15-mavzu. Qobiliyat va iqtidor reja: Qobiliyatlar haqida tushuncha


Qobiliyatlar tuzilishi, turlari. Talantning paydo bo


Download 407.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana09.04.2023
Hajmi407.27 Kb.
#1346656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobi

 
Qobiliyatlar tuzilishi, turlari. Talantning paydo bo`lishi va tuzilishi. Shaxs 
rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli haqida qisqacha xulosa. 
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 
1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo`lib, idrok qilish xotirada saqlash, 
oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar 
asosini shartli reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada 
rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo`lib, ijtimoiy hayot va 
taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o`z navbatida umumiy va xususiy 
qobiliyatlarga bo`linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi aqliy 
qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo`l harakatlarini aniqligi va boshqa 
xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini 
ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo`linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, 
texnika, badiiy ijodiy, sportga bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 
umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta`minlaydigan shaxsning 
yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto`g`ridir, chunki 
intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy 
qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta`sir qiladi, deb 
hisoblovchi psixologlar


topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal 
ahamiyatga ega bo`lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o`tirishning 
hojati yo`q. 
Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. 
Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig`indisi ta`sirini ko`zda 
tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida 
shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo`lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug`ma 
spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.
Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san`at, 
amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb 
klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o`z navbatida mayda turlarga bo`linadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo`lishini, og`zaki 
mantiqiy xotirani, qat`iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda 
qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga 
nisbatan bo`lgan qobiliyatlar. 

Download 407.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling