15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Download 390.39 Kb.
bet18/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mustaqil davlatning asosiy qonuni.

Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O`zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo`lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o`z ifodasini topgan.
Konstitutsiya O`zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishiga qonuniy asos soldi. O`z ona vatanining mustaqil davlat bo`lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O`zbekiston xalqi o`z maqsadiga erishdi, o`z davlatchiligiga o`zi ega bo`ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o`z mazmun - mohiyatiga ko`ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o`zida namoyon etadi.
O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya komissiyasi tarkibi qisman o`zgardi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov
raisligida bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. O`zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi SH.Z.O`razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bo`yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―O`zbekistonning yangi Konstitutsiyasi konsepsiyasining loyihasi to`g`risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini o`rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo`lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o`tdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O`razayev quyidagilarni qayd qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident – o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini o`z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa o`tardi (Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики Узбекистан // Народное слово, 1992, 26 декабрь.).
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitutsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi varianti tayyor bo`ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy o`zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning ko`rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan o`rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o`qib chiqdi, ba‘zi moddalarga o`zgartish kiritishi natijasida ular to`laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bo`ldi. Konstitutsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning
asosiy bo`limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining o`zida Konstitutsiya loyihasiga bag`ishlangan yuzdan ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o`zgartishlar va to`ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda loyiha bo`yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko`p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o`rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin o`zgartish, qo`shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil O`zbekiston davlatining Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro`yobga chiqishi uchun ishonch bag`ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitutsiyani ―xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o`tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O`zbekiston, 1996. – 118 bet.).
Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bo`lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g`oyalar yo`lida erishilgan qoidalarni o`ziga singdirgan.
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning
―Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma bo`lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi, uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ekanligi haqidagi xulosasining to`g`riligi va asoslanganligini tasdiqlaydi (Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet).
Mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat‘iyan tugatilib, ko`ppartiyaviylik, g`oyalar va fikrlar xilma-xilligiga yo`l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora qaror topmoqda.
Konstitutsiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lidagi barcha g`alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yo`limizni ko`rsatuvchi muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstitutsiyamiz– Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O`zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi o`rni va nufuzini tubdan o`zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz (Karimov I.A. Bizning yo`limiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. - T.: O`zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.).
Konstitutsiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy o`zgarishlar yuz berdi.
Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish uchun o`rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga o`zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham o`rnatilgan tartibdir. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish Konstitutsiyaning 127-moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan: ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat hayotida muhim o`zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o`zgartish va qo`shimcha kiritilgan bo`lib, ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga asosan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan degan so`zlar
―deputatlardan degan so`z bilan almashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o`tish va 2004 yilda bo`ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bo`lib, 2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag`ishlangan bo`lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag`ishlangan. Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76- moddasida ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil, degan qoida bilan mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag`ishlangan XIX bobiga ham
o`zgartish kiritildi. Kiritilgan o`zgartishga muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi degan
qoida chiqarib tashlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o`tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-bandiga ko`ra esa, amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya to`g`risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag`ishlangan XX bobiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi degan qoida mavjud bo`lgan bo`lsa, kiritilgan o`zgartishga ko`ra, 98-moddaning ikkinchi qismida
―Vazirlar Mahkamasi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, degan qoida belgilandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, 6-qismiga esa ―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli degan qoidalar kiritildi.
Mazkur kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ―O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish vakolati berildi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―O`zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar degan qoida o`rniga ―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.
Saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar, degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo`shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar, degan qoida bilan to`ldirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 6-bo`limiga ham o`zgartish kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127-moddasi ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi, deb belgilangan edi.
Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalardan so`ng mazkur moddada ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, degan iboralar o`z ifodasini topdi.
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini
oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11 aprelda ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to`g`risidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi degan tahrirda, 93- moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi
―Viloyat va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi degan tahrirda bayon etildi.
2008 yil 25 dekabrdagi ―Saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga o`zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko`ra, mazkur moddaning birinchi qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, degan tahrirda bayon etildi.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi
―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi nomli ma‘ruzasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o`zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o`rin olgan. I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 apreldagi ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)gi Qonunda o`z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig`i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandiga qo`shimcha kiritilgan bo`lib, unga ko`ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o`zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to`g`risidagi farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12- bandidagi ―O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va degan so`zlardan keyin ―uning o`rinbosarlari degan so`zlar chiqarilib, ularning o`rniga ―Hisob palatasi raisini degan so`zlar bilan to`ldirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitutsiyamizning 93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan so`zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o`zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
Konstitutsiyamizning 89-moddasiga ko`ra, ―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig`i bo`lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim o`zgartish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93- moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan so`zlardan oldin ―O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan degan so`zlar bilan to`ldirish borasida. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog`liq.
Qonundan o`rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93- moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ―O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli degan so`zlar bilan to`ldirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig`i sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o`tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o`tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o`z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida,
―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunga to`liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o`tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko`ra o`z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo`l qo`ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi Konstitutsiyaviy qoida joriy etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko`p deputatlik o`rinlarini qo`lga kiritgan bir necha siyosiy
Download 390.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling