15-mavzu. Qobiliyat va iqtidor reja: Qobiliyatlar haqida tushuncha


Download 407.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana09.04.2023
Hajmi407.27 Kb.
#1346656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobi

Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo`limini, o`tkir emosional 
ta`sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy 
qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning 
kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o`z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-
texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar 
kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo`lib, nazariy qobiliyatlar 
mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo`ladi.
O`quv qobiliyatlari bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish, shaxs - shakllanishi
pedagogik ta`sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o`ynaydi.
CHAQQONLIK 
BADIIY 
TALANT 
TUSHUNCHALAR BILAN FIKRLASH 
INDUKTIV MULOHAZA 
MUSIQAVIY TALANT 
FAZOVIY 
QOBILIYAT 
XOTIRA 
PERTSEPTIV QOBILIYAT 


Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma`naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g`oya, 
kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo`ladi. 
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining 
yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy 
tabiiy xislat degan ma`noni anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda 
bajarilishini ta`minlaydigan qobiliyat hamda iste`dodlar majmuasidan iborat individual 
xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta`rif berilishiga qaramay, ularda asosiy 
belgilar ta`kidlab o`tiladi, chunonchi shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining 
muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga 
talant deyiladi.

Download 407.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling