15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari
Download 390.39 Kb.
|
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zR Oliy sudi.
- Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.
- Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.
- O„zR Oliy Kengashiniig Axborotnomasi. 1992. 9son. 366-modda.
Umumiy yurisdiksiya sudlari. O„zRda sud tizimini shakllantirishning huquqiy bazasi O„zR Konstitutsiyasining 107-moddasida kafolatlashdan. Ayni shu Konstitutsiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda O„zRning "Sudlar to`g„risida"gi Qonuni qabul qilinishida asos bo`lib xizmat qildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi quyidagi bo‗g`inlardan tashkil topdi: O`zR Oliy sudi; Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi; tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar (O`zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar). O„zR Oliy sudi. O`zR Konstitutsiyasining 110-moddasiga binoan, "O`zR Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma‘muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qat‘iy tarzda O`zRning barcha hududida bajarilishi majburiy. O`zR birinchi Prezidenti I.A.Karimov ―... sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda bo‗lgani kabi qatag`on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng qo‗lamli tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlar amalga oshirildi (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: O„zbekiston, 2010. B. 16.) deb ta‘kidlab o‗tdi. O`zR suveren davlat bo‗lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan mustaqil holda ish olib borish imkoniga ega bo‗ldi. Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar to‗g`risida"gi Qonunning 2000 yil 14 dekabrdagi tahriri I bo‗limining normalari hamda keyinchalik kiritilgan o‗zgartish va qo‗shimchalar, shuningdek, O`zR Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida tartibga solinmoqsa (Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.). O`zR Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga ko‗ra, Oliy sud qonunda belgilan- gan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini ko‗rib chiqadi, shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini O`zRning istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida o‗zining ish yuritishiga qabul qilib olish yoki bir suddan boshqa tegishli sudga o‗tkazish vakolatiga ega. O`ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi bilan O`zR Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qo‗yilgan. Tabiiyki, o‗zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni ko‗rib chiqish ham O`zR Oliy sudi vakolatiga kiradi. Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab o‗tilgan shakllari bilan bir qatorda Oliy sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin, uning sud amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berish vakolati ham bor. Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amalga oshirishda qonunlarning aniq qo‗llanishini ta‘minlashga qaratilgan bo‗lib, ana shu tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari asosida sharhlar beriladi. Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‗yilgan demokratik prinsiplari, xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta‘minlanishi singari Konstitutsiyaviy prinsiplar mazmuni O`zR Oliy sudi Plenumining ko‗pgina tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib berilgan. Aksariyat tushuntirishlar sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, javobgarlikni tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog`liqqa, shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishdagi roliga taalluqli. O`zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari bo‗yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo‗yicha sudlov hay‘ati va Harbiy hayatdan iborat tarkibda faoliyat olib boradi. O`zR Oliy sudining Plenumi barcha umumiy yurisdiksiya sudlari qarorlariga nisbatan oliy sudlov instansiyasi bo‗lib, O`zR Oliy sudining sudyalari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‗yicha oliy sudlari raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. O`zR Oliy sudining Rayosati O`zR Oliy sudining sudyalari orasidan O`zR Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tashkil topadi. O`zR Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o‗tkaziladi hamda O`zR Oliy sudi Rayosati a‘zolarining ko‗pchiligi hozir bo‗lgan taqdirda vakolatli sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud amaliyoti umumlashma materiallarini, sudlov hay‘atlari ishini tashkil etish masalalarini, shuningdek, viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‘ruzalarini tinglash bilan bog`liq masalalarni ko‗rib chiqish vakolati berilgan. Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari hamda vakolatlari O`zR Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari to‗g`risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli Kuchlarida qonuniylik va huquq- tartibotni ta‘minlash maqsadida harbiy tribunallar mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va barcha harbiy qismlarda, qo‗shilmalar va birlashmalarda, harbiy o‗quv yurtlari va muassasalarda, respublika hududidagi boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni O`zR nomidan amalga oshirishi belgilab qo‗yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali o‗rniga O`zR Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi. O`zR Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "O`zR Oliy sudi tarkibida Harbiy hay‘at tashkil etish to‗g`risida"gi Qarori bilan shunday hay‘at tuzilib, uning zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bo‗yicha, shuningdek, ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida ko‗rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir vaqtda O`zbekiston hududida joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati tasdiqlandi (O„zR Oliy Kengashiniig Axborotnomasi. 1992. 9son. 366-modda.). Sud tizimini isloh qilish asnosida O`zR Prezidentining 1999 yil 23 sentabrdagi Farmoni bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari sudlari O`zR harbiy sudlariga aylantirildi. O`zRning "Sudlar to‗g`risida"gi Qonunining 4-bobi hamda OMning 2000 yil 14 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan «Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‗g`risidagi Nizom» harbiy sudlar vakolatlari tizimini hamda ularning faoliyat sohasini belgilab berdi. O`zR harbiy sudlari tizimi O`zR Oliy sudi Harbiy hay‘atidan, O`zR Harbiy sudidan, okrug va hududiy harbiy sudlardan tarkib topadi. Harbiy sudlar faoliyati ustidan oliy darajadagi nazoratni O`zR Oliy sudi amalga oshiradi. Download 390.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling