15 Mavzu: Termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari Ma`ruzaning rejasi


Download 0.71 Mb.
bet6/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#243425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
8 amal tax

Termik ishlov berish deb metall va qotishmalardan tayyorlangan buyum-larga, ularning strukturasi va xossasini berilgan yo’nalishda o’zgartirish maqsadida issiqlik bilan ta’sir etish yo’li orqali ishlov berish jarayoniga aytiladi.

Termik ishlov berish – metall va qotishmalarning xossasini o’zgartiruvchi keng tarqalgan zamonaviy texnik usullardan biri hisoblanadi. Metallurgiya va mashinasozlik korxonalarida termik ishlov berish zagotovka, yarim tayyor mahsulot va mashina detallari ishlab chiqarishni texnologik jarayonlarining muhim zvenolaridan biri hisoblanadi. Termik ishlov berish metall va qotishmalarga bir tomondan texnologik xossalarini (bosim, kesish va boshqa usullar bilan ishlov beruvchanlikni) yaxshilash uchun oraliq operatsiya, ikkinchi tomondan buyumlarni ekspluatatsion tavsifnomalarini talab darajasida ta’minlash uchun metall va qotishmalarni kompleks mexanik, fizik va kimyoviy xossalar berishga mo’ljal-langan oxirigi operatsiyalardan biri hisoblanadi. Termik ishlov berish nazariyasi metallshunoslikning ma’lum bir qismi hisoblanadi. Metallshunoslikda eng asosiy vazifasi, bu metall va qotishmalarni tuzilishi va texnik muhim xossasi orasidagi o’zaro bog’liqlik qonuniyatlarini o’rganishdir. Qizdirish va sovutishda metall materialning strukturasi o’zgaradi, bu esa uning mexanik, fizik va kimyoviy xossalarini o’zgarishiga olib keladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling