15-mavzu: xalqaro iqtisodiy munosabatlar roli


Iqtisodiy rayonlashtirish masalalari


Download 41.71 Kb.
bet4/9
Sana05.05.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1429471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15 mavzu

Iqtisodiy rayonlashtirish masalalari. O‘zbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan turli — tumanligi uning «geografik geometriyasini», hududiy iqtisodiyotining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, Respublika maydonining 70 foizidan ko‘prog'ini tekisliklar tashkil etishi, an'anaviy sug'orma dehqonchilik uchun kerak bo‘lgan suv resurslarining notekis taqsimlanishi, aholi va ishlab chiqarish zich joylashgan voha va vodiylar bilan bit qatorda yaxshi o‘zlashtirilmagan cho‘l mintaqasining mavjudligi ichki hududiy - iqtisodiy tuzilmaning shakllanishini belgilab beradi. Shuningdek, bunga mamlakat
geoqiyofasi (hududining konfiguratsiyasi, shimoli -g'arbdan janubi - sharqqa cho‘zilganligi), chegara chizig'i, uning oddiy va murakkabligi ham ta'sir etadi.
Ta'kidlash joizki, mamlakat hududi ichki tuzilmasining tabiiy jihatdan har xilligi uning iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega. Chunki, bunday tabiiy geografik holat iqtisodiy geografik vaziyatning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining keng rivojlanishiga imkon beradi. Zero, har qanday mukammal tizim bit tusdagi tarkibiy qismlarning oddiy yig'indisi emas, balki ularning turli - tumanligidan tashkil topadi. Aynan ana shunday sharoitda hududiy birliklar bir - birini to‘ldiradi, ular o‘rtasida iqtisodiy integratsiya jarayoniga ehtiyoj tug'iladi vash u asosda iqtisodiyotning hududiy samaradorligi vujudga keladi.
Biror - bir mamlakatning hududi tabiiy va iqtisodiy jihatdan mutloq bir xil bo‘lmaydi. Huddi shunga mos ravishda ishlab chiqarish kuchlari ham hudud bo‘yicha bir tekis joylashmaydi. Notekislik esa o‘ziga xos hududiy -iqtisodiy rivojlanish omilidir. Qizig'i shundaki, har qanday mamlakat yoki viloyat o‘zining hududida ishlab chiqarish kuchlarini bir tekis joylashtirishga, hududlar ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishini tenglashtirishga harakai qiladi, ammo mutloq holda bunday tenglik hech qachon amalga oshmaydi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan maydoni uncha katta bo‘lmagan vodiy va vohalarga to‘g'ri keladi Masalan, Farg'ona vodiysida (hududi Respublika maydonining atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy -demografik salohiyatining ijtimoiy - iqtisodiy zichligi Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 7,5 marta ziyod.
Bozor munosabatlari nafaqat tarmoq va korxonalararo raqobatni, balki hududlar - iqtisodiy rayonlai orasida ham sog'lom raqobat muhitini taqozo etadi. Bunda har bir hudud o‘z ichki imkoniyatlari, rivojlantiruvch kuchlaridan to‘laroq va samarali foydalanishga, qulay investitsiya muhitini shakllantirgan holda eksport salohiyatin oshirishga intiladi.
Respublikamizni iqtisodiy rayonlashtirish ancha boy tarixga ega. Dastlab, masalan, 60 - yillarda bu yerda 5 iqtisodiy rayon ajratilgan: Toshkent, Farg'ona, Zarafshon, Quyi Amudaryo va Janubiy iqtisodiy rayonlar. O‘shi davrlarda ham bu masala bilan ToshDU (O‘zMU) iqtisodiy geograflari - V.M. Chetirkin, Yu.G. Tsapenko keyinchalik Z.M. Akramov, O.B. Otamirzaev, A.S. Solievlar hamda O‘zFA Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirisl kengashi (K.N. Bedrintsev, S.K. Ziyodullaev) shug'ullanishgan. Ular ajratgan iqtisodiy rayonlarning miqdor avvallari bir xil, ammo rayonlarning tarkibida ayrim farqlar mavjud bo‘lgan. Chunonchi, ToshDU rayonlashtirishd; Qashqadaryo viloyati Janubiy iqtisodiy rayoni tarkibida ko‘rilgan, O‘zFA da esa bu viloyat Zarafshon iqtisodh rayoniga kiritilgan; har ikkisida ham Toshkent iqtisodiy rayoni Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan tashkil etilgan.
Saksoninchi yillarda ToshDU olimlari yangi Mirzacho‘l iqtisodiy rayonini ajratishini taklif qilishgan, O‘zFA esa Samarqand - Qashqadaryo rayonini belgilashgan. Ayni vaqtda o‘rta maktab darsliklarida bu viloyatlar alohida iqtisodiy rayonlar darajasida (ya'ni Samarqand va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlari) ajratilgan va hozirgacha shu tartibda o‘qitib kelinmoqda. Shunday qilib, tarkibi jihatidan munozarasiz rayonlar faqat Farg'ona va Quyi Amudaryo bo‘lgan. Keyinchalik Toshkent hamda Mirzacho‘l (bir vaqtlar u O‘zFA da Sirdaryo - Jizzax rayoni deb ham atalgan) rayonlari tarkibi bo‘yicha ham o‘zaro «murosaga» kelishilgan.
So‘nggi yillarda, mamlakatimizning siyosiy mustaqillikka erishuvi, uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tishi, ichki hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, transport mustaqilligini ta'minlash kabi dolzarb masalalar iqtisodiy rayonlashtirish muammosini qaytadan ko‘rib chiqishni talab qildi. Agar avvallari iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy — iqtisodiy tadqiqotlar «sotsialistik planlashtirish» nuqtai - nazaridan olib borilgan bo‘lsa, hozirgi sharoitda u, eng avvalo, davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga oshirish uchun zarurdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan va uzoq istiqbolni hisobga olgan holda mamlakat milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibini 6 ta asosiy iqtisodiy rayonlar yoki mintaqalar majmuasi shaklida kiritish taklif qilinadi. Bu yerda avvalgi rayonlashtirishdan farq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga tegishli. Qashqadaryo viloyatini, yangi G'uzor - Boysun - Qumqurg'on temir yo‘lini qurilishi munosabati bilan, Surxondaryo bilan birgalikda Janubiy iqtisodiy rayoni tarkibiga, Samarqand viloyati esa, uning tarixiy - geografik rivojlanish omilini e'tiborga olib, an'anaviy Zarafshon iqtisodiy rayoniga kiritiladi.

Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling