15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Download 390.39 Kb.
bet20/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

- T.: Sharq. 1998. 11-b.).
Har bir jamiyat o`zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo`lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo`lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bo`lsa, bizda ham shunday bo`lishi kerak, deb anglashimiz noto`g`ri?! Ya‘ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha,
«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo`ldik», degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi:

  1. siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma‟naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bilan uyg„unlashgan holda sodir bo`lmoqda. G„arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy o`zgarishlar ko`p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti o`lchab bir kes, qabilida ish tutadi. YA‟ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;

  2. xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga ko`ra yangilik va xo`jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xo`jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yo`li gullab-yashnashining o`zagi bo`ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida o`ziga xoslikni vujudga keltirmoqda;

v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA‟ni, uzoq yillar davomida to`plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur;
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G„arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli o`laroq, bizda jamoa o`z o`zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug„ bo`lsa, o`shaning fikri boshqalarga ko`proq ta‟sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bo`lib, biror to`xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qo`rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obro`li kishilarga bo`lgan ishonch va hurmatdir.
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat1 uchun rahbarlar fikri farzdir,
ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an‘anaviylik va



1 Раият—халқ.
zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta‘limotining noyobligini ko`ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yo`lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yo`llarini belgilab berdi. YA‘ni:


  1. Download 390.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling