15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Download 390.39 Kb.
bet37/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Xo`jalik sudlari. O„zR Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq, "Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o`rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o`rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik nizolarini hal etish Oliy xo`jalik sudi va xo`jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi (O„zRning Konstitutsiyasi. -T.: O„zbekiston. 2012. 31- bet).
Umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda bu sudlar boshqa organlarning yurituviga
kiritilgan har qanday nizolarni ko‗rib chiqadi.
Mamlakatimizda xo‗jalik sudlari vakolatlari bilan umumiy yurisdiksiya sudlari vakolatlarining nizo xususiyatiga qarab farqlash, ajratish muayyan ahamiyatga ega. Xo‗jalik sudlarida ishlarini ko‗rib chiqish va muhokama etish tartibi, asosan, yuridik shaxslarga mo‗ljallangan.
1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudi va xo‗jalik nizolarini hal etish tartibi to‗g`risida"gi Qonun bilan arbitrajlar tugatildi, tadbirkorlik faoliyati jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar (iqtisodiy nizolar) yoki boshqaruv sohasidagi munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etish vakolatlari hakamlik sudlariga berildi. Hakamlik sudlari yagona tizimi O`zR Oliy hakamlik sudi, Qoraqaliog`iston Resiublikasi Hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlaridan tarkib topdi.
1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan O`zRning "Sudlar to‗g`risida"gi Qonuni va O`zRning Konstitutsiyasi hakamlik (arbitraj) sudlarining hozirgi xo‗jalik sudlariga aylanishida asos bo‗lib xizmat qildi. Ayni vaqtda 1993 yil 2 sentabrdagi O`zRning Qonuni bilan O`zRning Xo‗jalik protsessual kodeksi tasdiqlandi. O`zRning 1997 yil 30 avgustdagi Qonuni bilan O`zR Xo‗jalik protsessual kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi va u 1998 yil 1 yanvardan e‘tiboran amalga kiritildi.
O`zRning xo‗jalik sudlari ikki bo‗g`inli tizim sifatida ish ko‗radi. Birinchi bo‗g`inga Qoraqalpog`iston Resiublikasi Xo‗jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari kiradi. Ikkinchi bo‗g`in O`zR Oliy xo‗jalik sudidan iborat.
O„zR Oliy xo`jalik sudi. Oliy xo`jalik sudi Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud bilan birgalikda O„zRning oliy sudlov organlari maqomiga ega. O„zR Oliy xo`jalik sudi sudlov tizimi sifatida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin shakllandi.
O`zR Oliy xo‗jalik sudiga ushbu sud raisi boshchilik qiladi. Oliy xo‗jalik sudi besh yil muddatga saylanadigan Oliy xo‗jalik sudi raisi, uning birinchi o‗rinbosari, o‗rinbosarlari, sudlov hay‘atlarining raislari va sudyalardan iborat bo‗ladi.
O`zR Oliy xujalik sudining sudyasi, O`zR Prezidentining taqdimnomasiga binoan, O`zR
OM Senati tomonidan saylanadi.
Oliy xo‗jalik sudida sudyalar orasidan fuqarolik xuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni kuruvchi sudlov hay‘ati va ma‘muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‗ruvchi sudlov hay‘ati tuziladi. Sudlov hay‘atlarining raislari va tarkibi Oliy xujalik sudi Plenumida tasdiqlanadi.
Oliy xo‗jalik sudi tarkibida Oliy xo‗jalik sudi Plenumi va Oliy xo‗jalik sudi Rayosati ham
faoliyat ko‗rsatadi.
Oliy xo‗jalik sudi Plenumi oliy sudlov instansiyasi bo‗lib, O`zR Oliy xujalik sudi raisi, rais o‗rinbosarlari, sudyalari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xujalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.
O`zR Oliy xo‗jalik sudining Plenumi ko‗rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi. Oliy xo‗jalik sudi Plenumi majlislarida bayonnoma yuritiladi. Oliy xujalik sudi tarkibida Oliy xo‗jalik sudi raisi, uning o‗rinbosarlari hamda O`zR Oliy xo‗jalik sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdordagi sudyalardan iborat Oliy xujalik sudi Rayosati ish olib boradi.
O`zR Oliy xo‗jalik sudi Rayosati xo‗jalik sudlariga taalluqli ishlar yuzasidan oliy nazorat
instansiyasidir.
O`zR Oliy xo‗jalik sudining sudlov hay‘atlari ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida ko‗radi.
Sud apellyatsiya tartibida ishni ko‗rib chiqib, qarorni o‗zgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; qarorni to‗liq yoki qisman bekor qilishga hamda yangi qaror qabul qilish yoki qarorni o‗zgartirishga; qarorni butunlay yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni to‗xtatishga yoki da‘voni to‗liq yoki qisman ko‗rmasdan qoldirishga haqli.
Prezidentimiz Parlamentga Murojaatnomasida sud tizimini isloh qilish borasida qator
masalalarni qayd qilib o‗tdilar:
―sud mustaqilligini to‗liq ta‘minlash – eng muhim vazifalarimizdan biri bo‗lishi zarur.
Yana bir bor aytmoqchiman – dastlabki tergovda davom etib kelayotgan qonun buzilish holatlarini faqat va faqat sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erishish orqali bartaraf etish mumkin. Bu borada qabul qilgan qonuniy chora-tadbirlarimiz aniq natijalar bera boshladi. Ushbu ijobiy o‗zgarishlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar mustaqilligi bo‗yicha maxsus
vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida e‘tirof etdi.
Sud islohotlarining ikkinchi davri asosiy xususiyati Prezident SH.Mirziyoyevning 2017 yil 21 fevraldagi ―O`zR sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g`risidagi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida O`zR Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik,
jinoiy, ma‘muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi
– O`zR Oliy sudi tashkil etildi. O`zR Oliy sudi Harbiy hay‘ati, O`zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari O`zR Qurolli Kuchlari tarkibidan O`zR Oliy sudi tizimiga o‗tkazildi.
O`tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning o‗zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‗lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qo‗yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi va o‗zgartirildi.
Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta‘minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutug`imizdir. Men, Prezident sifatida, sudyalarning bunday jasorati va qat‘iyatini bundan keyin ham to‗liq qo‗llab- quvvatlayman.
Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e‘tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‗lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‗ndalang qo‗yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaqirib olib, o‗rganish amaliyotini cheklash lozim. Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‗rganishi mumkin.
Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish
qo‗zg`atish bo‗yicha vakolatlarni qayta ko‗rib chiqish kerak.
Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta‘minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‗ladi. Sud ostonasiga qadam qo‗ygan har bir inson, O`zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‗la ishonch
hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, ―Adolat yo‗qolgan paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi.
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O`zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‗lishi lozim.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini kiritsin.
Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil
oldin qabul qilingan bo‗lib, hozirgi davr talablariga javob bermaydi.
Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma‘muriy javobgarlik to‗g`risidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg`or standartlarni joriy etishga alohida e‘tibor qaratish kerak.
2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari bilan uchrashuv o‗tkazib nutq so‗zladi (―Qonun va adolat ustuvorligini ta‘minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti). Ma‘ruzada sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi. Mazkur islohotlar Prezidentimizning ―O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g`risidagi (2017 yil 21 fevral), ―O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta‘minlash departamenti ishini tashkil etish to‗g`risidagi (2017 yil 10 aprel),
―O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish to‗g`risidagi (2017 yil 10 aprel), ―Odil sudlov saroyi kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g`risidagi (2017 yil 18 iyul), ―Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‗g`risidagi (2018 yil 13 iyul) Farmon va Qarorlarida o‗z aksini topdi.
SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) quyidagi fikrlarni bildirdi:
Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida,
sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga
to‗liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta‘minlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi to‗liq o‗z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish masalasi o‗z ifodasini topishi zarur.
Sud-huquq tizimida 2017-2020-yillarda 2 ming 600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilib, 2 ming 400 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi, 7 ta sud bosqichi 3 bosqichga keltirilib, sud tizimi «bir sud – bir instansiya» tamoyili asosida qayta tashkil etildi.
2020-yilning o`zida bilib-bilmay jinoyatga qo`l urgan va o`z qilmishidan pushaymon bo`lgan 300 dan ortiq shaxs afv etilib, jazoni o`tash joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning jazo muddatlari qisqartirildi.

Download 390.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling