15-nazariy savol


Download 23.35 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi23.35 Kb.
#267785
  1   2   3   4
Bog'liq
Dilshod


15-nazariy savol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-iyuldagi Farmonda “....fuqarolik ishlari bo‘yicha prokuror ishtiroki va bu borada nazarda tutilgan islohotlar...” mazmunini tahlil qiling.

Javob


So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Ushbu farmon prokuratura organining sud jarayoniga aralashishini cheklash va sudlarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan. Amaldagi FPK 50-moddasi fuqarolik ishlarida prokurorning ishtirokiga bag‘ishlangan. Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida prokuror ishtirok etishi shart1.

FPK 423-moddasida nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ko‘rsatilgan. Xususan, Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari quyidagilarning protestlariga ko‘ra nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi har qanday sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestlariga ko‘ra;

O‘zbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlarining protestlariga ko‘ra, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;

O‘zbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosarlarining protestlariga ko‘ra, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno2. Prezident farmoniga ko‘ra 2021-yil 1-yanvardan ushbu tartib o‘zgaradi. Xususan, quyidagilar farmonda belgilab qo‘yilgan: sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish3.

Yangilik sifatida 2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlari protestiga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘rib chiqish tartibi joriy qilinmoqda.

FPKda prokuror boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ish muhokamasining boshidan ishtirok etish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan edi, ammo farmonda qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish belgilab qo‘yildi. Bu kabi islohotlar sudlarning mustaqilligini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi, odil sudlovni ta’minlaydi.

32-nazariy savol


Download 23.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling