15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Zamonaviy transport-kommunikatsiya


Download 390.39 Kb.
bet30/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.

Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O`zbekiston avtomobil transporti" ("O`zavtotrans") davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti); "O`zbekiston temir yo`llari" davlat- aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo`llari qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yo`llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog`laydigan yo`llar qurish masalalariga e‘tibor kuchaydi. O`z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan o`rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo`shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1995-2010 yillarga mo`ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan Toshkent-Andijon-O`sh magistralining 100 km.dan ortiq tog`li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent- Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yo`li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog`laydigan avtomobil yo`li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo`lagi)ning respublika hududidan o`tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O`zbekistonni Qozog`iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog`laydigan 340 kilometrli Qo`ng`irot-Beynov avtomobil yo`li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo`nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7
mayda O`z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.
O`zbekistonning yagona temir yo`l tarmog`ini vujudga keltirish bo`yicha 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo`li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo`lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo`lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy transport yo`laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 oktabrda "O`zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi. Uyushma tarkibiga "O`zbekiston temir yo`llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi, "O`zavtoyo`l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug`ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
1995-2005 yillarda O`zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari qurildi, 1435 km. avtomobil yo`llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o`tkazildi, 47046 km. yo`l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko`prik qurildi.
Bu davrda "O`zbekiston havo yo`llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o`zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro`-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.
2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qo`shni davlatlar hududidan o`tmaydigan, mamlakat hududlarini bog`lovchi yangi temir va avtomobil yo`llari qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yo`l tarmog`ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi G`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on temir yo`lining qurilishi amalga oshirildi.
2007 yil 24 avgustda O`z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshg`uzor-Boysun- Qumqo`rg`on temir yo`lining tantanali ochilishida nutq so`zlab, "Asriy tog`u toshlar, dashtu
biyobonlar bag`rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo`lgan bu temir yo`lni qisqa davrda, hammasi bo`lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o`zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz", deb ta‘kidlagan edi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o`zbek xalqi o`z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog`li hududlar bo`ylab, yozning jazirama issig`i, garmsellari, qishning izg`irin shamollari ostida temir yo`l izlari yotqizilgani, Toshg`uzor va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo`rg`on kabi 6 ta yangi stansiya va yo`lovchi platformalariga ega bo`lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko`rish mumkin. Barcha stansiyalarda yo`l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko`rsatadi.
Yangi temir yo`l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy tuz koni asosida Dehqonobod kaliy o`g`itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga xorijiy mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish bo`yicha ishlar boshlandi. Surxondaryo viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg`un va Boysun toshko`mir konlarini o`zlashtirish, yangi sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yo`l tarmog`ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo`lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo`llarga xizmat ko`rsatish va yo`l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qo`shimcha yangi ish o`rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida qo`shimcha 3-4 mingta ish o`rniga ega bo`lingani ulkan muvaffaqiyatdir.
Bu yo`l O`zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg`on temir yo`l yo`lagi orqali yaqin kelajakda to`g`ridan-to`g`ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini keskin oshiradi.
Respublikada 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog`ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.
2012 yilning 5 yanvarida temir yo`llarni elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qo`llash asosida yo`lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, sifatli xizmat ko`rsatishni ta‘minlash maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida "Maroqand-Qarshi temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida» Prezident Qarori qabul qilindi.
2017 yil 13 martda ―Buxoro-Miskin temir yo`l liniyasini qurish chora-tadbirlari to`g`risidagi (PQ-2827), shu yil 26 mayda esa ―Islom taraqqiyot banki ishtirokida «M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo`lini rekonstruksiya qilish» hamda «Saudiya taraqqiyot jamg`armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi ishtirokida «4R87 G`uzor-Chim- Ko`kdala avtomobil yo`lini rekonstruksiya qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi O`zR Prezident Qarorlarining qabul qilinishi mamlakatimiz transport-kommunikatsiya tizimini yaxshilash yo`lidagi navbatdagi qadam bo`ldi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazi va "Angren" logistika markazining imkoniyatlari juda keng. Ta‘kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hududida yagona bo`lgan ushbu markazda tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari zamonaviy texnika vositalari yordamida tezkorlik bilan amalga oshiriladi.
2012 yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta‘minlandi. Jumladan, O`zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ- 85 samolyotlari bilan to`ldirildi. "O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo`nalishini boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko`rsatayotgan, so`nggi avlod
aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko`rsatish va ularni ta‘mirlash bo`yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo`lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko`rsatilayotir.
"O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg`ona, Navoiy) zamona- viy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo`lishidan qat‘i nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi ―Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g`risidagi PF-5647-son Farmoni bilan O`zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O„zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik avtomobil, temir yo‗l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‗l xo‗jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‗yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga
kiruvchi hududiy bo‗linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim ―drayverlaridan biriga aylandi. 2019 yilga kelib bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko`ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qo`llash va yangi istiqbolli yo`nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo`lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha keyingi 3 yilda yo`l qurilishiga – 9,8 trillion so`m, suv tarmoqlariga – 4,6 trillion so`m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so`m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 1,2 trillion so`m mablag` ajratilgan. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun so`nggi
10 yilda sarflangan mablag`lardan bir necha barobar ko`pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha o`n barobar ko`p mablag` talab etiladi.
2020 yil noyabr xolatiga ko‘ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yo`llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo`llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yo`llar 14 203 km. va mahalliy ahamiyatdagi yo`llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.
2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan avtotransport vositalari soni 3.083.849 tani tashkil qiladi. Shundan eng ko`p avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga to`g`ri kelmoqda.
Respublikadagi yo`l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan.

Download 390.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling