15-mavzu. Qobiliyat va iqtidor reja: Qobiliyatlar haqida tushuncha


Download 407.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana09.04.2023
Hajmi407.27 Kb.
#1346656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobi

S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk o`spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi, ya`ni 
adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida 
tahlil?ilishning o`sganligiga e`tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlarni o`qish vaqtida va 
adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi. 
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga 
matematik ob`ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik 
materialga o`ziga xos "yig`ma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim 
2) Qobiliyatli o`quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy 
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) 
matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jarayonida 
qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda 
moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka 
intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini tahmin qilishga asos bo`ladigan tashqi alomatlarni 
belgilash mumkin. Muallif tahminicha bular quyidagilardir: 
1) o`quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim 
majbur qilmasdan, o`zining bo`sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug`ullanishga 
moyillik; 
2) muayyan matematik ko`nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda 
o`zlashtirish qobiliyati; 


3) matematikani o`zlashtirish sohasida tez siljib borish; 
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. 
Mamlakatimiz psixologi M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib 
borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning 
individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o`ziga xos birikmalarni tushunadiki, u 
shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda 
shug`ullana olishini aniqlaydi. 
M.G.Davletshin ham an`anaviy yo`ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita o`sha 
nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o`zgarishsiz qoldiradi. Lekin 
boshqalardan farqli o`laroq, bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va 
fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy iste`dodli shaxs bo`lish uchun unda 
a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj 
qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo`lishi shart.
Keyingi yillar ichida o`zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste`dod masalalari 
bo`yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, 
E.G`.G`oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning tadqiqot ishlari ma`lum bo`lib, qobiliyat, 
iste`dod tushunchalariga o`z ta`riflarini berganlar. 
B.R.Qodirovning fikricha: "Ma`lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat haqida gapirib 
bo`lmaydi. Va o`z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali iste`dodli degani emas. Ko`p qirrali 
va rivojlangan qobiliyatlar iste`dodli bola shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. 
Aksincha, iste`dodli bola qobiliyatsiz bo`lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko`rinib turibdiki, 
iste`dodli bola sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan 
hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to`la boladir. 
 Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1.Qobiliyatlar tushunchasining mazmunini izohlang?
2.Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi nimalarda ko’rinadi?
3.Qobiliyatlar tuzilishini tarkibini ko’rsating?
4.Qobiliyat borasidagi nazariyalarning mazmuni nimalarda ko’rinadi?
5.Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ajratib ko’rsating? 
6.Qobiliyatlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar nimalar bilan belgilanadi? 

Download 407.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling