15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


O„zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi va mustahkamlanishi


Download 390.39 Kb.
bet34/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O„zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi va mustahkamlanishi.

O`zRda davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o‗tgan yillar davomida davlat


boshqaruvi sohasida keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi aniq maqsadli vazifalar, bir tomondan, qonunlarni hayotga izchil tatbiq etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini kafolatlash, siyosiy va
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kodir davlat hokimiyati va boshqaruvining ham vertikal, ham gorizontal samarali bo‗lgan tizimini yaratishni talab etardi. Ikkinchi tomondan, bu davrda boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berishga; ijro hokimiyati ayrim vazifalarini markaziy organlardan joylardagi davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga asta-sekin o‗tkazishga, ijtimoiy yo‗nalgirilgan iqtisodiyot talablariga javob beradigan, qonunchilik va sud hokimiyati, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik qiluvchi boshqaruvning uyg`un tizimini yaratishga yo‗naltirilgan chora- tadbirlar belgilanib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvining shakllanishi va rivojlanishida bir necha
bosqichni ajratib ko‗rsatish mumkin.
Birinchi bosqich (1991-2000 yy.) – o‗tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog`liq birinchi galdagi islohot va o‗zgarishlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu bosqichda o‗tish davrida xokimiyat taqsimlanishining Konstitutsiyaviy tamoyili asosida davlat boshqaruvining tubdan yangi tizimi yaratildi hamda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-madaniy va ma‘muriy-siyosiy qurilish sohasida yaxshi boshqaruv tuzilmalari shakllantirilib, mustahkamlandi. Boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, ijro hokimiyatining butun tizimi va mexanizmini bosqichma-bosqich isloh qilishga kirishildi. Birinchi bosqichga xos asosiy xususiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yangi tizimiga o‗tish, o‗tish davrida milliy xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash bilan bog`liq bo‗lgan ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy o‗zgarishlarni amalga oshirish maqsadida ijro etuvchi hokimiyatning kuchli, markazlashgan tizimini barpo etishdan iborat edi. Eng muhim masala yangi tuzumga ijtimoiy larzalarsiz, inqiroz holatlariga yo‗l qo‗ymay va vaziyat ustidan nazoratni saqlagan holda o‗tishni ta‘minlashdan iborat edi
Ushbu bosqich davomida totalitar tizimdan demokratik tizimga, qat‘iy ma‘muriyatchilik va buyruqbozlikdan iqtisodiy dastaklar va rag`batlar asosida o‗zini o‗zi boshqarish va o‗zini o‗zi tartibga solishga murakkab, ba‘zan og`riqli o‗tish amalga oshirildi. Birinchi bosqichda davlat boshqaruvining yangi tizimi yaratildi. Milliy shart-sharoitlar talabiga javob beruvchi, O`zR Prezidentining 1992 yil 9 yanvardagi "Toshkent shahri hokimi (meri) lavozimini bajarishga kirishishi to‗g`risida"gi farmoyishi asosida hokimlik instituti yaratildi, u joylardagi vakillik va ijro hokimiyatining yagona to‗laqonli organi hisoblanadi.
O`zR Konstitutsiyasida hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlariga bo‗linishi bel- gilab qo‗yilgan va ularning har biri mustaqil deb ta‘kidlangan. Konstitutsiyaviy tamoyillar hisobga olingan holda, VM faoliyatining maqomi, vakolat va tamoyillari belgilandi. VMning tarkibi O`zR Prezidenti tomonidan shakllantirilib, OMda tasdiqlanadigan bo‗ldi. VM iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalarning samarali faoliyat yuritishini, O`zR konunlari, OM qarorlari, O`zR Prezidenti farmon va farmoyishlarining ijrosini ta‘minlaydi.
1993 yilda "O`zR VM to‗g`risida"gi Qonunning qabul qilinishi hukumatning huquqiy maqomi belgilanishi borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‗ldi (O„zRning "O„zR VM to`g„risida"gi Qonuni // O„zR Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993. 5-son. 202-modda). Ushbu Qonunda va qator meyoriy-huquqiy hujjatlarda VM faoliyatining asosiy tamoyillari, tarkibini shakllantirish tartibi, hukumatning vakolatlari va davlat hokimiyatining boshqa organlari bilan munosabatlari, shuningdek, VM apparatini takomillashtirish masalalari mustahkamlandi.
VM tarkibiga, qonunga muvofiq, Bosh vazir, uning o‗rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‗mitalarining rahbarlari, shuningdek, davlat va xo‗jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari kiritildi.
Davlat apparati islohotlarning birinchi bosqichida davlat boshqaruvini maqbullashtirish, vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralarning boshqaruvnpng bozor islohotlari usullariga o‗tish bilan bog`liq bo‗lgan shart-sharoitlarda vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralarining faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatining demokratlashtirilishi hokimlik apparati funksiyalari, tarkibi va xodimlar sonini maqbullashtirish, shuningdek, xalq deputatlari
Kengashlarining rolini kuchaytirish yo‗nalishida olib borildi.
1993 yilda qabul qilingan O`zRning "Mahalliy davlat hokimiyati to‗g`risida"gi Qonuniga muvofiq (O„zRning "Mahalliy davlat hokimiyati to`g„risida"gi Qonuni // O„zbekistop Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993.9 son. 320-modda) joylardagi vakillik va ijroiya organlari boshliqlarini saylash va bo‗shatish, joylardagi davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, boshqa ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatlari, viloyat, tuman va shahar mol-mulki va moliyaviy resurslarni shakllantirish tartibi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning byudjetga oid huquqlari, viloyat, tuman va shahar byudjetining daromadi va xarajatlari kabi masalalar tartibga solindi.
1994 yilda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‗g`risida"gi Qonunning (O„zRning "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`grisida"gi Qonuni // O„zR Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1994. 5-son. 125-modda.) qabul qilinishi joylardagi davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini mustahkamlash sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‗ldi.
Ushbu davrdagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga imkon beruvchi samarali davlat boshqaruvini tashkil etish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat edi. Makro darajada bu raqobat muhitini, biznesni rivojlantirish, mamlakatda xorijlik investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratishni anglatadi.
Birinchi bosqichda ko‗p sonli tarmoq vazirliklari, iqtisodiyotni davlat tomonidan rejalashtirish, savdo, moddiy-texnik ta‘minot va xizmat ko‗rsatish sohasini boshqarish tizimi tugatildi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan davlat boshqaruvining yangi institutlari: monopoliyaga qarshi organlar, mustaqil statistika organlari, soliq va bojxona qo‗mitalari, korxonalar bankrotligini nazorat qiluvchi organlar tashkil qilindi. Iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga xos bozor institutlari: bank tizimi, sugurta, lizing, auditorlik kompaniyalari, tovarlarni birja orqali sotish tizimi shakllandi.
Shu tarzda, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida qat‘iy davlat nazorati mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolararo hamjihatlikni ta‘minlash, bozor islohotlarini amalga oshirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin va qonunchilik bazasini shakllantirish imkonini berdi. Bu davrda boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi barham topdi, VM, davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, joylardagi vakillik va ijro organlari faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi.
Ikkinchi bosqich (2001-2010 yy.) iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud- huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilishni ta‘minlashda g`oyat muhim rol o‗ynagan davr bo‗ldi. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ushbu bosqichidagi eng muhim vazifalar sifatida boshqaruv tuzilmalarining vazifalarini o‗zgartirish, ularning hokimiyatga oid, tartibga solish va nazorat qilishga oid vakolatlarining to‗xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, shuningdek, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashuv va tartibga solishga yo‗l qo‗ymaslik kabi vazifalar belgilandi.
Islohotlarning mantig`i va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga intilish davlat funksiyalarining mikro darajada, ya‘ni muayyan xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va hududlarni rivojlantirish darajasida qisqartirilishini taqozo etmoqda edi. Boshqacha aytganda, korxonalar va aholi bozor islohotlariga moslashib borgani sayin davlat organlarining ularning qonuniy faoliyatiga aralashuvi tadbirkorlik, ishbilarmonlik, umuman, iqtisodiyot rivojlanishi yo‗lidagi jiddiy to‗siqqa aylanmoqda edi. Ushbu davrda qabul qilingan O`zR Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish to‗g`risida"gi (O„zbekisgon Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to`g„risida"gi Farmoni // O„zbekiston Qonun hujjatlari to`plami. 2003. 23- son. 229-modda) va "Xo‗jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‗g`risida"gi Farmonlari O`zbekistonda ma‘muriy islohotlarning mutlaq yangi bosqichini boshlab berish asnosida, davlat va xo‗jalik boshqaruvi maqomini, ularning asosiy vazifalari va ushbu
tashkilotlarning (vazirliklar, davlat qo‗mitalari, agentliklar, qo‗mitalar, markazlar va inspeksiyalar) ro‗yxatini meyoriy-huquqiy belgilash asosida ularning funksiyalarini ajratib berdi. 2003-2004 yillarda o‗tkazilgan ma‘muriy islohotlar jarayonida 20 ga yaqin davlat boshqarmasi qayta tashkil qilindi, 40 mingga yaqin boshqaruv xodimlarining shtat birliklari qisqartirildi. Bu, ma‘lum ma‘noda, korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalarini ularning faoliyatiga byurokratik aralashuvlarning turli shakllaridan ximoya qilish imkonini berdi. Iqtisodiyot, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasidagi yangi vazifalar, barcha hokimiyat tarmoqlarining mustaqilligini kuchaytirish zaruriyati davlat boshqaruvi organlarini munosib
takomillashtirilishini taqozo etar edi.
Davlat, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini hal qilishda O`zR hukumatining roli va mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda O`zR Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilishi (O„zRning "O„zRning Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g„risida" gi Qonuni // O„zR qonun hujjatlari to`plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda) va ular asosida "O`zR VM to‗g`risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bo‗ldi.
Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari O`zR Prezidenti egallagan VM Raisi lavozimi bekor qilindi. 2003 yilda O`zR Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir paytning o‗zida VM Raisi hisoblanishini belgilovchi norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi o‗zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir nomzodini ko‗rib chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi. O`zR Prezidenti OM palatalariga ko‗rib chiqish va tasdiqlash uchun O`zR Bosh vazirining nomzodini tavsiya qiladi.
OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O`zR Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O`zR OMni tarqatib yuboradi. 78- moddaga kiritilgan tuzatish OM palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolatlarining berilishini ko‗zda tutadi. Ushbu qoida ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi ravishda kengaytiradi.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahqamasi O`zR Prezidenti bilan kelishilgan xolda OM palatalariga o‗z vakolati davridagi faoliyat dasturini taqdim qiladi; O`zR ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini va unga kiritiladigan o‗zgarishlarni ishlab chiqadi hamda mamlakat parlamentiga ko‗rib chiqish uchun taqdim etadi.
Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy bozor usullari shakllantirilayotgan, moddiy xujalik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi tizimi takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini isloh qilish, jumladan, uning O`zR VM kabi oliy organlarning vakolatlari mustaqilligini kengaytirish, mas‘uliyatini oshirish bo‗yicha shart-sharoitlar yaratildi.
Davlat boshqaruvi islohotlarning ushbu bosqichidagi eng muhim natijalarni boshqaruv tuzilmalari funksiyalarining o‗zgarishi, ularning hokimiyatga xos, tartibga soluvchi va nazorat vakolatlarining to‗xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, shuningdek, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga to‗g`ridan-to‗g`ri aralashuv va tartibga solishga yo‗l qo‗ymaslik tashkil etadi. Ushbu bosqichda viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini oshirish va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek, huquqiy himoya tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mas‘uliyatini erkinlashtirishga yo‗naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Adliya organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni, 2005 yildan boshlab esa prokuratura organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat va nazorat organlarining korxonalarning moliyaviy-xo‗jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinlik va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi.
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha davlat organlari tashkil qilindi, ushbu organlarning tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik va xom ashyo resurslari
bilan ta‘minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi.
Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy organlarining ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o‗tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, bozor usullariga asoslangan, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini hayotga keng joriy qilish choralari amalga oshirildi, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi, ma‘lum hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligiga ko‗maklashish, shu jumladan, kasanachilikni yo‗lga qo‗yish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
2011 yili O`zR Konstitutsiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi (O„zRning "O„zR Konstptusiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddasiga) o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g„risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni // O„zR qonun hujjatlari to`plami. 2011. 16-son. 159-modda) ular davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashgirishga, shu jumladan, ijro hokimiyatini yanada modernizatsiyalashga qaratilgan edi. Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 93-moddasiga ko‗ra, Prezident vakolatlaridan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzib va unga rahbarlik qilish huquqi, shuningdek, Bosh prokuror o‗rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va bo‗shatish huquqi chiqarildi.
Tuzatishlarga muvofiq, Prezident endilikda faqat Bosh vazir taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlashi hamda lavozimidan ozod etishi ko‗zda tutildi. Bundan tashqari, davlat rahbari vakolatlariga Hisob palatasi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish kiritildi.
Asosiy Qonunning 98-moddasiga ko‗ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‗rsatish va uni tasdiqlashning yangi tartibi o‗rnatiddi. Endilikda Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‗p deputatlik o‗rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‗rinlarini qo‗lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
O`zR Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‗rib chiqqanidan keyin o‗n kun muddat ichida uni O`zR OM palatalarining ko‗rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O`zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining yarmidan ko‗pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Ishonchsizlik votumi instituti O`zbekistonning huquqiy tizimida yangilik bo‗ldi. Bunda, Bosh vazir bilan Qonunchilik palatasi o‗rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O`zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bo‗yicha qaror qabul qiladi. Bunda O`zR VMning butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‘foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O`zR Prezidenti tomonidan O`zR OMning Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‗tkazilganidan so‗ng parlament palatalariga ko‗rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Mazkur o‗zgartish va qo‗shimchalar o‗z ichiga mamlakatni isloh qilish bo‗yicha bosib o‗tilgan yo‗lning kompleks tahlilini qamrab olgan, jamiyat va davlat rivojlanishining maqsadli vazifalari va mo‗ljallarini belgilab beruvchi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning mantiqiy davomi bo‗ldi.
Xususan, Konstitutsiyaning 78-moddasi O`zR OM Qonunchilik palatasi va Senatining parlament nazoratini amalga oshirish bo‗yicha vakolatlarini Konstitutsiyaviy mustahkamlashga yo‗naltirilgan qoida bilan to‗ldirilgan. Qonunchilik organining ijroiya organlari faoliyati ustidan nazorati ularning qonunlar va parlament qarorlarining amalga oshirilishi bo‗yicha mas‘uliyatini yanada oshiradi, shu orqali faoliyatining sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ijroiya hokimiyat tomonidan qonunlarning kerakli tarzda bajarilishi demokratiyaning mustahkamlanishiga olib keladi, zero xalq irodasiga asoslangan qarorlarnish bajarilishi xalq tomonidan ushbu irodaga
muvofiq hokimiyatning yagona manbai sifatidagi roli anglanishiga xizmat qiladi hamda uning
davlat siyosatiga ta‘sir qilishga intilishini kuchaytiradi.
Bundan tashqari, parlament nazoratini amalga oshirish bo‗yicha vakolatlarning Konstitutsiyaviy mustahkamlanishi parlamentda o‗z vakillariga ega siyosiy partiyalarga ijro hokimiyati butun tizimi hokimiyatdan tortib mahalliy hokimiyat organlari ustidan nazoratning samaradorligini oshirish hamda ularning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish imkonini beradi. Eng muhimi, bu siyosiy partiyalarga o‗z elektorati manfaatlarini va o‗z dasturiy vazifalarini ishonch va qat‘iyat bilan himoyalash imkonini beradi.
"Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini amalga oshirish va davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta‘minlash bo‗yicha yaxlit tizimning shakllantirilishi doirasida jamoatchilik nazorati institutiga ham Konstitutsiyaviy maqom berilgan, bu esa davlat rivojlanishiga oid o‗ta muhim vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik institutlarining rolini va ahamiyatini jiddiy ravishda kuchaytiradi.
93-moddaga kiritiladigan o‗zgarishlar hokimiyatning bo‗linishi va ularning samarali hamkorlik qilishiga oid Konstitutsiyaviy prinsip mexanizmini takomillashtiradi. Jumladan, endilikda Prezidentning vazirliklar, davlat qo‗mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatish haqidagi qarorlari O`zR VMning taqdimidan so‗ng qabul qilinadi, shu masalaga doir farmonlar keyinchalik O`zR OMning palatalari tasdig`iga kiritiladi.
Mamlakatning siyosiy va Konstitutsiyaviy rivojlanishi mantigi VMning mustaqilligi va mas‘uliyagini oshiruvchi huquqiy normalarning qabul qilininshga sabab bo‗ldi. 98-moddaga VMning mas‘uliyatini Konstitutsiyaviy mustahkamlash, shuningdek, faoliyati sohalarini aniqlashtirish maqsadida qo‗shimchalar kiritildi. Xususan, xukumat zimmasiga samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatining yuritilishi, fan, madaniyat, ta‘lim, sog`liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‗yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilgan. Vazirlar Maxkamasi davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‗naltiradi, uning ustidan nazoratni ta‘minlaydi.
Ayni paytda, kiritilgan yangi normaga ko‗ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod parlamentda uning nomzodi ko‗rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda VMning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‗ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Ushbu qo‗shimcha siyosiy partiyalarga xukumat dasturi yoki uning alohida yo‗nalishlari bo‗yicha o‗z nuqtai nazarini belgilash bo‗yicha puxta o‗ylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. U demokratik jamiyatning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ko‗ppartiyaviylik tizimini, partiyalararo raqobat va fraksiyalararo kurashni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, 103-moddaga qo‗shimchalar mahalliy Kengashlarda siyosiy partiyalar va ularning deputatlik guruhlari, shuningdek, vakillik deputatlik organlari rolini oshirishga ko‗maklashadi. Ularga ko‗ra, viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‗yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
117-moddaga kiritilgan qo‗shimchalar Markaziy saylov komissiyasini demokratik shakllantirish tizimi va faoliyatining asosiy tamoyillarini Konstitutsiyaviy mustahkamlashga yo‗naltirilgan bo‗lib, ular fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylash va saylanish huquqining yanada to‗liq amalga oshirilishini ta‘minlaydi, shuningdek, ularning o‗z irodasini erkin ifodalash huquqlari kafolatlanishini kuchaytiradi.
O`zR Konstitutsiyasiga Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan yuqoridagi tuzatishlarning kiritilishi ijro etuvchi hokimiyatni modernizatsiya qilishda, mohiyatan, mamlakatimizni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‗ldi.
2016 yildan boshlab davlat boshqaruv islohotlari yangi bosqichda davom ettirildi. 2016 yil
28 dekabr – ―Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‗g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga ko‗ra Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat, shahar va
tumanlarda O`zR Prezidentining Xalq qabulxonalari va O`zR Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi.
2017 yil 12 iyunda qabul qilingan ―O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g`risidagi, 2017 yil 28 sentabrdagi ―O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‗g`risidagi O`zR Prezidentining Qarori qarorlari shular jumlasidandir.
2018 yilgacha Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlar, lekin vazirlarni lavozimga qo‗yishda qatnashmasdi. Shuning uchun Hukumat a‘zolari parlament oldida mas‘uliyatni yetarli darajada his etmasdi. Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) VM a‘zolarini OM tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.
Bo‗lajak vazir parlament a‘zolari oldida sohani rivojlantirish bo‗yicha o‗z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo‗llarini asoslab bersin. Bir so‗z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin degan fikrlarni ilgari surdi.
2018 yil avgustda Prezident Qaroriga binoan (PQ-3901) O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi.
2019 yildan joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari rahbarlarini tasdiqlash bo‗yicha mana shunday amaliyot joriy etila boshlandi.
2020 yil 16 aprelda ―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to‗g`risida O`zR Prezidentining Farmoni (PF-5980) boshqaruv sohasidagi islohotlar takomillashib borayotganligini ko‗rsatadi.




    1. Download 390.39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling