«15» may 2023-y. 01-06/3-255-son


Download 53.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi53.8 Kb.
#1504911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 май 01-255 ММТБларга

namunaviy ssenariy
 
Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar (Bir qiz va bir o‘g‘il bola) 
kirib keladi. 
1-boshlovchi: Xazinamsan, taxtim o‘zingsan, 
Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan. 
Yer yuzining jannati sensan, 
Yaratganning san’ati sensan. 
Jannatbog‘im, hazratog‘imsan, 
Mehrobimsan, sajdagohimsan. 
Sen onasan, muqaddas Vatan! 
Yagonasan, muqaddas Vatan! 
2-boshlovchi: Sen ulug‘ siymosan mangu barhayot, 
Har yuzda aks etar, sen bergan hayot, 
Sening o‘g‘il-qizing sengadir qanot, 
Qalbda mehr bo‘lgan, jon O‘zbekiston! 
1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar! 
2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar! 
1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida 
so‘nggi qo‘ng‘iroq  sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular 
qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan 
ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz 
uchun chin ma’noda bayram. 
2-boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona 
sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz. 
(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.) 
1-boshlovchi: Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, 
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. 
2-boshlovchi:  Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, 
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga. 
 (O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram 
ishtirokchilari qo‘llari ko‘ksida Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib aytishadi) 
1-boshlovchi: So‘nggi qo‘ng‘iroq.... Bu jumla har bir ko‘ngilda o‘zgacha 
jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida. 




Download 53.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling