«15» may 2023-y. 01-06/3-255-son


Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Download 53.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi53.8 Kb.
#1504911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 май 01-255 ММТБларга

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha
va maktab ta’limi boshqarmalari
boshliqlari hamda vazirlik tasarrufidagi
ta’lim muassasalari rahbarlariga
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: MI31046826



Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligining
2023-yil 15-maydagi
01-06/3-255-sonli xatiga
ilova 
 
 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash
va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha
TAVSIYALAR 
Mamlakatimizdagi 
barcha 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
muassasalarida
2022-2023-o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini (keyingi 
o‘rinlarda – tadbir) yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida 
quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya etiladi: 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirni joriy yilning 25-may kuni ertalab 
soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil 
etish;
o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining 
o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf 
o‘quvchilarini jalb etish; 
tadbirni maktabning hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida 
o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning 
kiritilmasligini ta’minlash;
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiena va tozalik 
talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga 
amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash 
maqsadida joylardagi mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish 
idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida 
yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
bunyodkorlik ishlari, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ta’lim tizimidagi 
islohotlar to‘g‘risida aniq raqam va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish;
tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor 
tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif 
etgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini 
tashkil etish;
tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori 
reyting 
ko‘rsatkichlariga 
erishgan 
iqtidorli 
bitiruvchilarni 
taqdirlash
va rag‘batlantirish; 
maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, 
intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalarini 
“Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, 
“Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berish.



Tadbir o‘tkazishda maktab hududiga muxtaram Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoevning quyidagi shior va chaqiriqlarni ilib qo‘yish tavsiya etiladi: 

Download 53.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling