15-Mavzu: QOBILIYAT
Reja:
1. Layoqat va qobiliyat.
2. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari.
3. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi.
Adabiyotlar:
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.
Blits-so’rov savollari
Qobiliyatning tug’ma zamini nima?
Layoqat nima?
Qobiliyatlar deganda nima tushuniladi
Qobiliyatning shakllanishi nimalarga bog’liq?
Qobiliyatning qanday turlari mavjud?
Qobiliyatlar taraqqiyotining oliy darajasi nima deb ataladi?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
Layoqat – asab tizimining ba’zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik xususiyati bo’lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki yakka tug’ma tabiiy zaminidir.
Talant - shaxsning maьlum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori darajasi.
Geniallik - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
Frenologiya - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning rivojlanganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya bo’lib, bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |