«15» may 2023-y. 01-06/3-255-son
Download 53.8 Kb. Pdf ko'rish
|
15 май 01-255 ММТБларга
« 15 » may 2023-y. 01-06/3-255-son «___» ________2023 y. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi. Sizdan ushbu tadbirni mazkur tavsiya asosida tashkil etishingizni va tadbir davomida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirni joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish; tadbirni tartibli o‘tkazish va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilarini jalb etish; tadbirni mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash; “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik; maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yil 25-may kuni soat 12:00 ga qadar ma’lumotlarni vazirlikning Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga (+99890-902-41-19) taqdim etishingiz so‘raladi. Ilova: ___ varaqda. Vazir X.Umarova Ijrochi: F.Zaripov, tel: (55) 503-74-00 (4021) Download 53.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling