15-nazariy savol
Savol: 1) Birinchi instantsiya sudining kamchiliklari nimada?
Download 23.35 Kb.
|
Dilshod
Savol:
1) Birinchi instantsiya sudining kamchiliklari nimada? 2) Taraflarning muomalaga layoqatsizligi qanday oqibatlarga olib keladi? Javob
Har bir shaxs o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas9. Sudga fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha da’vo arizasi shaklida murojaat qilinishi mumkin. Qonunsiz egallagan uydan ko‘chirish fuqarolik huquqiy munosabatlarga kiradi. Birinchi bo‘lib kazusdagi sud majlisida ishtirok etuvchi subyektlarga ta’rif berib o‘tamiz. Fuqarolik ishlarining sud majlisida ko‘rilishida ikki taraf: da’vogar va javobgar ishtirok etadi. Da’vogar – o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxs10. Kazusda da’vogar sifatida A.Jo‘rayev, javobgar sifatida esa B.Mallayeva ishtirok etadi. Birinchi instansiya sudida sudya tomonidan arizani qaytarish asoslari keltirilgan. Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa; 4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo‘lsa; 5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa, basharti bu talablar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa; 6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo‘lsa; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan bo‘lsa11. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi bandiga ko‘ra sudya da’vogarning arizasini rad qilishi kerak edi. Da’vogar sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, sudda taraf sifatida ishtirok eta olmaydi. Sudning hal qiluv qaror va ajrimlariga nisbatan berilgan shikoyat va keltirilgan protestlarni tegishli sud instansiyalarida ko‘rilishi protsessual huquq normalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, sud qarorlari chiqqan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 320, 346-moddalariga muvofiq berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar apellatsiya instansiyasi sudlarida, qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida ko‘rilmagan sudning hal qiluv qaror va ajrimlari ustidan ular chiqarilgan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3481, 34816-moddalariga muvofiq Download 23.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling