15-mavzu. Uskunaviy dasturlash texnologiyalari. Uskunaviy dasturiy ta'minot


Download 0.82 Mb.
bet1/6
Sana30.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1141357
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza №5a


15-MAVZU. USKUNAVIY DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI.
USKUNAVIY DASTURIY TA'MINOT

Reja


  1. Tizimli qayta ishlovchi dasturlar tuzilishi va ularning funksiyalari

  2. Translyatorlarning interpretatsiyali va kompilyatsiyali tiplari.

  3. Assemblerlar, ularning asosiy funksiyalari va ishlashiga misollar.

  4. Uskunaviy dasturiy ta’minot



Uskunaviy dasturiy ta’minot - bu turli dasturiy mahsulotlarni yaratish, sozlash, tahrirlash, tuzatishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot to‘plami.


1.1. Mahalliy vosita

Kompyuterlarda tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni yaratish uskunaviy dasturiy ta’minot yordamida amalga oshiriladi va ularga birinchi navbatda:



  • yuqori darajadagi tillardan past darajaga (mashina tiliga) o‘tkazuvchi translyatorlar ya’ni tarjimonlar;

  • dasturlarni tahrirlash, ularni samarali joylashtirish va yuklash vositalari;

  • assembler va mikroassemblerlar (mashinasozlikka yo‘naltirilgan tillar);

  • mashina dasturlarini sozlovchilar;

  • dasturlashtirish tizimlari.

Translyatorlar - dasturlashtirish tilida yozilgan dasturlarni mashina tilidagi dasturlarga o‘zgartirish (o‘girish) uchun mo‘ljallangan (1-rasm).

1 – rasm.
Har qanday dasturlash tilida tayyorlangan dastur dastlabki modul deb ataladi. Translyatorlar dastlabki modullarni kirish axborotlari sifatida qo‘llaydi va o‘z ishining natijasini muharrirga bog‘lanish uchun mavjud bo‘lgan kirish axborotlarini obyekt moduli shakliga keltiradi. Obyekt moduli mashina tilidagi matnli dasturni va qo‘shimcha ma’lumotlarni, uning yuklash joyidagi modul konfiguratsiyasini va mustaqil bir dasturda tarjima qilingan, boshqa modullar bilan bu modulni birlashtirgan dastur kodini o‘z ichiga oladi.
Dastur bir yoki bir necha dastlabki modulardan iborat bo‘lib, ular (modullar) bir yoki bir nechta dasturlash tilida yozilgan bo‘lishi mumkin.
Translyattorlar ikki sinfga bo‘linadi: kompilyatorlar (compiler) va interpretatorlar (sharhlovchilar). Kompilyatorlar butun dastlabki modulni mashina tiliga tarjima qiladi.

2 – rasm.
Sharhlovchilar ketma ket dastlabki modul operatorlarini mashina tiliga tarjima qiladi va ketma ket bajaradi.

3-rasm. Dastur kodini translyatsiya etish jarayoni.


Interpretatorlarni asosiy kamchiligi sharhlanayotgan dasturni ish tezligining pastligidir. Interpretatorni kompilyatordan afzalligi shundaki, foydalanuvchi dasturi matn shaklidagi bitta ifodaga ega.


Kompilyator esa bir dasturning o‘zi bir nechta matn qo‘rinishiga ega bo‘lib va bajarilayotgan fayl va matn shakllarida bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling