15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari
Download 390.39 Kb.
|
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Levitin L., Karlayl D. Islom Karimov yangi O„zbekiston Prezidenti. -T.: O„zbekiston, 1996 .B. 58
- Qirg„izboyev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy qarashlar, mafkuralar, madaniyatlar. -T.: Sharq, 1998.-B. 116.
- Azizxo`jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. -T.: Akademiya, 2001. B. 67.
- Yigitaliyev S. Men xalq bilan birgaman // "Xalq so`zi" gazetasi, 1993 yil 29 dekabr
- 2019 yilning 8 yanvar kuni O`zbekiston ekologik partiyas
- Karimov I.A. O„zbekiston XXI asr bo`sag„asida: xanfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O„zbekiston, 1997. B.
partiya bo`lsa bo`laversin, ularning faoliyatiga tegishli
sharoit yaratib beriladi" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j.T.: O„zbekiston. 1996. B.351.). O`tgan asrning 20-yillari boshlariga kelib, mamlakatimiz hududida yakka partiyaviylik bilan bir qatorda yakka hokimlik o‗rnatildi. Turli nom va ko‗rinishdagi barcha partiyalarning faoliyati tugatildi. Bolsheviklar partiyasi hamma jabhaga kirib borib, asosiy boshqaruv jilovini qo‗lga oldi. Hukmron partiya davlat va hukumatning asosiy funksiyalari mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi kuchga aylana bordi. Bunday sharoitda demokratiya va uning asosiy institutlaridan nishon ham qolmasdi. Kommunistik partiyaning g`oyasiga ko‗ra, har bir insonning dunyoqarashi kommunistik mafkura asosida shakllanishi kerak edi. Kommunistlar tub aholining manfaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi bilan umuman hisoblashmasdi. Komunistik partiya faoliyatining asosiy qoidalari demokratik sentralizm deb atalsa-da, aslida o‗taketgan markazlashuv (avtoritar, byurokratik boshqaruv)ni anglatardi. Fikrlar xilma- xilligiga yo‗l qo‗ymaslik, siyosiy tashkilotga xos bo‗lmagan ma‘muriy-xo‗jalik masalalari bilan shug`ullanish, davlat idoralari, shuningdek, jamoat birlashmalari ishlariga aralashish va boshqalar partiya faoliyatining asosini tashkil etardi. Kompartiya butun siyosiy hokimiyat tizimi o‗zagini tashkil qilar edi: "U rahbarlikning shunday bir qismi ediki, bu qism qolgan jamiki rahbarlikka rahbarlik qilardi, ya‘ni oliy maqomdagi rahbariyat edi. Rahbarlikning va jamiyatni boshqarishning barcha tizimlari bevosita partiya boshqaruvi nazorati ostida ishlar, amalda ham uning uzviy bir davomi va bamisoli shaxobchasiday edi (Levitin L., Karlayl D. Islom Karimov yangi O„zbekiston Prezidenti. -T.: O„zbekiston, 1996 .B. 58). Ushbu partiya va uning kelajakni o‗ylamay ishlab chiqilgan xom mafkurasi XX asrning 90-yillariga kelib siyosiy inqirozga yuz tuta boshladi. Buni har xil siyosiy o‗yinlar va boshboshdoqlik hamda davlat to‗ntarishlarida ko‗rish mumkin edi. Shunga o‗xshash turli xil siyosiy inqirozlar kompartiyaning bundan keyin faoliyat yurita olmasligini amalda isbotladi. Shu davrga kelib, partiya a‘zolari orasida ham mustaqillik g`oyalari kuchayib, ular amaliy ishlarga aylana boshladi. O`zbekistonda 1989 yilda partiya rahbariyatiga Islom Karimov kelgandan so‗ng ichki va tashqi siyosatda jiddiy o‗zgarishlar yuz bera boshladi. Aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida turli tadbirlar amalga oshirildi. Oliy Kengash tomonidan 1991 yil 15 fevralda "O`zRda jamoat birlashmalari to‗g`risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatda jamoat birlashmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun ilk bor mustahkam huquqiy asos yaratildi. Sobiq ittifoqdosh respublikalarda bo‗lganidek, O`zbekistonda ham turli xil siyosiy guruhlar va harakatlar vujudga kela boshladi. Xususan, 1988 yil 16-noyabrda "Birlik" xalq harakati tashkil etildi. Ushbu harakat ilk siyosiy jamoat birlashmasi bo‗lganligi uchun o‗z faoliyatida ko‗plab xatolarga yo‗l qo‗ydi. Ular faoliyat nuqtai nazaridan ko‗proq harakat emas, balki siyosiy partiyaga o‗xshab ketar edi. Harakat a‘zolari o‗sha paytdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, turli xil miting, namoyishlar o‗tkazish orqali o‗zlarini "xalqparvar" qilib ko‗rsatishga hamda shu yo‗l bilan soxta obro‗ olishga harakat qilar edilar. Aslida esa ushbu harakat Litva Respublikasida o‗sha paytda faoliyat yuritayotgan "Sayudis" tashkilotiga taqliddan boshqa narsa emas edi. "Birlik"chilar o‗z faoliyatlarini Boltiqbo‗yi respublikalaridan harakatlarning dasturlarini ko‗chirishdan boshladi. Bunda ular O`zbekistonning o‗ziga xos xususiyatlarini mavjud sharoitni, siyosiy muhitni, kishilarning siyosiy madaniyati darajasi va boshqa omillarni hisobga olmasdan turib, Boltiqbo‗yi respublikalaridagi tashkilotlarning faoliyatini aynan takrorlashga harakat kildilar", "... ular o‗tish davridagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf qilishga kirishgan hukumat va uning mahalliy organlariga yordam berish o‗rniga, aksincha, ular tomonidan olib borilayotgan xayrli tadbirlarni payqamaslikka, hattoki, eng xalqchil va ijobiy islohotlarni ham tanqid qilishga intilar edilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o‗z ildiziga ega bo‗lmadi (Qirg„izboyev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy qarashlar, mafkuralar, madaniyatlar. -T.: Sharq, 1998.-B. 116.). Tashkilotda ichki nizolar avj olib, siyosiy porakandalikka yuz tutildi hamda u ikkiga bo‗linib ketdi. 1990 yil 30 aprelda "Erk" partiyasi ta‘sis qurultoyi bo‗ldi, unda partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. Ushbu tashkilotning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadi balandparvoz gaplar bo‗lib, uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmagan edi. Mazkur partiya ham "Birlik" harakati singari hissiyotga berilish, mitinglar, inqilobiy chaqiriqlar, yolg`on va‘dalardan nariga o‗ta olmadi. Xalqdan ajralib qolgan partiya o‗zining ayrim "siyosatchilari"dan tashqari tarafdorlariga ham ega emas edi. "Erk"chilar saylovda mag`lubiyatga uchraganlaridan keyin o‗zlarini demokratiya tarafdorlari deb atasalar-da, endi g`ayridemokratik yo‗llar bilan siyosiy hokimiyatni qo‗lga kiritishga harakat qildilar. Ular hech qanday qonunni, hattoki Konstitutsiyani mensimaydigan jinoyatchilar guruhiga aylandilar" (Azizxo`jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. -T.: Akademiya, 2001. B. 67.). Aniq dasturiy hujjatlarning yo‗qligi, noma‘qul qadami, o‗zaro murosasizligi, so‗l- ekstremistik va fundamentalistik kuchlarni qo‗llab-quvvatlashi natijasida ayrim partiya va harakatlarga nisbatan respublika rahbariyati tomonidan bu xavfning oldini olish choralari ko‗rildi. Shu tariqa "Erk" partiyasi 4 yildan oshiq faoliyati davomida siyosiy o‗yinlarni qanchalik namoyish etmasin, tor manfaatlar girdobidan chiqa olmadi. Shu o‗rinda, mazkur masala yuzasidan partiyaning o‗sha paytdagi faollaridan birining matbuotdagi quyidagi fikrlarini keltirib o‗tish joiz: "Butun bir siyosiy partiya bugungi kunda xususiy tashkilotga aylanib qoldi va o‗z egasiga xizmat qilmoqda. Partiya raisi yolg`iz o‗zi partiya nomidan qarorlar va bayonotlar qabul qilmoqda, qurultoy va plenumlarda saylanadigan shaxslarni lavozimga tayinlab, lavozimdan olmoqda. Kommunist diktatorlar ham bunday ishlarni qilmagan edi" (Yigitaliyev S. Men xalq bilan birgaman // "Xalq so`zi" gazetasi, 1993 yil 29 dekabr.). O`zbekistonda milliy mustaqillikning e‘lon qilinishi, Ittifoqdan mustaqil davlat tuzilmalarining shakllanishi, sobiq kommunistik partiya tashkilotlarining butunlay tugatilishi natijasida fuqarolik jamiyati instituglarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Mamlakatda xalq o‗z manfaatlari va siyosiy irodasini erkin bildirish, erkin ifoda etishi uchun huquqiy asoslar hamda munosib siyosiy muhit yaratilishi bilan siyosiy partiyalar ham tuzila boshladi. Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‗ppartiyaviylik asosida o‗tkazilishidir. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan "O`zR Prezidenti saylovi to‗g`risida"gi Qonunda saylovning ko‗ppartiyaviylik asosida o‗tkazilishi hukuqiy jihatdan e‘tirof etildi. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar mamlakat Prezidentligiga nomzodlar ko‗rsatish huquqiga ega ekanligi bayon etildi. "O`zRda jamoat birlashmalari to‗g`risidagi Qonunning ko‗ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta‘minlab berishi natijasida mamlakatda yangi siyosiy partiyalarning yuzaga kelish jarayoni boshlandi. Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yil 1 noyabrda bo‗lib o‗tgan ta‘sis qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil O`zbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqea, ya‘ni O`zbekiston XDP ta‘sis etilganligini e‘lon qilib, uning Dasturi va Nizomini qabul qildi. Lekin, Xalq demokratik partiyasi tashkil etilgandan so‗ng, uning rivojlanishi bir tekisda ketdi, deb bo‗lmaydi. Xususan, XDPning ko‗pgina mahalliy kengashlari partiya quyi bo‗g`ini tizimini tezroq shakllantirishga berilib, ular tarkibining sifatiga, a‘zolarning umumiy soni va uyushganlik darajasiga yetarli e‘tibor bermadilar. Oqibatda a‘zolar soni 10 kishigacha bo‗lgan boshlang`ich partiya tashkilotlari soni ularning umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etdi. Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar uch marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, o‗z saylovchilari ishonchini qozongan holda parlamentda o‗z fraksiyasini tashkil etishga erishdi. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi bugungi kunda parlament partiyasi sifatida faoliyat yuritmoqda. O`zbekistonda ko‗ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‗z o‗rniga ega partiyalardan yana biri O`zbekiston "Vatan taraqqiyoti" partiyasi bo‗ldi. Ushbu partiya 1992 yil 24 mayda bo‗lib o‗tgan ta‘sis qurultoyida tashkil topgan. Partiya o`z oldiga Vatan va xalq kelajagi uchun shaxsiy mas‘uliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir hurfikrli insonlarni tanlash, o‗zbek xalqining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz hududidan olib ketilgan moddiy va ma‘naviy boyliklarni qaytarish uchun kurashish, taraqqiyotga g`ov bo‗layotgan byurokratiya, korrupsiyaga qarshi kurashishda ularni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilishga, O`zbekistondagi ekologik vaziyatga jahon jamoatchiligi e‘tiborini jalb kilish, ilm-fan taraqqiyotining iqtisodiy omillarini qayta ko‗rib chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‗ygan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995 yil 18 fevralda birinchi ta‘sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Ta‘sis qurultoyida avvalgi saylovlarda saylangan tashabbuskor guruhning 47 deputati ishtirok etib, ular "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasini tashkil etdi. O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi O`zbekistonda shakllangan ilk sotsial- demokratik partiyadir. Hozirgi kunda ko‗plab mamlakatlarda sotsial-demokratik yo‗nalishdagi partiyalarning mavqei ancha ustun. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan bo‗ladi. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo‗nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‗lga qo‗yishga va xalqaro sotsial demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi o‗rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi. Aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza etishga ko‗maklashadi, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat‘iy amal qilib, ularning manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiladi. Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri O`zbekiston ―Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995 yil 3 iyunda birinchi ta‘sis Qurultoyida tuzilgan. O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an‘analar va qadriyatlarni asrashdan iborat. O`zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur partiya faoliyatiga baho berib quyidagi fikrlarni bildirgan edi: "Bu partiyaning, mening nazarimda, boshqalardan farqli o‗laroq, xalqimizda milliy o‗zlikni anglash, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yuksaltirish haqida ko‗proq qayg`urishi tabiiydir. Biz kimmiz? Kimning avlodimiz? Millatimiz nima hisobidan ulug` bo‗lgan, dunyoga tanilgan? Bugun dunyoga chiqishning qanday imkoniyatlari bor? Kelajagi buyuk davlat qurishni niyat qilgan ekanmiz, buning uchun qanday hayotiy asoslar mavjud?" degan savollarga javob topish Milliy tiklanish partiyasining asosiy faoliyat yo‗nalishiga aylanishi kerak". 1998-yil 28-dekabrda ―Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi tashkil etiladi. 2000 yil 14 aprel kuni "Vatan taraqqiyoti" partiyasi va ―Fidokorlar milliy-demokratik partiyasining qo‗shma qurultoyi bo‗lib o‗tdi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi va ikkita partiya birlashdi. 2008 yil 20 iyun kuni O`zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi va O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‗ldi. Unda asosiy masala O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‗g`risidagi masala ko‗rib chiqilib, ikkala partiyaning birlashishi to‗g`risida qaror qabul qilindi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun- mohiyatiga ko‗ra bir-biriga yaqin, ya‘ni, milliy tiklanish va vatanparvarlik g`oyasini ro‗yobga chiqarish, milliy an‘ana va qadriyatlarni himoya qilish, asrab-avaylash hamda rivojlantirish ekanligi ta‘kidlandi. 2009 yilgi OM Qonunchilik palatasiga o‗tkazilgan saylovlar yakuniga ko‗ra, Milliy tiklanish demokratik partiyasining 31 ta deputatdan iborat fraksiyasi ro‗yxatga olingan. O`zbekiston siyosiy tizimida o‗ziga xos o‗ringa ega bo‗lgan O`zbekiston Liberal- demokratik partiyasining (O`zLiDep) Nizomi va Dasturi uning 2003 yil 15 noyabrda bo‗lib o‗tgan Ta‘sis Qurultoyida tasdiqlangan. O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‗jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Partiya 2009 yilgi saylov natijalariga ko‗ra, OM Qonunchilik palatasida 53 ta deputatdan iborat fraksiyaga ega. Aytish joizki, dunyoda ekologiya yo`nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda ―yashillar nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g`oyalarini ilgari suradi. Mazkur partiyalarning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. O`zbekistonda ekologik partiyani tashkil etish hayotiy zaruratdir. Shu sababli 2019 yilning 8 yanvar kuni O`zbekiston ekologik partiyasi ta‘sis syezdi bo`lib o`tdi. Ta‘sis syezdida 2018 yilning 1-17 dekabr kunlari O`zbekiston ekologik partiyasi ta‘sis syezdiga Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar saylash bo`yicha o`tkazilgan konferensiyalarda ekologik siyosiy partiya tuzish bo`yicha tashabbuskorlar, ekologiya va sog`liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, ta‘lim muassasalari professor-o`qituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari orasidan muqobillik asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, ya‘ni ommaviy axborot vositalari va umuman keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O`zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo`naltirilgan davlat siyosatini ro`yobga chiqarishni ta‘minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo`lishiga erishishga ko`maklashishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasining ―Siyosiy partiyalar to`g`risidagi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo`yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi. O`zRda siyosiy partiyalarning o‗tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‗ramiz. Jumladan, O`zR Konstitutsiyasi, "Siyosiy partiyalar to‗g`risida"gi, "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‗g`risida"gi hamda "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya kilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g`risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidan. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‗ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi. 2004 yil 30 aprelda O`zRning "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‗g`risida"gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, unda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari, davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi, xayriya yordami olish qoidalari hamda moliyaviy mablag`lardan belgilangan tartibda foydalanishi ustidan nazorat qilish tartiblari mustahkamlab qo‗yilgan. Ta‘kidlash joizki, ushbu Qonunda ilk marotaba siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish turlari belgilab qo‗yildi Siyosiy partiyalarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan huquqiy asoslardan biri sifatida O`zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan OM Qonunchilik palatasiga kiritilgan va parlament tomonidan qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g`risida"gi O`zRning Konstitutsiyaviy Qonunini ko‗rsatish mumkin. Ushbu Qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish, ularning funksiyalari samaradorligini oshirish, aholining manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko‗tarish va hal qilish, partiyaning yo‗nalish hamda dasturini parlament va mahalliy Kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini shakllantirishdan iborat. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o‗z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo‗ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlarini, xususan, uning muhim bo‗g`ini hisoblangan siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o‗rni va rolini mustahkamlash borasida islohotlar amalga oshirshshb kelinmoqda. O`zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek, "Biz uchup fuqarolik jamiyagi ijgimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‗lib, u insonning o‗z-o‗zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‗la darajada ruyobga chiqishiga yordamlashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Ya‘ni, erkinlik va qonunga bo‗ysunish bir vaqtning o‗zida amal qiladi (Karimov I.A. O„zbekiston XXI asr bo`sag„asida: xanfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O„zbekiston, 1997. B. 173.). Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz O`zRning birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga erishishda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish bo‗yicha izchil, bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib, fuqarolik jamiyati institutlarining, shu jumladan, siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiiing hukuqiy asoslari mustahkamlab borilmoqda. 2019 yil dekabrda Oliy Majlisga bo‗lib o‗tgan saylovlardan oldingi saylovoldi targ`ibotlarda deputatlik o‗rinlari uchun kurashda mavjud partiyalar oldingi saylov jarayonlariga nisbatan ancha faol, o‗zaro raqobat va demokratik kurash yo‗liga o‗tganligini ko‗rsatdi. Vaqtli matbuot, ijtimoiy tarmoqlar va televidiniyeda partiya raislarining jonli debatlari partiyalarning saylovchilar bilan bevosita konstruktiv muloqot va o‗zaro raqobat muhitiga kirganligini yaqqol namoyon etdi. Download 390.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling