15-modul. Nazariy vа amaliy mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashga qo'yiladigan zamonaviy ta’lablarlаr


Download 36.78 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi36.78 Kb.
#1723430
  1   2

15-MODUL. NAZARIY VА AMALIY MASHG'ULOTLAR UCHUN DIDAKTIK ISHLANMALAR TAYYORLASHGA QO'YILADIGAN ZAMONAVIY TA’LABLARLАR
15.1-§. O’quv mashg’ulotlarida didaktik talablardan foydalanish
XX asrning oxirgi XXI asrning boshida jamiyatimizning mustaqillikka erishganligi bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlatning shakllanishi, milliy istiqlol mafkurasining vujudga kelishi, o’z tilimiz va madaniyatimizdagi tiklanish, axborotlar hajmining keskin ko’payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu ta’limini, uning asosiy halqasi bo’lgan darsni mazmunan isloh qilishni taqozo qiluvchi zaruriy omillardandir. Metodik adabiyotlarda “Standart dars”,”Nostandart dars”, “Zamonaviy dars” degan iboralarni ko’proq uchratamiz. Zamonaviy dars haqida ba’zi olimlarning fikrlarini keldiramiz. M.A.Daminov “Zamonaviy dars o’quv jarayonini faolashtirishdir” deb hisoblaydi. B.B.Shatalov esa “Zamonaviy dars har bir o’quvchini va hammani o’qitish” deb hisoblaydi.
O’zbekistondagi pedagogik olimlar ham o’z taqiqotlari davomida zamonaviy dars muamolariga e’tiborni qaratib “Zamonaviy dars eng avvalo, o’quvchi shaxsini ta’lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o’rgatuvchi usullar majmui” deb ko’rsatishadi. O’qituvchi darsda o’zi “So’rab”, o’zi “Gapirib beruvchi” bo’lib qolmasligi kerak, balki o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishga yaqindan turib ko’maklashuvi lozim. Ta’kidlash joizki, hozirgi zamonaviy darslarda uning ishtirokchilari bo’lmish o’qituvchi va o’quvchilarning vazifalari o’zgargan. O’qituvchi darsda yetakchi, yo’naltiruvchi, ko’mak beruvchi rejissyor, boshqaruvchi vazifasini bajarsa, o’quvchi darsning faol ishtirokchisiga aylanadi, u mustaqil ishlaydi, fikrlay, ijod qiladi. Bahs-munozarada o’z fikr mulohazalarni himoya qiladi, unda o’z-o’zini boshqarish malakasi hosil bo’ladi.
Hozirgi kunda ilm-fan taraqqiyotining jadal rivojlanib borishi o’qituvchi, o’quvchilar faoliyatini yanada takomillashtirib, dars mashg’ulotlariga yangicha talqin berib, ta’lim samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu o’rinda e’tirof etish joizki “Xalq ta’limi” jurnali 2006-yil 1-sonida e’lon qilingan professor R.Jo’rayevning “Zamonaviy dars. U qanday bo’lmog’i lozim” nomli maqolasida ham olib borilgan ilmiy taqiqotlar natijasiga ko’ra, bugungi darslarning yutuq va kamchilliklari batafsil fikr yuritilgan bo’lib darslarni yangicha tashkillashtirish unga yangi tus va shakl berish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi hamda maskur masala shu kunning eng dolzarb muamolaridan biri ekanligi alohida ta’kidlangan.
Ko’p pedagogik adabiyotlarda ta’lim samaradorligiga erishishning yuzlab usullari haqida ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Ammo ularning kamchiligi shundaki, bu usullarni qo’llash asosan o’qituvchi zimmasiga yuklatilagan. Nostandart darslar va ta’limning interfaol usullarida markaziy o’rinda o’quvchi shaxsi qo’yilgan, bunda o’qituvchi tashkilotchi va mazmunni to’ldiruvchi vazifasini bajaradi, tadqiq qiladi biz nostandart darslar va ta’limning interfaol usullarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. Ularni to’ldirish, yangilarni o’ylab topish, samaradorligini oshirish albatta barchamizdan izlanishni talab etadi. Ayrim pedagogik texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlariga qo’llash jarayonida o’zgartirishga, to’ldirishga, takomillashtirishga to’g’ri keladi. Bunda o’qituvchining pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi
Endi darsga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtalib o’tamiz. Ular quyidagilardan iborat.
1. Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. Darhaqiqat har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi.
2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
3. Dars mavzusining mohiyatini o’quvchilarning mustaqil fikrlab o’zlashtirishiga erishish. Agar o’quvchi muamoli vaziyatni o’zining hayotiy tajribasiga tayanib yechadigan bo’lsa, u nafaqat o’quvchi tafakkurini kuchaytiradi, balki uning xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu jarayonda qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini qamrab oladi. U ham bo’lsa, o’quvchi u muammoli vaziyatni o’zi mustaqil hal qilganda unda qiziqish, ya’ni o’z mehnatining mahsulini ko’rishdan qoniqish tuyg’usi paydo bo’ladi.
T.V.Kidyavtsev (Т.В.Кидявцев), I.Ya.Lerner (И.Я.Лернер), A.M.Matyushkin (А.М.Матюшкин), M.I.Mahmutov singari olimlar muammoli vaziyatni psixologik o’rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga yo’naltirilgan qaror qabul qilish jarayoniga tayanib, ta’limning muammoli “tadqiqot” usulini taklif qilishdi. Mazkur ta’lim metodi o’quvchini “ilk kashfiyotchi”, “tadqiqotchi” qiyofasiga keltiradi va muammoni o’zi hal qilishga undaydi. Bu yerda o’qituvchining roli muammoli vaziyatni rejali maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u o’quvchilar oldiga masalani qo’yadi va zarur hollarda yordam ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi.
Bu usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda o’quvchi qandaydir darajada qandaydir yangilikni o’zi kashf qiladi. Natijada o’quvchi o’quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan yondashadi. O’tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta’lim usulining samarali ekanligini isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday o’quvchining tafakkurida minimal darajada bo’lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan.
Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki, bu tizim yordamida pedagoglar o’quvchilarning o’quv faoliyatini muammoli vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga erishdilar.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, muammoli ta’lim standart “Ma’lumot uzatish” ta’limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an’anaviy (standart) usulda uzatiladigan materialni o’quvchi aqliy qobiyatini faollashtiruvchi zaruriy vositaga aylantiradi. Shunday bo’lsada, biz quydagi muammoli ta’limni standart ta’lim usuli bilan qiyoslab ko’ramiz.
Standart ta’lim uslubida, birinchi navbatda, o’qituvchi “tayyor” bilimlarni uzatadi, o’quvchi esa ularni passiv holda o’zlashtiradi. Shundan so’ng o’zlashtirgan bilim xotirada mustahkamlanadi va nazariy holda amaliy o’quv topshiriqlarini yechish jarayonida qo’llaniladi. Shuning uchun ham bu usul bilimlarini o’zlashtirish va hayotda qo’llash uslubi deb ataladi.
Muammoli ta’lim esa an’anaviy (standart) ta’lim usulida shu bilan farq qiladiki, u o’quvchidan umuman ma’lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab emas. Farq shundaki, bu usul o’quvchilarga masalalarni yechish jarayoni ularning o’quv faoliyatida qanday o’rin tutishini tushuntirib beradi. Muammoli ta’limda ma’lum bir muammo pedagogik rahbarligida o’quvchi tamonidan mustaqil o’zlashtiriladi.
4. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog’lashiga erishish.
5. Mavzu mazmunida mos ta’lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo’lishi zarur. Ta’lim jarayoning doimiy ravishda qat’iy belgilangan va uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt davomida tashkil etilishi, mutaxassislik fani bo’yicha mavzularga har o’quv yilida takror murojaat qilinishi, o’quvchilar ta’limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada bo’lavermasligi kabi holatlar hatto o’qituvchining o’zida ham darsda tayyorlashga nisbatan befarqlikni yuzaga keltiradi.
Iqtisodiy o’quvchilarni matematik fikrlashlarni taraqqiy ettirishda mustaqil fikrlashga o’rgatishda ularga turli misol, masalalarni turli usullar bilan yechishni o’rgatish yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, maktab dasturiga kiritilgan mavzular yoki o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi mavzular ularda yana ham katta qiziqish uyg’otadi. Bu esa o’quvchini o’z-o’zining mavzuga katta qiziqish bilan kirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarni tanlash va ulardan ko’proq o’quvchilarning foydalanishiga erishishi.
7. O’quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish. Bugungi kunda Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ya’ni O’zbekistonda ta’limning zamon talablari darajasida yuqori bosqichga olib chiqishdir. Islohotlarning bosh maqsadi komil inson va malakaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Ma’lumki o’quvchi har tomonlama mukamal shaxs sifatida shakllanishi hamda ma’lum bir yo’nalishda yuqori darajadagi kasbiy bilim malakaga ega bo’lishi ta’lim jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ta’lim mazmuni o’z navbatida, o’quv reja, o’quv dastur, o’quv predmedlarini o’z ichiga olib ta’limning asosiy tashkiliy shakli dars orqali amalgam oshiriladi. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha davom etib kelayotgan ta’lim jarayoni bo’lib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki, jamiyat taraqqiyoti bilan hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har bir darsda o’quvchi nimanidir o’rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o’zlashtiradi, hamda uning zaminida xohish-istak, qiziqish, ma’lum maqsad sari intilish paydo bo’ladi. Shuningdek, dars o’quvchini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni o’quvchi darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, ma’naviy rivojlanadi. Zero dars ma’lumdan noma’lumga bilishdan yana bilishga intilish sari doimiy ravishda davomli ta’lim jarayonidir.
Darsning yana bir jihati- u ta’limning boshqa shakllari bo’lgan fan olimpiadalari, tanlovlar, sayohatlar, to’garaklar, turli tematik kechalar va boshqa tadbirlar uchun asos sifatida xizmat qiladi.
8. O’quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o’z tarixi, milliy urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish.
9. Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash.
10. O’quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo qarashni shakllantirish.
11. O’quvchilarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatini tarkib taptirish.
12. Darsda davlat ta’lim satandartlariga o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarishga erishish.
Zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog’liq bu talablar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotda mustahkam o’rnashib qolgan standart darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo’q.
Dars jarayonida o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars jarayonida matematikani o’rganish bosqichlari, uning metodik izchilligi va amaliy ishni qanday boshlash hamda qanday tugatish haqidagi ko’rgazmali materiallaridan foydalanilmog’i lozim. Bulardan tashqari:
1.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkuraviy tizimga ega bo’lishi, o’qituvchi undan tarbiyaviy, maqsadda foydalanmog’i lozim.
2. Har bir dars ijtimoiy imkoniyatlatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanishi, ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanishi kerak. 3. Mashg’ulotlar o’ziga mos zamonaviy uslub, vosita va texnologiyalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak.
4. Dars uchun ajratilgan soatlardan samaraviy foydalanish nazarda tutilishi lozim.
5. Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi, mashg’ulotlarda esa o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
6. Mashg’ulotlar davomida xalqimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalangan holda yurtimizdagi bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan o’quvchilarni boxabar qilish maqsadga muvofiqdir.
Xususan dars davomida keltiriladigan matematik tushunchaga qaysi olim asos solganligi va aynan o’sha olimning matematika fani rivojiga qo’shgan hissasi haqida qisqa, lo’nda ma’lumot berish o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlarni orttiradi. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi darsga kirishdan oldin turli adaboyotlardan va internet manbalaridan shakllantirishi mumkin bo’ladi.

Download 36.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling