Siyosiy huquqlar, ularning kafolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
o‗z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig`ilishlar shaklida amalga oshirish;
kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, ―Jamoat tashkilotlari to‗g`risida,
―Ommaviy axborot vositalari to‗g`risida, ―Siyosiy partiyalar to‗g`risida va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mustahkamlanib qo‗yilgan:
uy-joyga ega bo‗lish;
mulkdor bo‗lish va undan erkin foydalanish;
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya-lanish;
yollanib ishlaganda dam olish;
qariganda, mehnat qobiliyatini yo‗qotganda, boquvchisidan mahrum bo‗lganda ijtimoiy ta‘minot olish;
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
bilim olish;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.
Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgilab qo‗yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta‘minlaydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Zarur bo‗lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. ―Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‗g`risidagi Qonun (1995-yil 30-avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |