«15» may 2023-y. 01-06/3-255-son


Download 53.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi53.8 Kb.
#1504911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 май 01-255 ММТБларга

2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar sizlarni tabriklash uchun hurmatli 
mehmonlarimizdan (sobiq bitiruvchilardan vakil) ga beramiz. Marhamat. 
1-boshlovchi: Azizlar endi navbatni maktabimizning raqs (yoki boshqa) 
to‘garagi ishtirokchilariga beramiz. Marhamat. 
2-boshlovchi: Aziz bituruvchilar! Tabriklash uchun so‘z 11-“A” sinf ota-
onalari nomidan__________ va 11-“B”sinf ota-onalari nomidan_________ga. 
Marhamat: 
1-boshlovchi: Ayni damda, 2022-2023-o‘quv yilida fan olimpiadalari
ko‘rik tanlovlarda va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan 
hamda o‘zining namunali hulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni va 
ijodkor o‘qituvchilarni maktab ma’muriyati faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
(Direktor va mehmonlar tomonidan yil davomida namunali xulq va a’lo 
baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli 
bitiruvchilar faxri yorliq bilan taqdirlanadi) 
1-boshlovchi: Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot, 
Ilm-fan ko‘ksida tilab parvozlar. 
Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod, 
Hamisha qadrli, aziz ustozlar! 
2-boshlovchi: Qo‘llarim ko‘ksimda bu kez, 
Sizgadir olqishim yurak so‘zlarim. 
Otaday talabchan, onaday munis. 
Hayot qadar qimmat siz ustozlarim. 
1-boshlovchi: Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari 
ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz. 
2-boshlovchi: Yangrayver qo‘ng‘iroq, o‘chmasin sasing! 
Jarangingdan ilhom olib yashaylik. 



Bir dam ham tindirmay mag‘rur ovozing! 
Kelajakka dadil qadam tashlaylik. 
(Davraga so‘nggi qo‘ng‘iroqni chalish uchun 11-sinf o‘quvchisi va 1-sinf 
o‘quvchisi taklif etiladi) 
So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng bitiruvchilar “Ey chalg‘uvchi 
qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘i sadolari ostida davraga chiqadilar. 
Shu bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga yakun yasaladi. 
(Izoh: Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda 
ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumkin). 

Document Outline

  • MI31046826
  • Сўнги қўнгироқ сценария 13.05.2023

Download 53.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling