.5 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi10.5 Kb.
#1273977
1   2   3   4
Bog'liq
Абруев

Real investitsiyalar samaradorligini baholashdagi asosiy tamoyillar


1. Investitsiyaning pul oqimi ko`rsatkichi (cash flow) asosida qaytarilishi (sof foyda + amortizatsiya ajratmalari) bunda pul oqimi ko`rsatkichi har bir yil bo`yicha alohida yoki o`rtacha yillik ko`rsatkich sifatida baholanishi lozim.
2. Investitsiya qilinuvchi kapitalni ham, pul oqimlari miqdorini ham pul mablag`larining hozirgi qiymatiga keltirish. (Investitsiyalar birdan jalb qilinmaydi, turli vaqtlarda kiritiladi)
3. Turli investitsiya loyihalari uchun pul oqimlarini diskontlash jarayonida differensiyalangan foiz stavkasini (diskont stavkasini) tanlash.

Investitsiyalardan olinuvchi daromad (pul oqimlari)ning shakllantirish omillari:


O`rtacha real depozit stavkasi;
Inflyatsiya surati (yoki inflyatsiya mukofoti);
Risk mukofoti;
Past likvidlik uchun mukofot.
Risk (tavakkalchilik) darajasi turlicha 2 ta investitsiya loyihasini taqqoslashda turlicha foiz stavkasini diskontlash qo`llanishi qo`llanishi lozim.
Yuqori foiz stavkasidan risk darajasi yuqori bo`lgan loyiha bo`yicha foydalanish lozim.
Investitsiyalash davri har xil bo`lgan investitisya loyihalari uchun yuqori foiz stavkasi amalga oshirish muddati uzoqroq bo`lgan loyiha uchun qo`llanishi kerak.

Diskont - valyutaning forvard kursi (bitim tuzilgan paytda belgilangan, lekin pul toʻlovi keyinchalik amalga oshiriladigan valyuta kursi) bilan uning ayni paytda naqd toʻlovi amalga oshiriladigan kursi oʻrtasidagi farq (mas, dollarning forvard kursi yarim yildan soʻng 100 soʻm boʻladigan boʻlsa, uning ayni paytdagi kursi 90 soʻm, D. 100—90=10 soʻm boʻladi)

  • Diskont - valyutaning forvard kursi (bitim tuzilgan paytda belgilangan, lekin pul toʻlovi keyinchalik amalga oshiriladigan valyuta kursi) bilan uning ayni paytda naqd toʻlovi amalga oshiriladigan kursi oʻrtasidagi farq (mas, dollarning forvard kursi yarim yildan soʻng 100 soʻm boʻladigan boʻlsa, uning ayni paytdagi kursi 90 soʻm, D. 100—90=10 soʻm boʻladi)
  • Diskontlash - bu ma'lum bir vaqtning o'zida barcha to'lovlar qiymati qiymati orqali oqim oqimining qiymatini aniqlash. Chegirma vaqt omilini hisobga olgan holda pul qiymatini hisoblash uchun asosdir.
  • Diskont stavkasi - bu kelajakdagi daromad manbalarini yagona joriy qiymatga aylantirish uchun ishlatiladigan foiz stavkasi. Diskont stavkasi kelajakdagi NPV pul oqimlarining joriy qiymatini hisoblashda qo'llaniladi.

Download 10.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling